Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   196
4.3.2. D
İ
ODOR 
Diodor (miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga 
qarashli Argiriya shah’ridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar 
ё
zib qoldirgan. Umumiy tarix ywnalishida 
ё
zilgan bu asar asosan Yunoniston va 
Rimning qadim zamonlaridan to milodning 1 asr wrtalarigacha bwlgan tarixini wz 
ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, Wzbekistonning qadimiy xalqlari 
skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bwlgan 
munosabatlari h’aqida qimmatli malumotlar bor.
Diodorning mazkur asari kwp jih’atlari bilan kwchirma-kompilyatsiya 
h’isoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, 
kwp h’ollarda ba
ё
n etila
ё
tgan voqealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga 
qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ah’amiyatga egadir. 
Diodorning asari twla h’olda bizning zamonamizgacha etib kelmagan. 
Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari h’aqida 
h’ikoya qiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston h’amda Rimning Yunon-Eron 
urushlari(miloddan avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilshacha 
bwlgan tarixini wz ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saqlangan, xalos. 
Bu asar 1774-1775 yillari 
İ
.Alekseev tomonidan olti qismda va 1874-1875 
yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
4.3.3. POMPEY TROG 
Pompey Trog( milodgacha 1-milodning 1 asrlari wrtasida yashab wtgan) – 
“Filipp tarixi” asari bilan mashh’ur bwlgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu 
asar afsonaviy Assuariya podshoh’lari zamonidan to Rim imperatori Avgust 
(miloddin avvalgi 63 – milodning 14-yili) davrigacha bun
ё
da bwlib wtgan 
voqealarni ba
ё
n qiladi, lekin asosiy etibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp 
11 (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va 
İ
skandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-
si
ё
siy tarixini ba
ё
n etishga qaratilgan. 
Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay nomalum kitoblarga suyanib 
ё
zilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bwlishi va tarixini keng 
ё
ritib bergan. Muh’imi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda 
inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni h’arakatga keltiruvchi kuch urf-
odat va taqlir deb h’isoblagan. 
“Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, 
İ
skandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va 
Swg’dda qurilgan shah’ar va katta imoratlar, 
İ
skandar Zulqarnayn vafotidan keyin 
yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya 
podsholigini tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning wzaro 
munosabatlariga oid muh’im malumotlar mavjud. 
Pompey Trogning bu asari Yustin (11-111 asr) tarafidan qisqartirilib qayta 
ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha etib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 
yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy 


32
tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-
sonlarida bosilgan. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə