Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


Oligotsen-to’rtlamchi davr. Qit’alarning ko’tarilishi, Alp tog`



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

4. Oligotsen-to’rtlamchi davr. Qit’alarning ko’tarilishi, Alp tog` 
tuzilmalarining paydo bo’lishi, okeanlarning chuqurlashuvi. 
Oligotsen-to’rtlamchi davr Yer shari rivojlanishining oxirgi bosqichi 
hisoblanadi. Bu davrni adabiyotlarda yangi neotektonik bosqich deb atashadi. 
Oligotsendagi asosiy voqealar Afrika-Arabiston va Hindiston qit’alarining 
Yevrosiyo bilan to’qnashuvida ifodalanadi. Ma’lumki, bu jarayonlar natijasida 
Alp-Himolay tizimi paydo bo’lgan. To’rtlamchi davr va neogenda esa bu 
harakatlar davom etib, Markaziy Osiyo tog` o’lkasini, Hindikush, Pomir, 
Tyanshan, Kunlun, Oltoy, Sayan, Baykal atrofidagi tog`larning ko’tarilishiga va 
rivojlanishiga sabab bo’lgan. 
Bu davrdagi ulkan geologik voqealardan yana biri Tetisning uzil-kesil 
bekilishidir.


48 
Yosh okeanlar qatoriga Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlari kiradi. 
Ular Pangeya II ulkan qitasining parchalanishi natijasida hosil bulgan. Ularning 
paydo bo’lishidan avval o’rta trias-o’rta yura davrida Pangeya II hududida 
shiddatli riftogenez jarayonlari bo’lib o’tgan. Ular bir qator subokeanik havzalarni 
tashkil qilganlar. 
Yuqori bo’r davridan eotsengacha, okeanning ochilishi bilan bir vaqtda 
Madagaskar va Seyshell orollari Hindistondan ajralgan. Eotsenning oxirida esa 
Hind okeani markazidagi rift bilan murakkablashgan tizmalar vujudga keladi va 
ular mazkur okeanni Afrika va Avstraliyadan ajratib turadi. Hind okeanining 
ochilishi Tetisni shu davrda bekilishi bilan bir vaqtda sodir bo’ladi. Keyinchalik 
Hind qit’asining shimolga qarab intilishi Himolaydagi kolliziya va Zond orollari 
bo’yicha subduksiyaga sabab bo’ladi. 
Eotsenning oxiridan boshlab Hind okeanining rivojlanishi yakuniy bosqichga 
kirdi. Uning atrofida tog` tizmalari vujudga keldi Tog`larning nurashi natijasida 
Gang, Braxmaputra, Hind daryolari konuslari shakllandi. 
Atlantika okeani batafsil o’rganilgan okeanlar sirasiga kiradi. Ko’p sonli 
chuqur suv burg`ulash ishlari, xilma-xil magnitometrik tadqiqotlar, okean tubidagi 
jinslarni o’rganish uning evolyutsion bosqichlarini aniqlashda katta yordam berdi. 
Bulardan tashqari, Atlantika okeanini qayta tiklashda atrofdagi qit’alarni o’rganish 
ham katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur okeanning shakllanishi mezozoyda 
Markaziy, Shimoliy Atlantikadan boshlanib, kaynozoyda yagona tuzilma sifatida 
vujudga kelgan. Okean bosqichlarining ketma-ketligi, spreding (kengayish) tezligi 
va sur’ati, magnit anoma liyalari yoshini aniqlash bilan isbotlangan. 
Okeanning ochilish izchilligi quyidagi bosqichlardan iborat: Dastavval 
spreding jarayonlari Markaziy Atlantikada (Karib dengizi havzasi, Meksika 
ko’rfazi) triasda sodir bo’lgan va Afrika, Amerika qit’alaridan uzoqlashishi bilan 
belgilangan. Shimoliy Atlantika yura davrida ochila boshlagan. Bu ikki havza 
avval mustaqil ravishda rivojlangan. Janubiy Atlantika bo’r davrida ochilgan. Bu
havza ham yarim o’ralgan holda rivojlangan. Ammo bo’r davrining oxiriga kelib 
bu havzalar birlashib, yagona okeanni yaratganlar va ularning markazidan suvosti 


49 
tizmalari hosil bo’lgan. Ushbu okean misolida cho’kindi to’planish qonuniyatlari 
batafsil o’rganilgan. Mazkur okeanning meridional yo’nalganligi bir necha iqlim 
mintaqalarini kesib o’tadi va bu holat iqlimning cho’kindilar to’planishiga ta’sirini 
o’rganishga imkon beradi. 
Yuqori yura davrida okean boshka yirik havzalar bilan qo’shilib, oddiy 
dengiz vaziyatida rivojlangan. Bo’r davrining boshida Atlantika okeanining Tetis 
havzalari bilan aloqalari bo’lgan, bu davrning oxirida esa Janubiy Atlantika 
ochilgan. Eotsenga kelib Shimoliy Muz okeani Atlantika bilan qo’shila boshlagan. 
Bu jarayonlar okean oqimlarining sur’atini, yo’nalishini va kuchini oshirib 
yuborgan. Nihoyat, miotsen davriga kelib mazkur okeanning O’rta dengiz va 
Tinch okeani bilan aloqalari uzilgan va u xozirgi paytdagi meridional shaklini 
olgan.
Shimoliy Muz okeani Yerdagi eng yosh va kichik okean bo’lib, u ikki havza 
— Arktika va Norvegiya-Grenlandiya havzalaridan iborat. Bu okean Yevrosiyo 
plitasi chekkasining parchalanishi natijasida hosil bo’lgan. Ushbu okean hamma 
tomondan qit’alar (Amerika, Grenlandiya, Yevrosiyo qit’alari) bilan o’ralgan.
Triasda ushbu okeanik havza Lavraziya platformasining tarkibida bo’lgan va 
uning maydonida riftogenez jarayonlari boshlangan. Ushbu jarayonlar bo’lg`usi 
okean maydonini va shaklini ham avvaldan belgilagan. Okeanning faol chekkasi 
Alozey-Oloy yoyi bilan ajralib turgan. Yura davrida geodinamik vaziyat deyarli 
o’zgarmadi. Faqat kengayish jarayonlari kuchayib, Sharqiy Yevropa va 
Grenlandiya o’rtasidagi rift tizimi vujudga keldi. Ammo riftogenez spreding 
darajasiga yetmagan. Shimoli-sharqda Lavraziyaga Oxota yoyi kelib qo’shiladi va 
keyinchalik Omolon kichik qit’asi bilan to’qnashadi. Xuddi shu davrda Kanada 
(Ameraziy) havzasi ochila boshlaydi. 


50 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə