Mavzu: Sog’lom ovqatlanishga bo’lgan gigienik talablar. Axoli turli qatlamlari ovqatlanishiga gigienik baho berish. Ta'lim berish texnologiyasi



Yüklə 43,37 Kb.
səhifə4/7
tarix12.04.2023
ölçüsü43,37 Kb.
#105151
1   2   3   4   5   6   7
2 мавзу рационал овқат

2. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi



2. 1.Nazariy qism Mutanosib ovqatlanish inson xayotini o‘sish va rivojlanish salomatlik va yuqori mexnat qobiliyatini ta'minlovchi vositadir.
Odam mutanosib ya'ni ratsional ovqatlanib turishi kerak bunda bir nechta prinsiplari ya'ni talablari bor.
1.ovqatlar miqdor jixatdan yetarli, organizm yo‘qotgan quvvatini qoplashi kerak.
2.ovqat sifat jixatdan yetarli organizm extiyojini qoplashi kerak ya'ni ovqatda oqsillar,yog‘lar,karbon suvlar, vitaminlar, mineral moddalar yetarli bo‘lishi kerak.
3.ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerak.
4.ovqatlar xilma-xil bo‘lishi kerak. Ovqatda sabzovodlar ishlatilishi kerak.
5.ovqat ratsionimizda oqsillar, vitaminlar, mineral moddalar meyorda bo‘lishi kerak.
6.ovqatda yog‘lar mutanosib bo‘lishi kerak ulardan o‘simlik yog‘lari, xayvon yog‘lari.
Ovqatlanish ratsioni shunday tuzilishi kerakki bunda oqsillarning kaloriyasi 14 % dan oshmasligi kerak yog‘lar 30 % uglevodlar 56 % ni tashkil qilishi kerak.shundagina ratsion to‘g‘ri tuzilgan bo‘ladi. 14 + 30 +56 = 100 %
1 gram oqsil yonganda (oksitlanganda ) -4,1 kkal energiya ajraladi, yog‘lar uchun-9,3,uglevodlar uchun-4,1 bo‘lishi kerak.
Ovqatlanish 3 maxallik yoki 4 maxallik rejimda bo‘ladi. 3 maxallik bo‘lganda
Nonushta-30 %
Tushlik-40-45 %
Kechki ovqat-25-30 %
4 maxallik bo‘lsa. Nonushta-25 %
Tushlik-40 %
Tolma choy-15 %
Kechki ovqat-20-25 %
Ratsional ovqatlanish bu sog‘lom organizmning jinsini, yoshini, ish faoliyati turini, hamda salomatlik holatini hisobga olgan holda to‘liq fiziologik Ovqatlanish bo‘lib, u organizmning quvvatiga bo‘lgan va plastik extiyojlarini to‘lik qoplash va modda almashnuvining muayyan sharoitni taminlab turishi kerak. Ratsional ovqatlanish inson salomatligini saqlashi, uning tashqi muxitning zararli faktorlariga qarshi kurash qobilyatini oshirishi, jismoniy va aqliy ish qobilyatini saqlashga yordamlashishi va aktiv uzok umr ko‘rishga yordamlashishi kerak. Ratsional ovqatlanish asosida sutkalik ratsional yotib u malum fizik xossaga, quvvatga va kimyoviy tarkibga ega bo‘lish kerak. To‘g‘ri Ovqatlanish uchun ovqatlanish tartibiga ham rioya qilish kerak.
Ratsional ovqatlanishni tashkillashtirishda quyidagi talablarga amal qilinadi:
1. Ovqat ratsionining quvvatlilik qiymati organizmning yo‘qotgan quvvatini qoplash kerak.
2. Malum kimyoviy tarkibga ega bo‘lishi, oziq moddalar o‘zaro mutonosib bo‘lishi kerak.
3. Ovqat yaxshi hazm bo‘ladigan bo‘lishi kerak
4. Yuqori organoleptik xossaga ega bo‘lishi kerak.
5.Ovqatlar xilma-xil bo‘lishi kerak
6.Ovqat to‘yimlilik xossasiga ega bo‘lishi kerak
7.Sanitar epidemiologik jihatdan Ovqat xavfsiz va zararsiz bo‘lishi kerak.
Mutanosib ovqatlanish - bu shunday ovqatlanishki, bunda hamma ozuq moddalar va biologik aktiv moddalar optimal eng yaxshi nisbatda bo‘lib organizmda o‘zining eng yuqori biologik tasirini ko‘rsatadi. Bunday ovqatlanishda faqat ozuq moddalar: oqsillar, yog‘lar, karbon suvlar, vitaminlar, mineral elementlar, mutanosib bo‘lib qolmasdan, balki aminokislotlar mutanosibligi va yog‘ kislotalarining mutanosibligi bo‘lishi kerak. Almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning mutanosibligiga alohida ahamiyat beriladi.
Mutanosib ovqatlanishning asosiy prinsiplari:
Mutanosib ovqatlanishda asosiy oziq moddalarning va biologik aktiv moddalarning to‘g‘ri nisbati bo‘lishi kerak.Ko‘prok oqsillar, yog‘lar va karbon suvlar nisbati o‘rganilgan. Foyt keyinchalik K.N.Shaternikov tavsiya qilgan formulada oksil, yog‘ va karbon suvlar nisbati 1:1:5.
Hozirgi vaqtda oqsil, yog‘lar va karbon suvlarning mutanosibligi ovqatlanish ratsioninning quvvatlilik qiymati ko‘rsatkichi bilan bog‘lik holda aniqlanadi. Bunda nisbat 1:2,7:4,6 deb yani har 1 oqsil kalloriyasiga 2,7 yog‘ kaloriyasini va 4,6 karbon suv kaloriyasi to‘g‘ri kelishi kerak deyiladi.
Vitaminlarga bo‘lgan extiyoj megakalloriyaga 1000 kkal nisbatan. Mutanosib ovqatlanishning asosiy omillaridan biri juda yuqori bo‘lmagan quvvatli ratsionda organizmni kerakli miqdordagi oqsil, yog‘ va karbon suvlar bilan ta’minlash.
Megakaloriyani tatbiq,etib, ratsiondagi ovqat moddalarini turli xil kalloriyali qiymatida aniqlash mumkin. Demak 1 megakalloriya-1000 kkal (4184 kDj). Oqsil moddasi 120 kkal (502 kDj), 30 gr,yog‘ moddasi –333 kkal (1381 kDj)-37 gr,uglevodlar-548 kkal (2293 kDj)-137gr miqdorida hisob qilinadi. Bunda vitaminlar S-25,V-1-0,6, V-2-0,7, V-6-0,7, RR-6,6, mg miqdorida xisob qilinadi. Ko‘pincha A. Pokrovskiyning mutanosib ovqatlanish jadval formulasi (Kattalar uchun ovqat moddalarining o‘rtacha extiyoji) foydalanib hisoblash keng tarkalgan (10460 kDj - 2,5 M kkal kilinadi).
A. Pokrovskiyni mutanosib ovqatlanish jadval formulasi

Ovqat moddalari

Sutkalik extiyoj

Ovqat moddalari

Sutkalik ehtiyoj

Suv g:

1750-2200

Xolesterin

0,3-0,06

Ichimlik suv

800-1000

Fosfolipidlar

5

Suyuq ovqat

250-500

Mineral moddalar, mg

Ovqat bilan

700

Kalsiy

800-1000

Oqsil g:

80-100

Fosfor

1000-15000

Hayvon

50

Natriy

4000-6000







Kaliy

2500-5000

Aminokislotalar: almashtirib bo‘lmaydigan

Xloridlar

5000-7000

Triptofan

1

Magniy

300-500

Leysin

4-6

Temir

15

Izoleysin

3-4

Sink

10-15

Valin

3-4

Marganets

5-10

Treoin

2-3

Xrom

0,20-0,25

Lizin

3-5

Miss

2

Metionin

2-4

Kolbat

0,1-0,2

Fenilalanin

2-4

Selen

0,5

Aminokislotalar almashtirib bo‘ladigan

Ftoridlar

0,5-1,0

Gistidin

1,5,2

Yodidlar

0,1-0,2

Arginin

5-6

Vitaminlar:mg




Sistin

2-3

Askorbin kislota

50-70

Tirozin

3-5

Tiamin

1,5-2,0

Alanin

3

Riboflavin

2,0-2,5

Serin

3

Niatsin (RR)

15-25

Glutamin kislota

16

Pontoten kis (V-3)

5-10

Aspargin kislota

6

Vitamin V-6

2-3

Prolin

5

Vitamin V-12

0,002-0,005

Glikokol

3

Biotin

0,15-0,30

Uglevodlar, g:

400-500

Xolin

500-1000

Kraxmal

400-450

Rutin (R)

25

Qand

400-450

Vitamin D

0,0025-0,01

Organik kislota (sut,limon va bosh) g:

50-100

Vitamin A

1,5-2,5

Kletchatka va pektin

25

Karotin

3,0-5,0

Yog‘lar,g:

80-100

Vitamin E

10-20

o‘simlik yog‘i

10-15

Vitamin K

0,2-0,3

YATYOK

2-6

Lipoev kislotasi

0,5







Inozin, g:

0,5-1,0

quvvat qiymati:

Kdj

11900

Kkal

2850

Ovqatlanish tartibi


Ratsional Ovqatlanishning muxim elementlaridan biri bu ovqatlanish tartibidir, yani kun bo‘yi qabul qilinadigan ovqatning ayrim qabullariga bo‘linishi nonushta, tushlik, kechki ovqat va boshqalar Ovqatlanish tartibi rejimi deganda Ovqat eyish vaqti, necha marta ovqatlanish va ovqat quvvatining kaloriyasining xar safar eyiladigan Ovqatga taqsimlanishi tushuniladi.
Ovqatni xar kuni malum vaqtda eyish kerak. Shunday qilinganda ovqat yeyish oldidan meda ichak shirasi ko‘p ajraladi.
Ovqatni vaqtida eganda yaxshi xazm bo‘ladi va uning kimyoviy komponentlari to‘la o‘zlashtiriladi. Ovqatlanish tartibining buzilishi bu jarayonlarini buzibgina qolmay, balki gastrit, meda va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalliklarning paydo bo‘lishiga xam olib keladi.
Palla partish ovqatlanish moddalar almashinuvvining buzilishiga sabab bo‘ladi.Ugdevodlar almashinuvining buzilishi va shu tufayli tana vazning oshib ketishi yoki qonda xolesterin miqdorining ko‘payishi bunga misol bo‘la oladi.
Necha marta ovqatlanish meqnat faoliyatiga, yoshga, organizmning salomatlik xolatiga bog‘liq. Ovqatni ko‘p miqdorida yemaslik Ovqatlanishlar o‘rtasidagi vaqt uzoq bo‘lmasligi ovqkatlanish tartibining ratsional prinsiplaridan biridir. Uch maxal ovqatlanish tartibida ovqalanishlar o‘rtasida 6-7 va bundan xam ko‘prok vaqt o‘tadi, bu esa salbiy oqibatlarga olib keladi. Uch maxal ovqatlanganda nonushta 25-30% ni, tushlik 45-50%ni va kechki Ovqat 25%ni tashkil etishi kerak. To‘rt yoki besh maxal ovqatlanganda oralik vaqt 4-5 soatni tashkil qiladi, hazm organlari bir xil yuk tushishi, hamda fermentlarning yaxshi tasiri kuzatiladi.
To‘rt maxal ovqatlanish ishlaydigan aholi uchun nonushta, tushlik Ovqat, ikkita kechki ovqatdan iborat. Ishlamaydigan aholi uchun esa ikkita nonushta, tushlik va kechki ovqatdan iborat. Birinchi xolda sutkalik ovqat ratsioni quvvati quydagicha taqsimlanadi: nonushta-25%, tushlik ovqat-35%, birinchi kechki ovqat-15%, ikkinchi kechki ovqat-25%. Ikkinchi xolda: birinchi nonushta- 20%, ikkinchi nonushta-20%, tushlik-35%, kechki ovqat-25%. 4 maxal ovqatlanishda qay maxal ovqatlanish juda muxim axamiyatga ega.
Nonushta ishga borishdan oldin soat 7-8 da, tushlik 4-5 soat o‘tgach, birinchi kechki Ovqat 4-5 soat o‘tgach, ikkinchi uxlashdan 1,5-2 soat oldin yeyiladi. ovqat xazm qilish bezlari o‘z faoliyatini normal tiklash uchun sutkada 8-10 soatlik dam olishlari kerak. Shunday qilib, to‘g‘ri tashkil etilgan, yani ratsional ovqatlanish organizmning xamma oziq moddalarga va quvvatga bo‘lgan extiyojini to‘la qondirib, uning ish qobilyatini yuqori darajada bo‘lishini taminlayi.
Ovqatlanish tartibi deganda quydagilar e’tiborga olinadi:

  1. Bir kunlik ovqatlanish soni (tez-tez ovqatlanish)

  2. Bir kunlik oziq ovqat miqdorini uning quvvatiga berilishga qarab taqsimlash.

  3. Bir kunlik Ovqat yeyish vaqtlari

  4. Xar bir ovqatlanish orasida muddat

  5. Ovqatlanishga sarf bo‘ladigan vaqt.

To‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlanish tartibi insonning ovqat xazm qilish sistemasi faoliyatini yaxshilaydi. Sog‘lom insonlarga odatda (orasi 4-5 soat bo‘lgan) 3-4 marotaba ovqatlanish tavsiya etiladi.To‘rt maxal ovqatlanish insonning aqliy va jismoniy ish qobiliyatini yaxshilaydi va oshiradi. O‘rtacha Ovqatlanishlar oralisidagi vaqt kamida 2-3 soat bo‘lishi kerak. Ovqat yeyilgandan so‘ng 2 soat o‘tmay ovqatlanish sog‘liqqa zarardir. Chunki ovqatlangandan keyin dastlabki soatlarda meda ichak shiralari ajralishi kamayadi va 2 soatdan keyin tiklanadi. To‘rtinchi soatgacha borib eng yuqori ajralish xolati paydo bo‘ladi. Asosiy ovqatlanish vaqtida yeyilgan ovqatdan so‘ng orada yana taom yeyish ishtahani va ovqat xazm qilish azolarining faoliyatini buzadi. Taomni tez yeyish va yaxshi yemay yutish ovqatning so‘lak bilan yaxshi aralashib ketishiga xalaqit beradi. Meda funksiyasini ortiqcha kuchayishga olib keladi va ovqatning yaxshi xazm bo‘lishi va so‘rilishini buzadi. Keyinchalik meda faoliyatining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Agar taomni tez-tez, shoshilib yeyilsa, to‘yish sezgirligi pasayadi, bo‘kishga olib keladi. Shuning uchun tushlikda 30 daqiqa ovqatlanish kerak. To‘yib ovqatlangandan keyin, asosan insonda uyqu kelishi, ishlash unumi pasayishi mumkin. Shuning uchun tushlikda yeyiladigan taom miqdori bir kunlik ovqatlanish quvvati va mikdorining 35% ini tashkil qilishi kerak.
Kechki taomga meda ichakning ichki sekretor va xarakat faoliyatini buzadigan, gaz xosil bo‘lishiga olib keladigan ozik ovqat maxsulotlari ishlatilmaydi.
Kechki uyqudan 1,5-2 soat oldin ovqat yeyish va u bir kunlik ovqatlanish mikdori va quvvatini 5-10% ini tashkil kilishi kerak. Bunda asosan sutli taomlar, qatiq, sharbatlar istemol qilinadi.
Kechki ovqatdan oldin to‘yib ovqat yeyish yurak xastaligi, og‘ir pankreatit, meda yarasi kabi kasalliklarni kuchaytiradi va bemor axvolini yomonlashtiradi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, insonning taom yeyishga bo‘lgan extiyoji ovqatlanish vaqtida turlicha bo‘ladi. Ko‘pchilik kishilar asosan kunning birinchi yarmida yeyishadi. Bu xususiyatlarni xisobga olmaslik mumkin emas.
Bemor odamlarning ovqatlanish tartibi kasallik xarakteri va davolash vaqtiga qarab o‘zgarishi mumkin. Sog‘likni Saqlash Vazirligi tomonidan davolash tibbiyot muassasalari va sanatoriy kurortlarda joriy qilinadi. Meda yarasi kasalligi, xoletsistit, yurak xastaligi, qon aylanish etishmovchiligi kabi kasalliklarda kuniga 5-6 maxal ovqatlanish zarur.
Ovqatlanish soniga qarab bir kunlik Ovqatlani miqdorini va quvvatini nonushta, tushlikka va kechki Ovqatlanishga to‘g‘ri taqsimlash kerak.
4 maxal ovqatlanish tartibida qo‘shimcha 2- kechki taom belgilanadi (kefir, sharbat, pechene).
5 maxal ovqatlanish tartibida 2- nonushta yoki soat 16-00 dagi ovqatlanish (poldnik) belgilanadi.
6 maxal ovqatlanish tartibida xam 2- nonushta va poldnik belgilanadi.
Eslatma: Kechki taom bilan nonushtagacha bo‘lgan muddat 10-11 soatdan oshmasligi kerak.
Bazi bir bemorlarga o‘rganib qolgan odatini xisobga olib, kechki Ovqatni ko‘prok yeyishga ruxsat etiladi. Bemorning kechqurun yoki kechki paytda isitmasi ko‘tarilib, axvoli og‘irlashsa, u xolda ertalabki va kunduzgi soatlarda ovvatlanish mivdori va vuvvatini kechki taom xisobiga 70% gacha ko‘paytirish mumkin.
Bir kunlik ovqatlanish miqdori va quvvatining %-ni shifoxonada to‘g‘ri taqsimlash 5- jadvalda ko‘rsatilgan.
Bir kunlik ovqatlanish miqdori va quvvatining %-ni shifoxonada to‘g‘ri taqsimlash.

Ovqatlanish vaqti

4 maxal ovqatlanish

5 maxal ovqatlanish 2 xil ko‘rinishda

6 maxal ovqatlanish

Nonushta

25-30

20- 25

20-25

2- nonushta

-

10- 15

10-15

Tushlik

35-40

30 – 35

25-30

Soat 16-00

-

10

10-15

Kechki taom

20-25

20-25

20

2-kechki taom

5-10

5-10

5-10

Inson ovqatlanishi sifatini tahlil qilishdagi integral ko‘rsatkich inson yashash muhiti omillarining ta'siri hisobga olingan haqiqiy ovqatlanish va salomatlik holatining o‘zaro ta'sirini aks ettiruvchi ovqatlanish holati (5.1-rasm)dir. Ovqatlanish holati inson hayoti sifatining gigienik mezonidir va uni baholash shifokorga majmuaviy profilaktikaning individual dasturlarini ishlab chiqishga imkon beradi.


Ovqatlanish holatini o‘rganish va tahlil qilish quyidagicha baholash bo‘yicha amalga oshiriladi: 1) haqiqiy ovqatlanish; 2) salomatlik holati; 3) ekologik status.
Haqiqiy ovqatlanish o‘ziga oziq-ovqatlar to‘plami – ovqatlanishda ishlatiladigan ozuqa mahsulotlari ro‘yxatini; nutrientli tarkib – ovqatlanish ratsioni bilan birga tushayotgan ozuqa moddalarining miqdoriy xarakteristikasini; ovqatlanish tartibi va ovqat tanavvul qilish sharoitlarini qamrab oladi.
——————————————————————————————
Kasallanish
Haqiqiy ovqatlanish Ovqat statusi Ekologik status
Ovqatlanish holatining tahlili
Haqiqiy ovqatlanishni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar
—————————————————————————————
5.1-rasm. Ovqatlanish holatini tahlil qilish va korreksiyalash bosqichlari.

Ovqatlanish holati bilan bog‘liq bo‘lgan salomatlik holati ovqat statusi ko‘rsatkichlari va alimentar-bog‘liq kasallanishlar tuzilmasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanadi.


Ekologik status ekologik xavf manbalari, yo‘llari va organizmga yot ta'sir mexanizmlari haqidagi ma'lumotlardan foydalangan holda tahlil qilinadi.
Haqiqiy ovqatlanish – ovqatlanish holatini boshqarishning asosiy bo‘g‘inidir. Uni korreksiyalash orqali shifokor yashash muhitining mayyan sharoitlarida organizmning ozuqa moddalari va quvvatga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlariga mos ravishda ratsionning miqdoriy va sifat xarakteristikalarini keltirishi mumkin. Ovqatlanish holatini baholashda haqiqiy ovqatlanishni o‘rganish har doim tekshiruvlarning birinchi bosqichi bo‘lib, keyingi tahlil uchun material olish va ovqatlanishni korreksiyalash uchun imkon yaratadi.
Haqiqiy ovqatlanishni o‘rganishning barcha usullarini ikkita: ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-gigienik guruhlarga bo‘lish qabul qilingan (5.1-jadval).
5.1-jadval

Yüklə 43,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə