''Maxsus fanlar'' kafedrasi Kurs ishi mavzusi: Mehnat unumdorligi o’sishining asosiy omillari va mehnat samaradorligini oshirish yo’nalishlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix28.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#101644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
\'\'Maxsus fanlar\'\' kafedrasi Kurs ishi mavzusi Mehnat unumdorlig

 
Bu erda M


mehnatning mexanizatsiyalash darajasi, %; 
S
m
- mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari soni; 
S
u
- xodimlarning umumiy o’rtacha ro’yxatdagi soni . 
Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga o’z ishini mashinalar va 
mexanizmlar yordamida bajaradigan kishilar kiritiladi. 
Mehnatni 
mexanizatsiyalash 
(avtomatlashtirish) 
darajasining 
ortishi 
moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi va jonli mehnat sarflashni 
ko’paytirmasdan turib mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan dalolat 
beradi. 
Mehnat unumdorligining asosi bo’lgan mehnatning unumdorlik kuchi 
mehnat unumdorligining aynan o’zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi yana ikkita 
muhim omilga - jonli mehnatning eng muhim ko’rsatkichi bo’lgan mehnat 
intensivligiga (jadalligiga) va ish vaqtining nominal fondidan foydalanishga ham 
bog’liq. 


Mehnat jadalligi (intensivligi) – bu, jonli mehnatning jiddiyligi yoki 
murakkabligi darajasi bo’lib, ish vaqti birligi ichida inson asab va muskul 
quvvatining sarflanishi bilan o’lchanadi. Bunda inson organizmiga salbiy ta’sir 
ko’rsatmaydigan jadallik ijtimoiy normal jadallik hisoblanadi, sarflangan quvvat 
ovqatlanishi, dam olish va hissiy engillanish hisobiga to’liq tiklanadi.
Hisobga ko’ra, mehnatning normal jadalligi darajasi tekis yuzada soatiga 4,8 
km tezlik bilan ketayotgan kishining kuch-quvvat sarflashiga tengdir. Nisbatan 
normal muayyan mehnat jadalligini oshirish mehnatga haq to’lashda tegishli 
darajada hisobga olishni talab qiladi. 
Mehnat unumdorligi mehnat jadalligi bilan bir qatorda ish vaqti fondidan 
foydalanish darajasi bilan ham bog’liqdir. 
Ish vaqtidan foydalanish ishlangan vaqtning, shu jumladan, ichki smena dam 
olishga ajratilgan tartibga solingan tanaffus vaqtining mazkur ishlar turi uchun 
belgilangan nominal vaqt fondiga (ish kunining ish haftasi, oyi va yilning soat 
hisobidagi miqdoriga) nisbati sifatida aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlarning indeks 
aloqasi quyidagi formula bilan ifodalanadi: 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə