Mavzuning dolzarbligi


Biosignallarning vaqt sohasidagi parametrlarini tahlil qilish



Yüklə 6,41 Mb.
səhifə21/25
tarix01.06.2023
ölçüsü6,41 Mb.
#114963
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
black sheet 2

3.2 Biosignallarning vaqt sohasidagi parametrlarini tahlil qilish

4

3

2

1

B
iosignallarning vaqt sohasida tahlil qilish uchun mushak faolligi biosignallaridan foydalanildi. Bunda 13-yoshli bolaning qorinning o’ng tashqi muskuli(Right Rectus Abdominis)(1), qorinning chap tashqi muskuli(Left Rectus Abdominis)(2), o’ng sonning to’g’ri muskuli(Right Rectus Femoris)(3) va chap sonning to’g’ri muskuli(Left Rectus Femoris)(4) va mushaklaridan(3.9-rasm) 1hafta davomida 3 xil mashq bajarish mobaynidagi EMG signallari qayd etib borildi. So’ng kerakli parametrlar tanlab olindi va quyida keltirilgan sxema asosida (3.10-rasm)tahlil qilindi.
3.9-rasm. EMG signali o’lchangan muskullar

3.10-rasm. Mushak faolligi biosignallarini tahlil qilish blok sxemasi.


Spektral tahlil qilish blok sxemasining mazmuni:
Segmentlash – bu yerda mushak faolligi biosignallarini spectral tahlil uchun bo’laklarga ajratiladi. Tadqiqot ishini bajarish va tahliliy tajribalarga asoslangan holda segmentlash uzunligi 200ms va surilish qismi 100 ms olindi,
Analog raqamli o’zgartirgich – bu jarayonda mushak faolligi biosignallarini analog signaldan raqamli signalga o’zgartiriladi. Tadqiqot Ishida qo’llanilayotgan BTS FreeEMG sensorida analog raqamli o’zgartirgich va dastlabki filtr mavjud.
Parametrlarni ajratish – tanlangan soha talablariga asoslangan xolatda axborot beruvchi parametrlarni ajratib olish zarur.



3.11-rasm. Parametrlarni ajratish blok sxemasi.


O‘rtacha mutlaq qiymat (MAV – Mean Absolute Value) – bu parametr mushakning qisqarish darajasini aniqlash imkoni yaratadi va bu mioelektrik boshqaruvda keng qo’llaniladi(3.1).

Bu yerda N segmentdagi qiymatlar soni, k segment tartib raqami, i -qiymat indeksi, x – signal qiymatlari.

3.11-rasm. Mushak faolligi biosignallarining o‘rtacha mutlaq qiymatlari grafiklari

Yüklə 6,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə