Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə13/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Hujayradagi hayotiy jara

J = - Ddc/dx
Bu yerda: J - moddaning biomembrana orqali oqimi;
D – diffuziya koeffitsentini ifodalaydi.

Ya'ni membrana orqali moddalarning diffuziyalanish oqimi moddaning konsentratsiya farqi bo‘yicha harakatlanuvchi kuchiga to‘g‘ri proporsional hisoblanadi.


Diffuziya tezligi Fik qonuniga muvofiq belgilanadi, bu qonunga ko‘ra diffuziya tezligi (dm/dt) konsentratsiya gradientiga (ds/dx) va modda diffuziyalanuvchi soha yuzasi (S) ga proporsional bo‘ladi:


dm/dt = - DS(dс/dх)

Membranalarning ion singdiruvchanligi - Pj va ion o‘tkazuvchanligi - Gj kabi xossalarini farqlash zarur. Membrananing bu ikki xossasi o‘zaro bog‘liq, singdiruvchanlik qiymatining o‘zgarishi doimo o‘tkazuvchanlik qiymatining o‘zgarishiga olib keladi. Singdiruvchanlik xususiyati hujayra atrof muhiti eritmalaridagi ionlar miqdoriga bog‘liq emas. Membrananing ion o‘tkazuvchanligi esa membrana potensialining kichik siljishlaridagi ionlar oqimi o‘zgarishini xarakterlaydi va tashqi va ichki muhit eritmalaridagi j ionlar miqdoriga bog‘liqdir.


Suvda eruvchan yirik moddalar, masalan, organik kislotalarning anionlari membranadan o‘ta olmaydi. Ularning transport mexanizmlari boshqacha, ya'ni osonlashgan diffuziya tarzida kechadi. Molekulalarning membranadan tashilishi, faqat ularni maxsus tashuvchi tizimlar bilan bog‘lanishidan keyingina ro‘y beradi. Moddalarni maxsus tashuvchi tizimlar yordamida membranadan o‘tkazilishida, tashuvchi tizimlar o‘tkazilayotgan modda bilan birgalikda diffuziyalanadi.
Maxsus tashuvchi tizim bir vaqtning o‘zida ikki substratni bog‘lashi ham mumkin. Masalan, Na+ ionlarining eritrotsit va ichak epiteliy hujayralari membranasi orqali tashilishida bir yo‘nalishda, simport holatda bir qator aminokislotalar ham osonlashgan diffuziya orqali o‘tkaziladi.
Hujayrada kechadigan bir qator jarayonlar, qo‘zg‘alish, ATF sintezi, ionli tarkibni saqlash membranalar orqali modda o‘tishi bilan bog‘liq holatda amalga oshadi.


Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə