Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


-rasm. 2.4—2.6 mlrd yil avval hosil bo’lgan Monogeya qit’asi



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

 
1-rasm. 2.4—2.6 mlrd yil avval hosil bo’lgan Monogeya qit’asi 
(O.G.Soroxtin, S.A.Ushakov bo’yicha). 1-tillitlar hosil bo’lgan nuqtalar 2-
muzliklar yo’q bo’lgan hududlar. Eng йadimgi platformalar: Av—
Avstraliya; An—Antarktida; Af—Afrika; G`af—G`arbiy Afrika, H—
Hindiston; K—Xitoy, ShA.—Shimoliy Amerika, JA— Janubiy Amerika. 


31 
Paleoproterozoy davri Yer tarixida mustaqil ahamiyatga ega. Bu bosqich 
davrida to’laqonli qit’a yer qobig`i shakllanib, u deyarli barcha platformalar va 
kichik qit`alar poydevorini tashkil qiladi. Bu davrning boshlanishida ilk bor 
arxey qobig`ining parchalanishi kuzatiladi. Parchalanish jarayonlari, birinchi 
navbatda, platformalardagi arxey poydevorining yorilishi keng tarqalgan 
daykalar orqali amalga oshgani isbotlangan.
Faqat shu bosqichda Yer tarixida birinchi marta to’laqonli burmalangan 
o’lkalar 
va 
platformalar 
shakllanadi. 
Paleoproterozoy 
platformalari 
xususiyatlarini alohida belgilash maqsadida ular protoplatforma, ya’ni, ilk bor 
hosil bo’lgan qadimgi platformalar deyiladi. 
Protoplatforma - 
qadimgi, 
asosan, tokembriy uchun xos bo’lgan platformalar. 
V.E.Xainning 
fikricha, 
1,7 
mlrd 
yil 
bo’sag`asida 
barcha 
protogeosinklinallar o’z faoliyatini tamomlab bo’lgan, barcha katta-kichik 
kratonlar jipslashib, yagona superqit’ani hosil qilgan. A.Vegener Pangeya II 
qit’asidan farqli o’laroq uni Pangeya I desak maqsadga muvofiq bo’ladi, 
degan. Avvallari bu proterozoyda hosil bo’lgan qit’ani G.Shtille „Megageya“ 
qit’asi deb atagan (2-rasm). Bu qit’ani tiklash bir qator qiyinchiliklarga duchor 
bo’ladi, ammo shunga qaramay, tiklashning bir qator variantlari mavjud. 
Yer tarixida Rodiniy superqit’asini qayta tiklab tahlil
 
qilish mezoproterozoy 
bosqichini 
alohida 
davr 
sifatida 
ajratilishiga 
olib 
keldi. 
Rodiniy 
superqit’asining paydo bo’lishi Pangeya I ning parchalanishidan boshlanadi. 
Bunga sabab mazkur qitadagi burmalangan o’lkalardagi yotqiziqlar orasida 
qadimgi (rifey) ofiolit komplekslarining mavjudligidir. Bu yoshdagi ofiolitlar 
Shimoliy Amerika, Yenisey kryaji, Shimoliy Afrika, Boltiq qalqonining 
g`arbiy qismi, Janubiy Amerikada o’rganilgan. Ularning shakllanishi ikki 
bosqichda: quyi va o’rta rifeyda (got burmalanish davri 1.35 mlrd.yil) va 
yuqori rifeyda (1.0. mlrd.yil, grenvil burmalanish davri) sodir bo’lgan. 
Ayniqsa, grenvil davridagi burmalanish jarayonlari yaxshi o’rganilgan. Ushbu 
jarayonlar natijasida Rodiniy qit’asi hosil bo’lgan. 


32 
Mezoproterozoy 
davrida 
Yer 
sharidagi 
ikki 
guruh 
platformalar 
(Lavraziya—shimolda, Gondvana-janubda) bir-biridan ancha farq qilgan. Bu 
farqlar, ayniqsa, shu davrdagi okeanlar misolida yaqqol ko’rinadi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə