Mavzuning dolzarbligi


Ishlab chiqarish obyektlarida yashindan himoyalanish tadbirlari



Yüklə 6,41 Mb.
səhifə24/25
tarix01.06.2023
ölçüsü6,41 Mb.
#114963
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
black sheet 2

Ishlab chiqarish obyektlarida yashindan himoyalanish tadbirlari

Yashin va momaqaldiroq vaqtida 150 mVgacha kuchlanishga, 200 kAgacha tok kuchiga va 600—300000C haroratga ega bo‘lgan atmosfera elektr zaryadlari portlash va yong‘inlarni keltirib chiqarishi, yer ustidagi obyektlarni vayron qilishi mumkin. Yashin ta’siri bevosita zarb ko‘rinishida ham, elektromagnit va elektrostatik induksiya ko‘rinishida ham bo'lishi mumkin.
Barcha bino va inshootlar yashindan himoyalanish darajasiga ko‘ra uch toifaga ajratiladi (quyidagi jadval). Ularning toifasi yong‘in va portlash jihatdan xavfliligi, o‘tga chidamliligi, shuningdek, ular joylashgan geografik hududda yashin ko‘p yoki kam bo‘lishiga qarab belgilanadi. I toifaga V—I va V—II sinf binolarining tashqi texnologik uskunalari kiradi. Bu binolarda havo bilan qo‘shilib portlash jihatdan xavfli aralashmalar hosil qiladigan gaz, bug‘ va chang chiqadi. II toifaga V—I va V—II sinf binolari tashqi texnologik uskunalari hamda V—I sinf binolari omborxonalari kiradi. Ill toifaga II—I, II—II, II—III sinf binolari kiradi. Bu binolarda yonuvchi qattiq va suyuq moddalar, chang bo‘ladi. Bularga ochiq omborxonalar, tutun quvurlari, suv minoralari, 15 m. dan baland minoralar, jamoat va turarjoy binolari, kasalxonalar, bolalar muassasalari, kinoteatrlar kiradi.
jadval
Turli sinflardagi obyektlar uchun yashindan himoyalagich toifasi


Yashindan himoyalanmagan bino va inshootlarning bir yilda yashindan zararlanish miqdori (A) ushbu formuladan aniqlanadi:

bu yerda, S, L, H — mos ravishda himoyalanayotgan binoning uzunligi, eni, balandligi m; n—bino joylashgan yerning 1 sirtiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yashin urishlari soni.
Ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar, shuningdek, tez alanga oladigan yonuvchi ashyo hamda xom ashyolar saqlanadigan omborxonalar jadvaldagi ma’lumotlar asosida yong‘indan himoyalagichlar bilan jihozlanishi kerak.
I va II toifalardagi obyektlar bevosita yashin urishidan va yer ustidagi metall kommunikatsiyalar orqali yuqori potensiallar kirishidan, korpusi temirbetondan ishlangan qurilmalar, elektrostatik induksiyadan ham himoyalanadi.
Pilla tortish va ipak yigirish korxonalarining barcha asosiy va yordamchi binolari III toifaga kiradi. Tez alanga oladigan va yonuvchan moddalar, siqilgan gazli ballonlar saqlanadigan omborxonalar, to‘kish estakadalari II toifadagi obyektlarga taalluqlidir. Bino va inshootlar yashin urishidan qaytargichlar yordamida himoyalanadi. Ular yashinni qabul qilib, tokni yerga o‘tkazib yuboradi. Qaytargichlar uch turda — chiviqli, trosli va to‘rli bo‘ladi. Ular himoyalanadigan bino yoki inshootdan alohida joylashib, ajratilgan yoki ajratilmagan bo‘lishi mumkin.
Atmosfera elektridan himoyalanishda ko‘pincha chiviqli yashinqaytargichlar o'matiladi. Chiviqli qo‘sh yashinqaytargich birgalikda ishlaydigan va umumiy himoya mintaqasini hosil qiladigan ikkita yakka yashinqaytargichdan iborat. Chiviqli ko‘p karrali yashinqaytargich uchta va bundan ko‘p yakka yashinqaytargichdan iborat bo‘lib, ular birgalikda ishlaydi va umumiy himoya mintaqasini hosil qiladi. Agar yashinqaytargich himoyalanayotgan binoning o ‘ziga emas, balki uning yaqiniga o‘rnatilsa, u holda alohida joylashgan chiviqli yashinqaytargich deyiladi.
Trosli yashinqaytargich himoyalanadigan binoning tepasidan gorizontal vaziyatda tortilib, binodan 5—6 m masofada o‘rnatilgan tayanchlarga mahkamlab qo‘yiladigan bitta yoki bir nechta trosdan tashkil topadi. To‘rli turida tros o'rniga to‘r ishlatiladi.
Yashinqaytargichni qurishda uning himoya mintaqasini aniqlab olish zarur. Balandligi 60 m bo‘lgan yakka chiviqli turi himoya mintaqasining hosil qiluvchisi siniq chiziq ko‘rinishidagi konusdan iborat (4.1-rasm). Konusning asosi r= l,5 h radiusli doira bo'ladi.
Balandligi 60—100 m bo‘lgan yakka chiviqli yashinqaytargichning himoya mintaqasi ham yuqoridagidek aniqlanadi, ammo unda konus asosi qilib 90 m radiusli doira olinadi. 60 m. dan baland bo‘lmagan qo‘sh chiviqli turining himoya mintaqasi 4.2-rasmda tasvirlangan. Qo‘sh chiviqli yashinqaytargich o‘rtasidagi himoya mintaqasining balandligi (h0) ushbu tenglamadan aniqlanadi:

Chiviqli ko‘p karrali yashinqaytargichlar o‘matilganda ularning himoya mintaqasi juft qilib olingan, qo‘sh yashinqaytargichlar kabi hisoblanadigan ikki qo‘shni yakka qaytargichlarning himoya mintaqasi singari aniqlanadi.

4.1-rasm. Yakka chiviqli yashinqaytargich

4.2-rasm. Qo’sh chiviqli yashinqaytargich
Yashinqaytargichlami o'rnatish uchun fabrika hududidagi hamma baland inshootlar, tutun quvurlari, binolardan foydalanish mumkin. Har bir alohida joylashgan yashinqaytargich yerga ulagichining qarshiligi I va II toifalardagi bino hamda inshootlarni yashindan himoyalash uchun 10 Om. dan, III toifadagi bino va inshootlar uchun 20 Om. dan oshmasligi lozim.
XULOSA
Mazkur bitiruv malakaviy ishimizdan olingan xulosa sifatida shuni ta’kidlashim mumkinki, biosignallarning axborot beruvchi parametrlarini saralash turli fiziologik o‘lchovlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va sharhlashda hal qiluvchi qadam hisoblanadi. Eng muhim va eng dolzarb parametrlarni aniqlash orqali tadqiqotchilar asosiy biologik jarayonlarni yaxshiroq tushunishlari va aniqroq diagnostika vositalari va davolash usullarini ishlab chiqishlari mumkin.


Yüklə 6,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə