28
- avtomashinalarni ta’mirlash hamda estetik pardozlash tsexlarini ochish;
- xalq iste’mol mollari, sanoat, oziq-ovqat mollarini ishlab chiqarish, sotib
olish va sotish;
- chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik mahsulotlarini ishlab-chiqarish,
qayta ishlash, sotib olish va sotish;
- aholiga pullik xizmat va maishiy xizmat ko’rsatish,
tikuvchilnk tsexlari,
avtoturargohlar tashkil etish, jumladan suratxonalar, fotosalonlar tashkil etish;
- non va non mahsulotlari, konditer, sharq
shirinliklari ishlab chiqarish,
sotib olish va sotish;;
- reklama ishlari va reklama pannolarini tayyorlash bilan shug’ullanish:
- tijorat, savdo, dallollik ishlari bilan shug’ullanish;
-alkogolli va alkogolsiz ichimliklar sotib olish va sotish;
-dorixonalar va fitobarlar ochish, dori-darmonlar tayyorlash, olib kelish va
sotish va boshqa O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan
faoliyatlar bilan shug’ullanadi.
Korxona o’z faoliyati yo’nalishini mustaqil belgilaydi, ishlab chiqarilgan
tovarlarni tasarrufi bozor ehtiyojidan va shartnomadan
kelib chiqqan holda
rivojlanish istiqbolini belgilaydi. Jumladan, qandolatchilik, tuxum mahsuloti
uchun fleyka ishlab chiqaradi, parrandachilik (tovuq go’shti va tuxum etishtirib
beradi, umumovqatlanish va maishiy xizmat(go’zallik salonlari, to’y liboslari,
ximchistka, dorixona) lar tarmog’ida xizmat ko’rsatadi.
Korxona har bir
xodiminining mehnat daromadi miqdori uning qo’shgan shaxsiy ulushi va butun
korxona ishining pirovard natijalariga qarab belgilanadi. Soliqlar bilan
boshqariladi. Maksimal miqdori bilan cheklanmaydi. Daromadning boshqa
turlarini korxona o’zi mustaqil belgilaydi.
«Shams Jamol» ishlab chiqarish korxonasining boshqaruv tashkiliy
tuzilmasi va bo‘limlarning funksional vazifalarini tahlil qilar ekanmiz, u chiziqli
tashkiliy tuzilma bo‘lib, korxona rahbari, rahbar o’rinbosari,
bosh hisobchi va
korxona faoliyatini amalga oshiruvchi boshqaruv apparati, bo’limlar hamda
ishchi xodimlardan iborat. Korxonada boshqaruv organiga va uning
29
boshqaruvchisiga aniq funksional vazifalar biriktirilgan. «Shamol Jamol» ishlab
chiqarish korxonasida ayni vaqtda 112 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritadi.
Korxona bevosita ta’sischi tomonidan boshqariladi. Ta’sischi korxonaning
iqtisodiy va ijtimony rivojlantirish rejalarini ko’rib
chiqadi va tasdiqlaydi,
struktura va shtat jadvalini o’zgartirish, mehnat tartibi haqida qarorlar qabul
qiladi. Korxonaning ichki va xo’jalik faoliyati hujjatlarni tasdiqlaydi va qarorlar
qabul qiladi. Ta’sischi korxonani kundalik boshqarish uchun Direktorni va bosh
hisobchini tayinlaydi. Ular bevosita ta’sischiga hisobot berishadi.
Dostları ilə paylaş: