Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


havzasini yaratadi.  Perm



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

 
havzasini yaratadi. 
Perm
davri. Silur va devonda boshlangan Lavraziya qit’alarining bir-biri 
bilan qo’shilishi va jipslashuvi permga kelib yakunlanadi va yaxlit Pangeya II 
megaqit’asini hosil qiladi. Ana shu qit’ani o’z vaqtida A.Vegener taxmin 
qilgan va shaklini belgilab bergan. Bu qit’a janubda Gondvana, shimolda 
Lavraziya qitalaridan iborat bo’lgan, ammo Lavraziyaning janubi-g`arbi bilan 
Xitoy o’rtasida Paleotetis II
 
havzasi saqlanib qolgan (Sonpan-G'ansi havzasi). 
Ushbu havza triasda berkilgan. 
Shunday qilib, paleozoyda ikki yarimshar mavjudligi shakllangan. 
Ularning birinchisini Tinch okeani ishg`ol
qilgan, uning janubida esa 


39 
nihoyatda keng Pangeya II shakllangan. Qitalardan iborat bo’lgan yarimsharda 
destruksiya, spreding, kolliziya jarayonlari ustun bo’lib, bu hududni tarixi 
Yapetus, Tetis, Osiyo okeanlari tarixidan iboratdir. 
Paleozoyning oxirida, qitalarning bir-biri bilan jipslashuvi natijasida 
Pangeya II megaqit’a hosil bo’lgan. Uning g`arbiy qismidagi Gondvana va 
G`arbiy Lavraziyani kaledon va gertsin davrida burmalangan mintaqalar 
yordamida bir-biri bilan jipslashtirgan. Bu jarayonlar natijasida Shimoliy 
Amerika va Sharqiy Yevropadagi qit’alar birlashib, Lavrussiyani hosil qilgan. 
Shu davr ichida Paleotetisning yopilishi Alp-Himolay burmalarini paydo 
bo’lishiga sabab bo’lgan.
Sharqdagi Osiyo qit’asining ichki tuzilishini bir qator shularga o’xshash 
qit’alararo burmalangan o’lkalar murakkablashtiradi (Alp-Himolay, Ural-
Tyanshan-Oxota mintaqalari). Bularning birinchisi ikki yirik qit’ani 
(Gondvana va Lavraziyani) birlashtiradi, ikkinchisi juda katta maydonni 
egallaydi va Sharqiy Sibir, Sharqiy Yevropa platformalarini tutashtiradi.
Qadimgi Yapetus okeani hozirgi 
Shimoliy Atlantika okeanining g`arbiy 
va sharqiy qirg`oqlarini egallagan. Sharqiy qismida ularni Grampian 
burmalangan mintaqa deyiladi (Britaniya orollari va Skandinaviya). G`arbda 
esa ular Appalachi, Grenlandiya, Nyufaundlend, Uachito hududlarida 
uchraydi.
Rus va Shimoliy Amerika platformalarining bir-biriga yaqinlashuvi va 
to’qnashuvi Yapetus okeanini, umuman, bekilishiga olib keladi va bu okean 
o’rnida yangi Yer qobig`i va ikki tomonlama tuzilgan orogen hosil bo’ladi. 
Vendning oxiriga kelib geodinamik vaziyat o’zgaradi, ya’ni kengayish 
jarayonlari o’rnida hudud siqilishi, havzaning torayishi kuzatiladi va shu yo’l 
bilan okean bekiladi. Keyinchalik, kembriyda yangi hosil bo’lgan burmalangan 
o’lka riftogenez natijasida yana kengaygan, spreding jarayonlariga duchor 
bo’lib, devon davrigacha faoliyat ko’rsatgan Paleoyapetus havzasini yaratadi. 
Quyi va o’rta kembriyda bu okean sust qirg`oqlar bilan o’ralgan va hozirgi 
Atlantika okeanini eslatadi. Uning kengligi bir necha ming km ga teng 


40 
bo’lgan. Yuqori kembriy va quyi ordovikda okean chetlarida orollar yoylari 
paydo bo’la boshlagan. Ordovikning o’rtasida G`arbiy Gondvananing bir 
qismi, asosiy qit’adan uzilib, Avaloniy nomi bilan ma’lum bo’lgan kichik 
qit’a yaratadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə