Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


-rasm. Quyi permda Paleotetisning bekilish izchilligining qayta



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

8-rasm. Quyi permda Paleotetisning bekilish izchilligining qayta 
tiklanishi va Mezotetisning ochilishi. (A — perm, B — trias) (J.Bessu va 
boshqalar). Kichik qit’alar (rasm ichidagi raqamlar): 1—Hindi-Xitoy, 2 
— Shimoliy Tibet (Jantang), 3 — Eron, 4—Janubi-sharqiy Osiyo; 1—
platforma kompleksi; 2—o’rta okean kompleksi; 3 — akkretsiya 
kompleksi; 4 — o’rta tizma; 5 — subduksiya zonasi, 6 — sdviglar 
Qadimgi Osiyo okeani. 
Rifey va paleozoy davrida O’rta Osiyo, 
Qozog`iston, Oltoy, G`arbiy va Markaziy Mo’g`uliston, Uralda hosil bo’lgan 
burmalangan o’lkalar Qadimgi Osiyo okeani o’rnida tashkil topgan va bu 
okean to’g`risida batafsil ma’lumotlar beradi. Qadimgi Osiyo okeani 
sayyoramizdagi eng ulkan va eng murakkab tuzilmalar qatorida turadi. Uning 
ichki tuzilishida har xil yoshdagi mayda okeanik havzalar, qit`a bo’laklari, 
terreynlar, kichik qit’alar, tog` burmalangan mintaqalar, magmatik jinslar 
mavjud. Bularning har birini o’ziga xos xususiyatlari bor. Shuning uchun 


44 
bo’lsa kerak, bu qadimgi okeanni qayta tiklash masalalari doimo bahslarga 
sabab bo’lib, xilma-xil yechimlarga ega. Ammo hozirgacha barcha 
mutaxassislarni qondiradigan, yagona yechim topilgan emas. 
Ushbu qadimgi okeanning chegaralari ham ancha mavhum, ammo asosiy 
g`oya shundan iboratki, uning o’rnida yirik Ural-Tyanshan-Oxota burmalangan 
mintaqalar majmuasi paydo bo’lgan. 
Shimol va shimoli-sharqda bu okean Sibir, janubda Xitoy, Sharqiy 
Yevropa 
platformalari 
bilan 
chegaradosh. 
Janubdagi 
Tyanshanning 
markazida u bevosita Paleotetis bilan tutashadi (Zarafshon daryosi vodiysi 
bo’ylab). Ushbu okean tarkibida, bir qator kichik qit`alar mavjud. Ular 
Gondvana, Sibir, Xitoy platformalarining arxey-proterozoy davriga mansub 
bo’lgan poydevoridan ajralib chiqqan. 
Bu mayda qit’alar bir qator guruhlarga ajratiladi. Eng shimoliy guruhga 
Lut, Gurgon, Protosayan kichik qit’alari kiradi. Gondvanadan ajratilganlar 
sirasiga Tarim, Xitoy-Koreys massivi, O’rtalik va Shimoliy Tyanshandagi 
terreynlar, Tuva, Mointi, Amur kabi bo’laklar kiradi. Har bir bunday kichik 
qita o`zining faol va sust chekkalariga ega va ular bilan bir qator subduksion 
jarayonlar, orollar yoylari, vulqon mintaqalari bog`liq. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə