Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

2. 
Yuqori 
yura 
va 
quyi 
bo’r 
davri. 
Pangeya 
II 
ning 
bo’linishi, okeanlar ochilishining ilk davri. 
Pangeya 
II 
ning 
parchalanishi 
natijasida 
Hindiston 
va 
Madagaskar orollari undan ajralib chiqadi va Hindiston bilan Afrika va Antarktida 
o’rtasida yirik okeanik havza hosil bo’ladi. Afrika bilan Janubiy Amerika 
o’rtasidagi spreding jarayonlari avj oladi va buning hosilasi sifatida Janubiy 
Atlantika okean havzasi qaraladi. 


46 
9-rasm. Quyi va o’rta triasdagi geodinamik qayta tiklanishlar 
(L.P.Zonenshayn, V.E.Xain bo’yicha). 
Gondvananing parchalanishi o’ziga xos magmatik formatsiyalar bilan 
belgilanadi (ishqoriy bazaltlar va trapplar). Bular mazkur davrda Janubiy 
Amerikada (Braziliya, Parana), G`arbiy Antarktidada, Hindistonda, Shimoli-
sharqiy Afrikada (Namibiya, Angola, Tanzaniya) va boshqa hududlarda keng 
tarqalgan. 
Tinch okeanning atrofida esa qit’aning faol chetlarida tizmalar rivojlangan 
va kengaygan (Sharqiy Osiyo va And-Kordilyera mintaqalari). 


47 
3. Yuqori bo’r-eotsen. Pangeya II ning uzil-kesil parchalanishi
okeanlarning paydo bo’lishi. Hozirgi qit’alarning shakllanishi. 
Pangeya 
II 
qit’asining 
parchalanishi 
nihoyasiga 
yetadi. 
Hosil 
bo’lgan bir qator okeanlar hozirgi vaqtdagi ko’rinishga yaqin holatni egallaydilar. 
Gondvananing kengayishi, Atlantika okeanining rivojlanishi davom etadi. Hind 
okeanining ochilib borishi natijasida mustaqil Hind plitasi shakllanadi. Ayni shu 
davrda mazkur jarayonlar bilan birga, Tetis havzalari qisqaradi va bo’rning oxiriga 
kelib, umuman, bekiladi. Tinch okean havzasidagi spreding bilan bog`liq bulgan 
tizmalar bekilib, Shimoliy Amerika qit’asi okean tomon suriladi va sust 
chekkalarning birinchi avlodini yaratadi. Natijada bu okean atrofi orollar yoylari, 
vulkanik kamarlar bilan o’raladi. 
Paleogendagi asosiy voqealar Shimoliy Atlantikaning ochilishi, uning 
markazida okean tizmasining paydo bo’lishi, Shimoliy Muz okeanining ro’yobga 
chiqishi bilan belgilanadi. Tetis hududida esa Hindiston, Yevrosiyo, Arabiston 
qit’alarining to’qnashuvi avj oladi va ular o’rnida Alp-Himolay burmalangan o’lka 
hosil bo’ladi. Shunday qilib, eotsenda yangi okeanlar, burmalangan o’lkalar 
hozirgi shakliga keldi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə