Milliy tadqiqot universiteti


RENTABELLIK KO’RSATKICHLARI TAHLILI



Yüklə 291,4 Kb.
səhifə4/10
tarix30.12.2023
ölçüsü291,4 Kb.
#165965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi rentabellik

RENTABELLIK KO’RSATKICHLARI TAHLILI
Korxonalarning natijaviyligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi nafaqat mutlaq, balki nisbiy ko‘rsatkichlar bilan ham baholanadi. Xususan, rentabellik ko‘rsatkichlari tizimi keyingisiga oid sanaladi.
Keng ma’noda rentabellik tushunchasi foydalilik, daromadlilikni anglatadi. Agar mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdan daromadlar ishlab chiqarish xarajatlarini qoplasa, bundan tashqari korxonaning normal faoliyat yuritishi uchun yetarli miqdorda foyda shakllansa, korxona rentabelli hisoblanadi.
Rentabellikning iqtisodiy mohiyatini faqatgina ko‘rsatkichlar tizimini tavsiflash orqali yoritish mumkin. Ularning umumiy ma’nosi – joylashtirilgan kapitalning bir so‘mi uchun foyda miqdorini aniqlashdan iborat. Rentabellik darajasi turli-tuman funksiyalarni bajaradi, aynan esa:
• korxonaga joylashtirilgan mablag‘larning o‘zini qoplashini aks ettiradi;
• ishlab chiqarishni kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni ta’minlaydi;
• korxonaning kredit va qarzlari qaytarilishini ta’minlaydi, ya’ni uning to‘lov qobiyatiga imkon yaratadi;
• ishlab chiqarishning ijtimoiy tarmog‘ini rivojlantirishga imkon beradi, ya’ni korxona va tashkilotlarning xodimlarini bozor munosabatlari taraqqiyotining salbiq oqibatlaridan himoyalashni ta’minlaydi;
Rentabellik ko‘rsatkichlari tizimi, O‘zbekiston Respublikasi tegishli organlarining rasmiy hujjatlari asosida ularni aniqlash metodikasini ko‘rib chiqamiz.
Masalan, korxonalar bankrotligi va sanatsiya masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining 1997 yil 17 aprelda tasdiqlangan “Moliyaviy tahlil bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”ida korxonalar rentabelligining quyidagi ko‘rsatkichlari tavsiya qilinadi: mahsulot sotish rentabelligi koeffitsiyenti, asosiy vositalar rentabelligi koeffitsiyenti, xususiy kapital rentabelligi koeffitsiyenti, permanent kapital rentabelligi koeffitsiyenti, aylanma kapital rentabelligi koeffitsiyenti.
1997 yil 10 dekabrda korxonalarning iqtisodiy nochorligi ishlari bo‘yicha Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jalik korxonalari moliyaviy tahlili bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” va “Qishloq xo‘jalik korxonalarini iqtisodiy nochor deb topishning vaqtinchalik tartibi”da rentabellik darajasini baholash uchun mahsulotlar rentabelligi koeffitsiyenti va aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti taklif etiladi.
Korxonalar rentabelligi bo‘yicha tavsiya qilingan ko‘rsatkichlarni o‘rganish quyidagi xulosalarga olib keladi:
• rentabellik ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirishga yondashuvlar turlicha, tavsiya qilingan ko‘rsatkichlarning miqdori 2 tadan 7 tagacha;
• korxonalar rentabellik darajasini baholash bazasi yetarlicha asoslanmagan ravishda tanlangan. Tavsiya qilingan rentabellik ko‘rsatkichlarining aksariyati sof foyda miqdori bazasida aniqlanadi, bu esa umuman noto‘g‘ri;
• ko‘pincha rentabellik ko‘rsatkichlari tizimiga uning darajasini baholashga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ko‘rsatkichlar kiritilgan;
• rentabellikning ayni bir ko‘rsatkichi turlicha talqin qilinadi va ta’riflanadi, masalan, sotish rentabelligi, mahsulot sotish rentabelligi, savdo rentabelligi.
Korxonalar hisobotida bir nechta foyda ko‘rsatkichlari aks ettirilganligi uchun, undan foydalanuvchilar olib borilayotgan tahlil maqsadlariga bog‘liq ravigda rentabellik ko‘rsatkichlarining butun boshli qatorini hisoblashlari ham mumkin. Rentabellikni hisoblashning umumiy formulasi:
R=
Bu yerda, F – korxona foydasi;
V – rentabellik hisoblanadigan ko‘rsatkich.
Suratda quyidagilar keltirilishi mumkin:
yalpi foyda;
• soliqlar to‘langunga qadar foyda;
• sof foyda. Maxrajda:
• korxona aktivlari;
• o‘z kapital;
• o‘zgaruvchan kapital (o‘z kapital va uzoq muddatli qarz mablag‘lari miqdori);
• joriy aktivlar;
• asosiy ishlab chiqarish fondlari;
• ishlab chiqarish fondlari (asosiy ishlab chiqarish va aylanma ishlab chiqarish fondlari miqdori);
• sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi;
• sotishdan tushumlar.
Ko‘rsatkichlar tarkibining katta miqdori va ularning birikmasidan amaliy hamda analitik faoliyatda rentabellikni hisoblash uchun foydalanish, bir tomondan, moliviy-xo‘jalik faoliyat murakkabligi oqibati hisoblansa, boshqa tomondan – olingan natijalarning muvofiq talqin qilinishini murakkablashtiradi. Amaliyotda korxonalarning faoliyat samaradorligini to‘liq tavsiflovchi quyidagi rentabellik ko‘rsatkichlari ajratib ko‘rsatiladi (1-jadval).
1-jadvalda sanab o‘tilgan rentabellik ko‘rsatkichlaridan tashqari o‘z mablag‘lari, moliyaviy qo‘yilmalar, alohida mahsulotlar rentabelligi farqlanadi. Qayd qilish joizki, bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda odatda har yili savdo palatasi, sanoat assotsiatsiyalari yoki hukumat tomonidan rentabellik ko‘rsatkichlarining “normal” qiymatlari haqida axborot chop etiladi. O‘z ko‘rsatkichlarini yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan kattaliklar bilan taqqoslash korxonaning moliyaviy holati haqida xulosa qilishga imkon beradi. Korxona faoliyatining natijaviyligini tashqi baholashda xarajatlarning 1 so‘miga qancha sotishdan foyda to‘g‘ri kelishini ko‘rsatuvchi xarajatlar unumi (R6) kabi foydalilikning an’anaviy ko‘rsatkichlari tahlili alohida qiziqish uyg‘otmaydi. Aktivlar rentabelligi (R1) va xususiy kapital rentabelligi (R2) tahlili yanada informativroq sanaladi.
Korxonalar umumiy iqtisodiy faoliyatining sintetik ko‘rsatkichlaridan biri iqtisodiy rentabellik (R1) hisoblanib, uni aktivlar rentabelligi deb atash ham qabul qilingan. U korxona 1 so‘mlik mulk hisobida qancha foyda olishiga oid savolga javob beruvchi eng umumiy ko‘rsatkichdir. Xususan, uning darajasiga aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalar uchun dividendlar miqdori bog‘liq bo‘ladi.
Kapitalning (moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar korxonaning barcha moliyaviy resurslari) qiymat birligiga foyda miqdorini aks ettiruvchi rentabellik tavsiflari tizimida jami kapital rentabelligi anchayin umumiy ko‘rsatkich sanaladi. Aktivlar rentabelligi ko‘rsatkichida tahlil davridagi joriy faoliyat natijasi (foyda) korxonada mavjud asosiy va aylanma mablag‘lar (aktivlar) bilan taqqoslanadi. Xuddi shu aktivlar yordamida korxona faoliyatining kelgusi davrlarida ham foyda oladi. Foyda, asosan, mahsulot (ish, xizmatlar) sotish natijasi hisoblanadi. Mahsulot sotishdan tushum – aktivlar qiymati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan ko‘rsatkich bo‘lib, tabiiy hajm va sotish narxidan vujudga keladi, ishlab chiqarish va sotishning tabiiy hajmi esa mulk qiymati bilan belgilanadi.



Yüklə 291,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə