Milliy tadqiqot universiteti


RENTABELLIKKA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI



Yüklə 291,4 Kb.
səhifə2/10
tarix30.12.2023
ölçüsü291,4 Kb.
#165965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi rentabellik

RENTABELLIKKA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI
Korxona faoliyati va mahsulotlari raqobatdoshligini ta’minlashning eng muhim tayanchi bu uning rentabellik darajasidir. Rentabellik – nemis tilidagi “rentable” – daromadlik, foydalilik degan ma’noni anglatadi.
Uning iqtisodiy mazmunini moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi ifoda etadi. Rentabellikning bir nechta guruhi aktivlar, ishlab chiqarish, sotuv va kapital rentabelligi guruhi tarkiblanadi. Har bitta guruhga bir necha ko’rsatkichlar tizimi kiritiladi. Lekin baholashda, omilli tahlil etishda ularning har bittasi alohida hisob-kitob etiladi va baholanadi.
Rentabellikning asosiy ko’rsatkichlari:
Aktivlar rentabelligi (ROA Return On Assets) = sof foyda / Aktivlarning o’rtacha yillik qiymati;
Sotuv rentabelligi = Mahsulot (ish va xizmat) lar sotishning yalpi foydasi / sotishdan sof tushum;
Operatsion faoliyat rentabelligi (ROS Return On Sales) = Operatsion foyda / sotishdan sof tushum;
Xususiy kapital rentabelligi (ROE Return On Equity) = sof foyda / Xususiy kapital.
Qo’shimcha ko’rsatkichlar:
Asosiy vositalar rentabelligi = Sof foyda / Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati;
Xodimlar rentabelligi (ROL) = Sof foyda / Xodimlarga xarajatlar (mehnat haqi fondi va xodimlarga boshqa xarajatlar);
Aktivlarning bazoviy foydalilik koeffitsienti (Basic earning power) – Soliq to’loviga qadar foyda / Aktivlarning yillik o’rtacha qiymati (BEP = EBITDA / Aktivlar o’rtacha yillik qiymati;
Investitsiyalangan kapital rentabelligi (ROIC) – Operatsion foyda / O’z mablag’lari manbasi va uzoq muddatli qarz kapitali (ROIC = EBIT x (100% - Foyda solig’I stavkasi) / investitsiyalangan kapital.
Ayrim hollarda qarz kapitali to’liq olinadi. ROIC = (EBIT x (100% - Foyda solig’I stavkasi) – Qarz kapitali bo’yicha foizlar summasi) / (Xususiy kapital + Qarz kapitali);
Jalb qilingan kapital rentabelligi = Sof foyda / (O’z mablag’lari manbasi + uzoq muddatli qarz mablag’lari) (ROCE);
Jami aktivlar rentabelligi (ROTA) = Soliq to’loviga qadar foyda / Jami aktivlar;
Biznes aktivlari rentabelligi (ROBA) = Sof foyda / Biznes aktivlari;
Sof aktivlar rentabelligi (RONA) = Soliq to’loviga qadar foyda / Sof aktivlar;
Ishlab chiqarish rentabelligi = Sof foyda / (Asosiy vositalar + Aylanma aktivlar);
Marja rentabelligi (Profitability of the margin) – Sotilgan mahsulot bahosi – Sotilgan mahsulot tannarxi / Sotilgan mahsulot tannarxi;
Va boshqa ko’rsatkichlar.
Rentabellikda samaradorlik ko’rsatkichlarining: yalpi tushum, xarajat, aktiv, kapitalnig har bir so’miga to’g’ri keladigan natijaviylik ko’rsatkichlari: yalpi foyda, operatsion foyda, soliq to’loviga qadar foyda, sof foyda ko’rsatkichlarini aniqlanadi.


Yüklə 291,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə