Mavzu: Sog’lom ovqatlanishga bo’lgan gigienik talablar. Axoli turli qatlamlari ovqatlanishiga gigienik baho berish. Ta'lim berish texnologiyasi



Yüklə 43,37 Kb.
səhifə7/7
tarix12.04.2023
ölçüsü43,37 Kb.
#105151
1   2   3   4   5   6   7
2 мавзу рационал овқат

BMI = M / N2,
Bu yerda M – tana vazni, kg; N – bo‘y, m.
BMI ni hisoblash mavjud tavsiyalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi: maqbul diapazon – 18,5 ... 25; ortiqcha tana vazni – 25,1 ... 30; semizlik – 30,1.
Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari baholanganda faqatgina tana vazniga tayanish kamlik qiladi, illo u yog‘ qatlamlari emas, balki mushak to‘qimalarining yaxshi rivojlanishi hisobiga oshgan bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, teri osti qatlamlarining qalinligini ham aniqlash zarur. Uning qalinligi maxsus asbob – kaliper (shakli shtangensirkulga o‘xshaydi) yordamida o‘lchanadi. O‘lchovlar tananing uchta nuqtasida: chap tomondagi qo‘ltiq o‘rtasi chizig‘idan ko‘krak uchigacha, kindik darajasida chap qovurg‘aning o‘rta chizig‘i bo‘ylab va chap kurak burchagi ostida (uchta nuqtadagi o‘lchamlardan teri-yog‘ qatlamining o‘rtacha qalinligi o‘lchanadi); va qo‘ldagi bitta nuqtada: qo‘l tana bo‘ylab erkin osilib turgani holatda yelkaning orqa sathidagi akromion va yelka suyagining yelka o‘simtasi orasidagi masofa o‘lchanadi. Olingan natijalarni baholash jadvallar yordamida amalga oshiriladi.
So‘nggi yillarda ortiqcha tana vazni va semizlikning salomatlik uchun xavf solish darajalarini nisbatan muayyanroq (xususan, antropometrik indekslardan foydalangan holda) aniqlashga urinilmoqda. Shu tariqa, abdominal hududda to‘plangan yog‘lar salomatlik uchun ko‘proq xavf paydo qiladi deb hisoblanmoqda va bel aylanasi bo‘ksa aylanasidan 0,85 dan ko‘proq bo‘lsa, bu xavf, ayniqsa, ahamiyatli bo‘ladi.
Katta yoshli odamning ratsionida vitaminlar surunkali yetishmaganida gipovitaminozlarning klinik belgilari paydo bo‘ladi, agar o‘z vaqtida tashhis qo‘yilmasa va korreksiyalanmasa, ular mustaqil nozologik ko‘rinishlarga aylanadi. Ratsionda u yoki bu vitaminlarning chuqur tanqis bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi oqibatida avitaminozlar – spetsifik kasallik holatlari (singa, pellagra, beri-beri, raxit) rivojlanadi. Nisbatan kamdan-kam hollarda gipervitaminozlar ham tashhislanishi mumkinki, ular yog‘da eriydigan vitaminlar (A, D)lar fiziologik me'yordan 5 ... 10 barobar ortiqcha miqdorda uzoq vaqt tushib turishi bilan bog‘liqdir. Vitamin yetishmovchiligi (giporvitaminoz)ning klinik belgilari, odatda, ovqatlanishda muayyan vitaminlarning chuqur tanqisligida rivojlanadi.
Yüklə 43,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə