Mavzu: Sog’lom ovqatlanishga bo’lgan gigienik talablar. Axoli turli qatlamlari ovqatlanishiga gigienik baho berish. Ta'lim berish texnologiyasi



Yüklə 43,37 Kb.
səhifə6/7
tarix12.04.2023
ölçüsü43,37 Kb.
#105151
1   2   3   4   5   6   7
2 мавзу рационал овқат

Ovqat statusi – bu haqiqiy ovqatlanish organizmning haqiqiy ehtiyojlariga uning yashash sharoitlarini hisobga olgan holda mos kelishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar majmuasidir. Ovqat statusi optimal, oshiqcha va yetishmaydigan turlarga bo‘linadi. Optimal ovqat statusida inson yashashning haqiqiy sharoitlari uchun yetarli bo‘lgan me'yorlar bo‘yicha ovqatlanadi. Oshiqcha va yetishmaydigan (nooptimal) ovqat statuslari haqiqiy ovqatlanishning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlaridagi muvofiq buzilish bilan bog‘liqdir.
Ovqat statusidagi ko‘rsatkichlar buzilishlari gomeostatistik tizimlar disbalansi (muvozanati buzilishi)ning hali kasallik shakllanmagan bosqichdagi birinchi belgilari bo‘lib, odatda, to‘g‘ri tashhislangan sharoitda ular alimentar korreksiyalanishi mumkin. Aks xolda ovqat statusining kelgusidagi salbiy dinamikasi bardoshli simptomokompleks (kasalliklar)ni barcha kelib chiquvchi asoratlari bilan birga shakllantiradi.
Shu tariqa, ovqat statusining nojo‘ya chetlanishlarini malakali aniqlash va korreksiyalash shifokorning profilaktika ishlarida muhim qurol bo‘lishi mumkin.
Ovqat statusini o‘rganish va tahlil qilishda quyidagi ko‘rsatkichlar majmuasini baholash zarur:
1) jismoniy rivojlanish ma'lumotlari (ovqatlanishning quvvatiy va plastik tomonlari mos kelishi);
2) mikronutrientli muvozanat buzilishi (disbalans) namoyon bo‘lishlari (asosan, vitamin-mineralli);
3) qon, peshobning laboratoriya tekshiruvi ma'lumotlari (metabolizmning alohida turlari xarakteristikalari, himoyalovchi-moslashtiruvchi tizimlar ko‘rsatkichlari, ksenobiotiklar biotransformatsiyasi mahsulotlari).
Jismoniy rivojlanish mos kelishini baholash uchun asosiy ilk ma'lumotlar bo‘y va tana vazni bo‘lib, ular zaruriy asbob-anjomlar yordamida barcha qoidalarga amal qilingan holda aniqlanishi kerak.
Tana vazni – 100 g. gacha, bo‘y esa – 0,5 sm.gacha aniqlikda o‘lchanadi. Hozirgi vaqtda tana vaznini nazorat qilib turish uchun nisbatan ko‘proq tana vazni indeksi (BMI) – Ketle indeksi qo‘llanilib, u quyidagi formulaga ko‘ra hisoblab topiladi:

Yüklə 43,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə