Mavzu: Xlor elementlari va uning hossalari



Yüklə 299,01 Kb.
səhifə2/11
tarix29.11.2023
ölçüsü299,01 Kb.
#142447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Xlor elementlari va uning hossalari

Tabiatda tarqalalishi
Tabiatda xlorning ikki xil izotopi, ya’ni, 35Cl va 37Cl uchraydi. Xlor Yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan galogen elementdir. U juda faol element bo‘lib, davriy jadvaldagi deyarli barcha elementlar bilan birikma hosil qiladi. Xlor erkin holatda barqaror turmaydi va darhol biror element bilan birikib oladi. Shu sababli ham, tabiatda tarqalgan xlorning barchasi faqat birikma ko‘rinishida va asosan, minerallar tarkibida uchraydi. Galit (NaCl), silvin (KCl), silvinit (KCl∙NaCl), bishofit (MgCl2∙6H2O), karnallit (KCl·MgCl2·6Н2O) va kainit (KCl·MgSO4·3Н2О) minerallari xlorga eng boy sanaladi. Eng boy xlor zaxiralari esa dengiz va okeanlar suvlarida bo‘lib, dengiz suvida xlor miqdori 19 g/l atrofida bo‘ladi. Yer qobig‘idagi atomlar sonining taxminan 0,025% qismi xlor ulushiga to‘g‘ri keladi. Xlorning klark soni 0,017% ga teng. Odam organizmida xlorning massa ulushi taxminan 0,25% ga yaqin bo‘ladi. Odam va hayvonlar tanasida xlor asosan hujayralararo suyuqliklarda, shu jumladan, qonda mavjud bo‘ladi va osmotik jarayonlarni boshqarishda muhim o‘rin tutadi. Kimyoviy xossalari
Metall bilan o’zaro ta’siri
Xlor to’g’ridan-to’g’ri deyarli barcha metallarga ta’sir qiladi (ba’zilari namlik mavjud bo’lganda yoki qizdirilganda reaksiyaga kirishadi):
2Na + Cl2 → 2NaCl 
2Sb + 3Cl2 → 2SbCl3
2Fe + 3Cl2 → 2FeCl3

Metallmaslar bilan o’zaro ta’siri

Metallmaslar bilan(uglerod, azot, kislorod va inert gazlardan tashqari) tegishli xloridlarni hosil qiladi.


U yorug’likda yoki qizdirilganda vodorod bilan radikal mexanizm bilan faol reaksiyaga kirishadi (ba’zida portlash bilan). 5,8 dan 88,3% vodorod bo’lgan vodorod bilan xlor aralashmalari vodorod xlorid hosil qilish vaqtida portlashi mumkin. Kichik konsentrasiyalarda vodorod bilan xlor aralashmasi rangsiz yoki sariq-yashil olov bilan yonadi.Vodorod-xlorli olovning maksimal harorati 2200 °C:
Cl2 + H2 → 2HCl
5Cl2 + 2P → 2PCl5
2S + Cl2 → S2Cl2
Kislorod bilan +1 dan +7 gacha oksidlanish darajasini ko’rsatadigan oksidlar hosil qiladi(Cl2O, ClO2, Cl2O6, Cl2O7). Ular o’tkir hidga ega, termal va fotokimyoviy jihatdan beqaror, parchalanib porlashga moyil.
Flor bilan reaksiyaga kirganda, xlorid emas, balki florid hosil bo’ladi:
Cl2 + 3F2 → 2ClF3



Yüklə 299,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə