Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


-rasm. Yevropa gersin burmalangan hududlarida Avalon kichik



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

6-rasm. Yevropa gersin burmalangan hududlarida Avalon kichik 
qit’alarining qayta tiklanishi (N.Hobman, D.Franke). . 1 — kadom 
davridagi poydevor qoldiklari; 2 — Avalon plitasi; 3 — nadviglar, 
surilmalar; 4 — paleomagnit kenglik aniqlangan joylar, gradusda 
berilgan; 5 — muzlik yotqiziqlari; 6 — Yapetus okeanining qoldig`i 
(suturasi); 7 — Tronkvist yorig`i. 
Uning Lavrentiy qit’asi tomon harakatlari Yapetus okean maydonini 
qisqartiradi. Ordovikning oxirida ushbu okean litosferasi Shimoliy Amerika 
tagiga surila boshlaydi. Natijada bu okean avval qisqarib, keyin, umuman, 
burmalangan o’lka paydo bo’ladi. Baltiya, Lavrentiya qit’alarining jipslashishi 
natijasida hosil bo’lgan Lavrussiya mezozoygacha mavjud bo’lgan. 


41 
7-rasm. 
Yapetus 
okeanining 
geodinamik 
qayta 
tiklanishi. 
(T.C.Phazaon, T.N.Tozsvik). A—quyi ordovik (480—490 mln.y), B — 
o’rta ordovik (llanvirn-llandeylo, 464 mln.y), V—o’rta ordovikning oxiri 
(koradok, 450 mln. y), o’rta devon (374 mln. y). Belgilar: 1 — kit’alar, 2 
— terreynlar; 3 — o’rta okean tizmalari; 4 — subduksiya zonalari; 5 — 
yorikdar; 6 — o’rta ordovikning oxirida Sibir harakati 
Paleotetis okeani. 
Qit`alardan iborat bo`lgan Shimoliy yarimsharda Alp-
Himolay burmalangan o’lka alohida o’rin egallaydi. U shimolda Lavraziya va 
janubda Gondvana platformalarini birlashtiradigan yirik tuzilma hisoblanadi. 
G`arbda bu o’lka Lavrentiya va Baltiyani G`arbiy Gondvanadan (J.Amerika, 
Afrika), sharqda Tarim, Xitoy, Koreys platformalarini Hindistondan ajratib 
turgan. O’rta Osiyoda Tetisning burmalangan hududlari Osiyo okeanining 
tuzilmalari bilan bevosita tutashib turadi. 
Alp-Himolay burmalangan o’lkaning rivojlanish davri ancha uzoq vaqtni 
o’z ichiga olgan (yuqori proterozoydan to mezozoygacha). Uning tuzilishida 
har xil davrda hosil bo’lgan, ammo tegishli okeanlar o’rnida joylashgan, 
burmalangan 
mintaqalar 
katta 
ahamiyatga 
ega. 
Rifey-paleozoy 
(Protopaleotetis), mezozoy (Mezotetis) va Neotetis havzalari o’z o’rnida shu 
yoshga mansub bo’lgan burmalangan o’lka va mintaqalar hosil qilgan.
Paleotetisning ichki tuzilishi ko’p jihatlari bilan qadimgi Osiyo okeanini 
eslatadi. Birinchidan, shuni aytish kerakki, Paleotetis havzasining ichida ham 
juda ko’p katta-kichik qit’alar (terreynlar) uchraydi. Tadqiqotchilarning 


42 
fikricha, ushbu mayda qit’a va terreynlar Gondvananing bo’laklariga to’g`ri 
keladi.
Proterozoyning oxirlarida ochilgan Paleotetis okeanining kengligi bir 
necha ming km ga teng bo’lgan. Bir necha marta siqilish jarayonlari natijasini 
hisobga olmagan holda, bu okeanning kengligi 2,5 ming km ga teng. 
Ordovikdan boshlab nisbatan yangi Paleotetis havzalari vujudga kela 
boshlaydi.
Alp-Himolay mintaqasining kelib chiqishi haqida ikki xil fikr mavjud. 
Birinchi tasavvurlarga qaraganda, bu o’lka qadimgi ulkan okeanning o’rnida, 
uning torayishi, siqilishi va burmalanishi natijasida paydo bo’lgan. Ikkinchi 
fikrga ko’ra, Rodiniy qit’asining rifeyda parchalanishi natijasida vujudga 
kelgan. Ikkala nuqtai nazar ham tegishli dalillar bilan quvvatlangan. 
Karbon davrigacha Paleotetis o’z yaxlitligini saqlab qolgan. Uni 
Gondvanadan to Lavraziya qit’alarigacha bevosita kuzatish mumkin bo’lgan. 
Bu bosqichda Paleotetis Osiyo okeani bilan ham tutashgan. Ammo karbon 
davridan boshlab, G`arbiy Gondvana va Lavrussiya birlashuvi natijasida, 
Paleotetis okeani yo’qola boshlagan. Bu jarayonning dastlabki bosqichlarida 
kichik dengizlar saqlanib qolgan bo’lsa, yuqori karbonga kelib ular ham 
bekilgan. Natijada gertsin davridagi burmalangan hududlar Paleotetis okeani 
o’rnini egallaganlar.
Paleotetis bekilgandan so’ng, Gondvana va Yevrosiyo o’rtasida 
Mezotetis havzasi vujudga keladi. Xuddi paleozoyda bo’lganidek, uning 
okeanik litosferasi shimolga Lavraziya tagiga suriladi va Gondvanadan bir 
qator kichik bo’laklar (kichik qit’alar) ajralib chiqadi. Qoraqurum, Janubi-
g`arbiy Pomir, Rilmond shular jumlasidandir. Bu mayda va kichik qit’alarning 
shimolga surilishi, Gondvana ichkarisida, Neotetisni ochilishiga olib keladi.
Shunday qilib, Paleotetisning rivojlanishida bir qator geodinamik 
bosqichlar ajratilishi mumkin. Bu bosqichlar riftogenez, Gondvanadan kichik 
qit’alar va terreynlarni ajralishi, keyinchalik ularni shimolga qarab surilishi va, 
pirovardida, Yevrosiyo qit`asi bilan to’qnashuvi jarayonlarini o’z ichiga oladi. 


43 
Uzoq davom etgan bu jarayonlar Paleo-, Mezo-, Neotetis kabi okean 
havzalarining ochilishi, so’ng yo’qolib ketishi, berkilishi bilan belgilanadi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə