''Maxsus fanlar'' kafedrasi Kurs ishi mavzusi: Mehnat unumdorligi o’sishining asosiy omillari va mehnat samaradorligini oshirish yo’nalishlari


I BOB. MEHNAT UNUMDORLIGI: OMILLAR VA ZAHIRALAR



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix28.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#101644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
\'\'Maxsus fanlar\'\' kafedrasi Kurs ishi mavzusi Mehnat unumdorlig

 


I BOB. MEHNAT UNUMDORLIGI: OMILLAR VA ZAHIRALAR 
 
1.1. «Mehnat unumdorligi» haqida tushuncha va uni oshirishning ijtimoiy-
iqtisodiy mohiyati 
 
Mehnat faoliyatining maqsadi
biror natijaga erishish, masalan, mahsulot 
ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishdan iboratdir. 
Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy 
samaradorligi ko’rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki 
ko’rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni 
mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan 
belgilanadi.
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining 
barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, 
bundan 
tashqari, 
mehnat 
resurslaridan 
oqilona 
foydalanish 
zarurligini 
ifodalamaydi. «Mehnat unumdorligi» tushunchasiga o’z ahamiyati jihatidan yaqin, 
lekin mazmunan yanada kengroq bo’lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» 
tushunchasidir. 
Mehnat samaradorligi
eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori 
mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. 
Mehnat unumdorligi va intensivligi mahsulot qiymati o’lchamiga turlicha 
ta’sir ko’rsatadi. Mehnat unumdorligi ortishi ishlab chiqariladigan mahsulot 
miqdorini oshiradi va shunga muvofiq bita mahsulotning qiymatini pasaytiradi
lekin ularning umumiy yangi yaratilgan qiymatini o’zgartirmaydi, mehnat 
intensivligini ortishi esa ishlab chiqariladigan mahsulotlar va umumiy umumiy 
yangi yaratilgan qiymatni oshiradi, lekin mahsulot birligining qiymatini 
o’zgartirmaydi. 
Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo’lsa, ish sifati zarur darajada 
bo’lgani holda mehnat xarajatlari qanchalik kam bo’lsa, mehnat samaradorligi 
shunchalik yuqori bo’ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida 
qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u qanday 


mehnat xarajatlari bilan ta’min etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlar xodimlar 
soni va mehnatga to’langan haq xarajatlari bilan o’lchanadi. Unisi ham, bunisi ham 
ish vaqti bilan o’lchanishi mumkin. Shuning uchun ham mehnat samaradorligini 
tahlil qilganda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat xarajatlari ham, shu bilan 
birga uning tuzilishi hisobga olingan holda ham qarab chiqiladi. 
Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta’minlash imkonini 
beradigan uslubiyot ideal hisoblanishi mumkin: 

korxona ishning ijtimoiy qadriyatlar bilan bog’liqligi; 

xodimga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish: 

mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko’rsatkichlari bir o’lchov 
bilan o’lchanishi mumkinligi; 

mehnat miqdori bilan sifati o’rtasidagi bog’liqlik. 
Bu ko’rsatkichni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
%
100


у
м
д
С
С
М

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə