Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


Avstraliya, I — Xindiston), 4 — grenvil davridagi tizimlar. 5—



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

Avstraliya, I — Xindiston), 4 — grenvil davridagi tizimlar. 5— 
neoproterozoy rift tizimlari, 6 — subduksiya zonalari, 7 — okean 
havzalari (PO — Pampa, BO — Braziliya, AO—Adamaster), 8 —
fanerozoy orogenlari. 
Hosil bulgan riftlar vaqt o’tishi bilan okean havzalariga aylanadilar. 
Ulardan G`arbiy Gondvana va Lavraziya qit’asining o’rtasida Tinch okeani 
paydo bo’la boshladi. Tinch okeanining bunday yo’l bilan shakllanishi va 


35 
nisbatan yoshligi, uning qirg`oqlari bo’lgan Shimoliy Amerika va Sharqiy 
Gondvananing geologik tuzilishi bilan isbotlanadi. Qadimgi Mozambik 
havzasining berkilishi Tinch okeanining ochilishiga olib keladi. Prototetis 
(qadimgi, ilk Tetis) okeani Lavraziya va Gondvana qit’alari orasida 
joylashgan. 
Protoyapetus (qadimgi Yapetus) okeani Lavrentiy va Baltiya o’rtasidagi 
rift tizimlarining kengayishi natijasida hosil bo’lgan. Qadimgi Osiyo okeani 
Rodiniy qit’asining neoproterozoy rivojlanish davrida hosil bo’lgan. Bu 
okeanning paydo bo`lishi bir qator havzalarni yuzaga keltirgan. Ular 
keyinchalik bekilib, Ural-Oxota burmalanish mintaqasini yaratgan. 
5-rasm. Tinch va Yapetus okeanining qayta tiklanishi (500 mln yil) 
(I.W.D.Daziel bo’yicha): 1 — G`arbiy va 2 — Sharqiy Gondvana, 3— 4— 
trapp hududlari (3 — Sharqiy Antarktika va Avstraliya, 4 — Shimoliy 
Amerika). 
Shunday 
qilib, 
mezoproterozoyda 
(rifey) 
tashkil 
topgan Rodiniy qit’asi faqat 900 mln. yil yaxlit saqlanib turdi. Keyinchalik 
(900 mln. Yil atrofida) u parchalana boshladi va bu jarayonlar natijasida Tetis 
okeani 
vujudga 
keldi. 
Tetis 
okeani 
yaxlit 
Rodiniy megaqit’asini Lavraziya va Gondvana qit’alariga bo’lib yubordi. 


36 
Ularning shimolda joylashganligi bu qit’alarda qadimgi muzlik yotqiziqlari 
bilan isbotlanadi (750 mln. yil avval Janubiy va Markaziy Afrika, Avstraliya, 
Antarktida). Keyinchalik (650 mln. yil vend) parchalanish jarayonlar G`arbiy 
Gondvanani bir necha qit’alarga ajratdi, bir qator okeanlar, shu jumladan, 
Mozambik okeanini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu davr ichida Tetisdan 
tashqari Yapetus va qadimgi Osiyo okeani ham shakllandi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə