Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   196
 
4.5. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 
1.
Wzbekiston tarixiga oid qanday Eron manbalarini bilasizmi?
2.
«Shoxnoma» asarida Wzbekiston tarixiga oid qanday malumotlar bor?
3.
Hindlarning «Mah’obxorat» asarida qadimgi Wzbekiston twg’risida 
qanday malumotlar bor?
4.
Qaysi Yunon tarixchilari asarida 
İ
skandarning yurtimizga yurish aks 
etgan?
5.
Avestoda qanday tarixiy malumotlar mavjud?
 
5-mavzu. VI – VIII ASRLAR TAR
İ
X
İ
 MANBALAR
İ
 
 
 Darsning 
mazmuni: 
VI-VII asrlardagi tarixiy voqealar aks etgan Sug’diy, 
Turkiy va Xitoy manbalari twg’risida malumotlar keltiradi.
 
 
Reja: 
5.1.
Muh’im si
ё
siy voqealar. 
5.2.
Qadimgi Turk manbalari. 
5.3.
Xitoy manbalari. 
5.4.
Swg’d tilidagi manbalar. 
5.5.
Foydalanilgan adabi
ё
tlar rwyxati. 
5.6.
Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
 
 Asosiy 
tushunchalar:
eftaliylar, xeptal, h’aytal, ey – da, i – da, runiy 
ё
zuv, 
Sug’d tili, biyiq.
5.1.
 
Muh’im si
ё
siy voqealar 
15
Юқ

асар
. 34-41 
бетлар
.


36
V-VI asrlarda Wzbekiston tarixi eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan 
bog’liqdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan 
malumotlarga qaraganda, Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir.
Eftaliylar juda katta h’ududda wz h’ukmronliklarini wrnatdilar. Ularning 
davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bwylarigacha bwlgan erlar qarar edi. 
Eftaliylar milodning 457-yilida Chag’ani
ё
n, Toxariston va Badaxshonni 
bwysundirishga muvaffaq bwldilar. Eron shoh’i sosoniy Piruz (459-484 yy.) 
Eftaliylarga qarshi uch bor qwshin tortti, lekin uning barcha yurishlari mag’lubiyat 
bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga wlpon twlab turishga majbur 
bwldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan kwp vaqt wtmay, 
Sharqiy Turkistonni h’am bwysundirishga muvaffaq bwldilar. 
Eftaliylar Turon, Eronning sharqiy tumanlari, Afg’oniston, Shimoliy 
Hindiston h’amda Sharqiy Turkiston ustidan h’ukm yurgizdilar. 
563-567- yillari turk xoqoni 
İ
stemi (Dizovul) Eron h’ukmdorlari bilan ittifoq 
tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli erlarni bwysundirishga 
muvaffaq bwldi. Natijada Turk xoqonligi Amudar
ё
va Orol dengizigacha 
chwzilgan wlkalar ustidan wz h’ukmronligini wrnatdi. U1 asrning uchinchi 
choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Tsi davlatlarini h’am 
bwysundirdilar, 576 yili Bosporni (Kerch) egaladilar, 581 yili esa Xersonni qamal 
qildilar. 
VI asr wrtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta er egaligi 
munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda wzaro urushlar 
kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) h’ukmdorlari ustalik bilan 
foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qimga – Sharqiy va Garbiy turk 
xoqonligiga bwlinib ketdi. 
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osi
ё
da xoqon Shibi davrida (609-619- yy.) 
Suy imperiyasi bilan kwp urushdi va wz mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu 
(620-630- yy.) davrida h’am bu kurash davom etdi. Wsha yillari turklar Xitoyga 67 
marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar kwpaydi, meh’natkash xalqning ah’voli 
og’irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy Turk 
xoqonligi ustidan wz h’ukmronligini wrnatilshga muvaffaq bwldilar. Lekin kwp 
wtmay, turklar Xitoy istibdodiga qarshi qwzg’olon kwtardilar. Bunga dastlab 
Eltarish qoon (Qutlug’ qoon), keyinchalik esa uning maslah’atchisi Twnyuquq 
boshchilik qildilar. Natijada 681 yili G’arbiy turklar yana mustaqillikni qwlga 
kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar 
natijasida G’arbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bwlinib ketdi va keyinchalik 
uning wrniga Uyg’ur xoqonligi tashkil topdi. 
G’arbiy turk xoqonligi h’arbiy si
ё
siy jih’atdan birmuncha qudratli edi. U11 
asrning wrtalarida unga Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bwlgan erlar 
qarardi. Uning ijtimoiy-si
ё
siy tomondan yuksalishida Marv, Chorjwy, Buxoro, 
Samarqand, Choch, 
İ
spijob kabi shah’arlarning wsishi va Xitoy, Eron h’amda 
Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq h’am sabab bwldi. Manbalarda keltirilgan 
malumotlarga qaraganda, G’arbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda h’ar yili katta 
yarmarkalar tashkil etilib, unda kwpgina xorijiy mamlakatlardan kelgan 
savdogarlar h’am qatnashgan. 


37
G’arbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi h’ukmronligi yillari 
10 toifaga bwlingan. Masalan, Chu dar
ё
sining wng tarafida istiqomat qiluvchi 
xalqlar Nushibi (5 toifa), dar
ё
ning swl soh’ilida istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5 
toifa) deb atalgan. Kwp wtmay bu toifalar wzlarining mustaqil davlatini tuzib 
oldilar. Bu wzaro feodal kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qwshinlari 
bundan foydalanib, 658 yili G’arbiy turk xoqonligi erlariga bostirib kirdilar, lekin 
uni tamoman bwysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga 
muvaffaq bwldi. Biroq katta er egaligi, wzaro kurashlar va shimoldagi qwshni 
xalqlar, xususan qorliqlarning xurujlari natijasida xoqonlik inqirozga yuz tutdi. 
VIII asrning ikkinchi yarmida h’okimiyat tamoman qorliqlar qwliga wtdi. Ular 766 
yili Suyabni bosib oldilar va uni wz poytaxtlariga aylantirdilar. 
G’arbiy turk xoqonligi markazlashmagan davlat bwlib, 15ga yaqin mustaqil 
h’okimliklardan, Swg’dda yuechji xalqidan chiqqan jabg’u, Buxoroda mah’alliy 
buxorxudot, Farg’onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi. 
Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi Swg’d, Xorazm, Toxariston, 
Farg’ona deh’qonchilik, shah’ar ah’olisi h’unarmandchilik va savdo-sotiq bilan, 
uning tog’li va chwl tumanlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik 
bilan shug’ullangan. 
Arablar istilosi arafasida Wzbekiston mayda-mayda davlatlardan iborat edi. 
Sharq va xitoy tillarida 
ё
zilgan manbalar malumotlariga qaraganda VIII asr 
boshlarida yurtimizda 15 yaqin mustaqil davlatlar bwlib, bularning eng kattasi 
Xorazm, Swg’d, Buxoro, Chag’oni
ё
n, Toxariston, Ustrushona, Choch va Farg’ona 
h’isoblangan. Ularning podshoh’lari jabg’u (knyaz), xudot, ixshid va ispah’bed deb 
atalardi. 
Arablar Wzbekiston h’ududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar.
Bosqinchi qwshinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydulloh’ ibn Zi
ё

boshchilik qilar edi. Wshanda ular Poykent va Buxoro shah’arlari h’amda ularning 
tevarak-atrofidagi tumanlarni talon-taroj qildilar va katta wlja (1 mln dirh’am pul, 
4000 asir va boshqalar) bilan qaytdilar. Bundan keyin h’am arablar Wzbekiston 
ustiga kwp marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar. 
705 yildan boshlab arablarning Wzbekiston ustiga istilochilik yurishlari 
kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Qutayba ibn Muslim (715 
yili h’ozirgi Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, h’ozirgi Shurunch mozor, 
aslida Qilich mozor temir ywl bekati 
ё
nida wldirilgan) boshchilik qildi. 
Arab qwshini 706 yili Omul (Chorjwy), Zamm (Karki), Buxoro h’amda 
Poykent shah’arlarini, 709 yili esa Buxoroning mustah’kam qalalaridan Shofurkom 
(Vardanza)ni, 710 yili esa Kesh va Nasafni zabt etdi. Buxoro, Swg’d, Vardanza va 
Farg’ona h’ukmdorlari turklar bilan qwshilib arab istilochilariga qarshi ittifoq 
tuzishga h’arakat qildilar, lekin wzaro kelishmovchiliklar va ishtiloflar ittifoqning 
mustah’kamlanishiga ywl bermadi. Qutayba bundan ustalik bilan foydalandi va 
ular bilan birma-bir kurashda g’alaba qozondi. 
712 yili Qutayba wzaro ichki kurashlardan foydalanib h’i
ё
natkorona tarzda 
Xorazmni h’am bwysundirdi. Samarqand podshoh’i G’urak (710-737-yy.) bilan 
tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarqand va Swg’di
ё
na xalqi arablarga h’ar yili 
2 million 200 ming dirh’am miqdorida wlpon twlash va arab qwshiniga 100 ming 


38
kishi twplab berishga majbur etildi. 713-715 yillari Qutayba Choch (Toshkent) 
h’amda Farg’ona viloyatlarini, shuningdek Ettisuv va Koshg’argacha bwlgan 
erlarni bosib oldi. 
Arab istilosi Wzbekistonning ijtimoiy-si
ё
siy va madaniy taraqqi
ё
tiga katta 
zarar etkazdi, kwplab katta va boy shah’arlarning kuli kwkka sovurildi, ming-
minglab kishilarning “
ё
stig’i quridi”, Marv, Buxoro, Samarqand va Xorazm 
kutubxonalarida saqlana
ё
tgan juda kwp no
ё
b asarlar ywq qilindi. 
Arab istilochilari mah’alliy xalqlarni h’am majburan islom diniga kiritdilar, 
meh’natkashlar zimmasiga og’ir soliqlar va jarimalar – xiroj, jizya, zakot 
yuklatildi, ah’olining yarim mulki arab qwshini foydasiga musodara qilindi. 
Wzbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor 
qwzg’olon kwtardilar. VIII asrning wrtalarida bwlgan 
İ
sh’oq turk qwxg’oloni, 769-
776- yillari butun Movarounnah’rni larzaga solgan Muqanna (783 yili wldirilgan) 
boshchiligida bwlib wtgan qwzg’olon, 806 yili Rafi ibn Lays boshchiligida 
Swg’dda bwlib wtgan deh’qonlar qwzg’oloni shular jumlasidandir. 
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy 
taraqqi
ё
tidagi katta tafovut, ularning etnik jih’atdan bir xil emasligi, ular 
wrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, er-suv va 
boylikning tobora mah’alliy boshliqlar qwlida twplana borishi va nih’oyat, 
mah’alliy ah’oli va bosqinchilar wrtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi 
xalq h’arakatlari va wzaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu h’ol, wz navbatida, 
arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning 
zaminida mustaqil mah’alliy davlatlar paydo bwldi. Masalan, Misrda Tuluniylar 
(868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Toh’iriylar (821 y.), Seistonda 
Safforiylar (867 y.) va nih’oyat, Movarounnah’rda Somoniylar (819 y.) h’okimiyat 
tepasiga keldilar. Boshqa wlkalarda h’am shunday ah’vol yuz berdi. Qisqasi, 935 
yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda wz si
ё
siy mavqelarini tamoman ywqotdilar 
va nomigagina xalifa bwlib qoldilar.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə