Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


Kaledon (quyi paleozoy) bosqichida Baltiya va Lavrentiy qit’alari  birlashib Lavrussiyani hosil qilgan.  Kembriyda



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

Kaledon
(quyi paleozoy) bosqichida Baltiya va Lavrentiy qit’alari 
birlashib Lavrussiyani hosil qilgan. 
Kembriyda
G`arbiy yarimshar va Arktika maydonini qadimgi Tinch 
okeani ishg`ol qilgan. Sharqiy yarimsharda esa qit`alar va ular orasidagi kichik 
havzalar joylashgan. Neoproterozoyda boshlangan geodinamik jarayonlar 
kembriyga 
ham 
o’tgan 
(Gondvananing 
shakllanishi, 
Lavraziyadagi 
parchalanish jarayonlari). Budavrda G`arbiy va Sharqiy Gondvana birlashib, 
yagona megaqit’aga aylangan. Bunga ulkan Xitoy va bir qator kichik, mayda 
qit’alar kiradi. Megaqitaning g`arbiy qismi sust chekkalar, shimoliy va 
sharqiy qismlar faol chekkalar sirasiga kiradi. 
Ordovik
davrida qit’alar ancha masofaga surilgan: Sibir va Baltiya 
shimolga qarab, Lavrentiya—janubga, Gondvana esa sharqqa intilgan. Ushbu 
harakatlar natijasida Tetis va Qadimgi Osiyo okeanlari kengayib borgan. 
Gondvananing 
g`arbiy 
qismidan 
bir 
qator 
mayda 
qit’alar 
ajralishi davom etgan. Sharqiy qismida esa faollik davom etib, vulkanik 
jarayonlar sodir bo’lgan. 
Silur 
davri yuqorida ko’rsatilgan okeanik havzalarning bekilishi bilan 
yakunlanadi. Kaledon bosqichi bilan bog`liq bo’lgan jarayonlar so’nib, asta-
sekin to’xtaydi. Gondvana, Tetis, Sibir, Lavrentiy kabi qit’alar burmalangan 
o’lkalar hisobiga o’z maydonini oshiradi va yangidan hosil bo’lgan Ural va 
Turkiston okeanlari kengaygan. Yapetus okeani ham o’z faoliyatini to’xtatib, 
Lavrussiya qit’asiga aylangan. 
Gersin
(yuqori paleozoy) geodinamik bosqichi natijasida Pangeya II 
megaqit’asi vujudga keldi.


38 
Devon 
davrida Lavraziyani tashkil qilgan mayda qit’alar o’zaro 
yaqinlasha 
borib, 
bir 
qator 
burmalangan 
tizmalar 
hosil 
qilgan 
va Paleotetis kengayib juda katta maydonlarni ishg`ol qilgan. Bu davrdagi 
asosiy geologik voqealar Baltiya va Lavrentiy qit’alarining to’qnashuvi bilan 
bog`liq bo’lib, ulkan burmalangan mintaqa paydo bo’lgan. Qadimgi Osiyo 
okeani bilan uning orollar yoylarini to’qnashuvi Qozog`iston qitasini tashkil 
qiladi. Ayni shu davrda Ural va Turkiston okeanik havzalari kengaydi. 
Ordovik, silur va devon davrida Gondvana qit’asi o’z o’qi atrofida aylanib 
janub tomonga intildi. Bu harakatlar Qozog`iston hududida yaqqol ko’rinadi. 
Lavraziya qit’alarining g`arb tomon surilishi Osiyo okeanini kengaytirib 
yuborgan. O’z navbatida, bu qadimgi havzaning keyinchalik torayishi esa 
Ural, Turkiston va Janubiy Mo’g`uliston okeanlarining kengayishiga olib 
kelgan. 
Karbon 
davrida Pangeya qitasining shakli ancha oydinlashib, hozirgi 
ko’rinishiga yaqinlashib qolgan. Gondvana janubga surilgan, buning natijasida 
qutb atrofidagi hududlarda muzlanish jarayonlari paydo bo’lgan. Eng asosiy 
geologik voqealardan biri, bu davrda yuqorida ko’rsatilgan Ural, Turkiston va 
Janubiy Mo’g`uliston okeanlari toraygan. Perm davriga kelib, umuman, bu 
havzalar bekiladi. Karbon davrining oxirida Lavraziya qit’asi yaxlit, g`arbiy 
qismi Gondvana bilan tutashadi. Paleotetisdagi subduksiya jarayonlarining 
davom etishi, Xitoy va Qozog`iston o’rtasida Paleotetis II

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə