Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


 Yer tarixining mezokaynazoy bosqichi



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

2.3 Yer tarixining mezokaynazoy bosqichi 
 
Yer tarixida mezozoy va kaynozoy bosqichida sodir bo’lgan asosiy voqealar 
Pangeya II ning parchalanishi va yosh Atlantika, Hind, Shimoliy Muz 
okeanlarining ochilishidan iborat. Tinch okeani hududida esa bu davrda okean 
qobig`i muntazam ravishda yangilanib borgan, ya’ni okean markaziy tizmalarida 
hosil bo’lib borayotgan Yer qobig`i sharq va g`arbdagi subduksiya zonalari orqali 
qit’alarning tagiga surilib keta boshlagan. 
Mezozoyning boshiga kelib, Pangeya II qit’asi shakllanib bo’ldi. Uning 
tarkibini baykal, kaledon, gersin davrida burmalangan o’lkalar tashkil qilgan. 
Ma’lumki, litosfera plitalari tektonikasi Yer radiusining doimiyligidan kelib 


45 
chiqadi Pangeya II qit’asidagi bir necha ulkan okeanlarning ochilishi, Yer 
qobig`ining bu ulkan hududlarda kengayishi, boshqa hududlarda qadimgi Yapetus, 
Tetis okeanlari maydoni qisqarishi bilan belgilanadi. Shunday ekan, Yerning 
radiusi o’zgarmaydi. 
Yer tarixini mezozoy va kaynozoy bosqichlari geologik voqealarini 
V.E.Xain davrlashtirgan. U Yer evolyutsiyasining quyidagi bosqichlarini ajratib 
ko’rsatadi: 
 
1. O’rta trias-o’rta yura. Pangeya II ning parchalanishidan oldingi 
davr. 
Triasga kelib paleozoydagi murakkab qit’a hosil qilish jarayonlari o’z 
nihoyasiga yetdi va Pangeya II superqit’asining shakllanishi bilan yakunlandi. Bu 
qitaning nomi Lavraziya deb ataladi. Unga Kimmeriya (Kavkazorti, Eron, Miziy), 
Pomir, Janggang kichik qit’alar kelib qo’shilgan. Paleotetis okeanining Lavraziya 
tagiga surilishi, ayni shu davrda, janubda Mezo-, Neotetisning ochilishi bilan 
yakunlanadi. Keyinchalik Pangeya II ning parchalanishi bilan bog`liq bo’lgan 
geologik hodisalar ham triasda boshlangan. Paydo bo’lgan bir qator rift tizimlari 
bo’lg`usi yosh okeanlarning chegarasini va shaklini shu davrdayoq belgilab 
qo’ygan. Masalan, Sharqiy va G`arbiy Gondvana o’rtasidagi rift tizimi Atlantika 
okeanining boshlang`ich bosqichiga to’g`ri keladi va triasda juda katta qalinlikdagi 
cho’kindilar bilan to’la boshlagan. Tinch okeani hududida hosil bo’lgan yangi 
okean litosferasi Pangeya II qit’alari tagiga faol qirg`oqlar orqali surilgan. Yura 
davrida riftogenez jarayonlari Markaziy Atlantika okeanining to’la ochilishiga 
olib kelgan. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə