Milliy tadqiqot universiteti


Ishlab chiqarish rentabelligi tahlili



Yüklə 291,4 Kb.
səhifə9/10
tarix30.12.2023
ölçüsü291,4 Kb.
#165965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi rentabellik

Ishlab chiqarish rentabelligi tahlili (3-jadval)



Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

O‘tgan yil uchun

Hisobot yili uchun

Og‘ish (+,-)

1

Sof foyda

mln so‘m

32,1

112,6

+80,5

2

mahsulot sotishdan sof tushum

mln so‘m

4547,8

6548,9

+2001,1

3

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati

mln so‘m

4200

4700

+500

4

Material aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i

mln so‘m

3150

4100,6

+950,6

5

Ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati (satr 3 +satr4)

mln so‘m

7350

8800,6

+1450,6

6

Mahsulot fond sig‘imi koeffitsiyenti (satr3:satr2)

tiyin.

92,35

71,76

-20,59

7

Material aylanma mablag‘larni mustahkamlash koeffitsiyenti (str 4:str2)

tiyin.

69,26

62,61

-6,65

8

Sotilgan mahsulotning bir so‘midan olingan foyda (satr1:satr2)

tiyin.

0,7

1,72

+1,02

9

Ishlab chiqarish rentabellik darajasi (satr1:satr5 x 100)

%

0,43

1,28

+0,85

Hisobot davri uchun ishlab chiqarish rentabellik darajasi 1,28 % ni tashkil qildi, o‘tgan yil uchun esa – 0,43% , ya’ni rentabellik 0,85 punktga oshgan. Rentabellik darajasi o‘zgarishiga ta’sir qilgan omillar quyidagi hisoblashlar orqali aniqlanadi (zanjirli o‘rin almashtirish usulida):


1. Sotilgan mahsulotlarning bir so‘mida foyda ulushining ortishi ishlab chiqarish rentabellik darajasining 0,63 punktga o‘sishiga olib keldi.
1,72 : (92,35 +69,26) x 100 = 1,06;
1,06 – 0,43 = +0,63.
2. Fond sig‘imining pasayishi, ya’ni asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond sig‘imi ortishi rentabellikning 0,16 punktga ko‘payishiga olib keldi.
1,72 : (71,76 + 69,26) x 100 = 1,22;
1,22 – 1,06 = +0,16.
3. Moddiy aylanma mablag‘larini mustahkamlash koeffitsiyenti ko‘payishi, ya’ni ularning aylanuvchanligi tezlashishi rentabellikning 0,016 punktga ko‘payishiga olib keldi.
1,28 – 1,22 = +0,06.
Shunday qilib, uchta omil ta’siri natijasida og‘ish: +0,63 +0,16 +0,06 = +0,85 ni tashkil qiladi, bu o‘tgan yildagi ishlab chiqarish rentabelligining umumiy og‘ishiga mos keladi.
Tahlilning keyingi bosqichi sotilgan mahsulotlarning (sotish rentabelligi) umumiy rentabelligiga alohida mahsulotlar rentabelligi ta’sirini baholash hisoblanadi. Bunday tahlil alohida mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishning sotilgan mahsulotlarning vujudga kelgan tarkibi sharoitida umumiy rentabellikka ta’sirini baholash, shuningdek, sotish tarkibi oqilonaligini baholashga imkon beradi.
Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Sotishning umumiy hajmida mahsulotlarning har bir turi ulushi aniqlanadi.
2. Mahsulotlarning alohida turlari rentabelligining individual ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
3. Individual rentabellikni sotishning umumiy hajmida mahsulotlar ulushiga ko‘paytirish yo‘li bilan barcha sotilgan mahsulotlar uchun o‘rtacha darajaga alohida mahsulotlar rentabelligining ta’siri aniqlanadi.
4. Hisobot davri va bazis davr rentabelligi o‘rtasidagi farqni hisobot davridagi mahsulotlar ulushiga ko‘paytirish yo‘li bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning individual rentabelligi o‘zgarishi bilan bog‘liq ta’sir aniqlanadi.
5. Bazis davr rentabelligini hisobot davri va bazis davrdagi mahsulotlarning ulushi farqiga ko‘paytirish yo‘li bilan tuzilmaviy omil ta’siri aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bunday tahlil uchun axborot bazasi hisoblanadi, lekin uni mahsulotlar turlari bo‘yicha xarajatlarning analitik hisobi sharoitidagina qo‘llash mumkin. Sotish rentabelligi tahlil 4-jadval asosida shartli misolda amalga oshirilgan.


Yüklə 291,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə