Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə12/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Hujayradagi hayotiy jara

i

ė

ATF (+ va -)

3.

Ko‘rish

һν

∆φ

i

-

ATF (-)

4.

Asab hujayralarida

-

∆φ

i

-

ATF (-)

5.

Muskul hujayralarida

-

∆φ

i

-

ATF (-)



4.1. BIOMEMBRANALAR ORQALI HUJAYRAGA MODDALAR O‘TKAZILISHINING MEXANIZMLARI
Hujayra membranasi tanlab o‘tkazuvchanlik xosasini namoyon etadi. U orqali glyukoza, aminokislotalar, yog‘ kislotalar, glitserol va ionlar sekin diffuziyalanadi. Membranalar tabiiy holatda bu jarayonni faol boshqaradi – bir moddani o‘tkazsa, boshqasini o‘tkazmaydi. Moddalarning hujayraga ichiga kirishi va tashqariga chiqarilishining 4 asosiy mexanizmi mavjud. Ular diffuziya, osmos, faol (aktiv) transport va ekzo- yoki endotsitoz. Dastlabki ikki jarayon passiv xarakterga ega bo‘lib, energiya sarflanmaydi. Keyingi ikki jarayon faollik asosida kechib, energiya sarfi bilan bog‘liqdir.


10-rasm. Hujayrada membranasida kechadigan transport turlari.

Membrananing passiv transportdagi tanlab o‘tkazuvchanlik xususiyati integral oqsilli – maxsus kanallar bilan shartlangan. Ular o‘zlarining o‘tish yo‘llarini hosil qilishiga qarab membranadagi oqimni pasaytiradi.
Har qanday moddaning membranadan o‘tishida uchta aspekt mavjud bo‘ladi:
1) modda qanday qilib gidrofob lipid barerdan o‘tadi;
2) moddaning hujayra ichidagi va tashqarisidagi konsentratsiyalari qancha;
3) agar modda konsentratsiya gradientiga qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan bo‘lsa, bu nimaning hisobiga bo‘layapti?
Odatda moddalarning membranadan o‘tkazishning ikta turi tafovut qilinadi: passiv transport va aktiv transport
Passiv transportning o‘zi esa a) diffuziya; va b) osonlashagan (yengillashtirilgan) diffuziya ko‘rinishida amalga oshadi.
Passiv transport energiya sarf bo‘lishi bilan bog‘liq emas va elektrokimyoviy potensial qiymati Dm<0 bo‘lib, moddalarning elektrokimyoviy potensiali past bo‘lgan tomonga diffuziyalanishi natijasida sodir bo‘ladi. Passiv transportda molekulalar boshqa molekulalarga nisbatan mustaqil o‘tadi va konsentratsiya to‘yinishi ro‘y bermaydi.
Diffuziya alohida molekula va ionlarning tartibsiz va spontan harakatiga bog‘liq. Masalan, ammiakning suvli eritmasi solingan idish og‘zini ochiq qoldirsak, ma'lum vaqtdan keyin butun xonaga uning o‘tkir hidi tarqalib ketadi. Bu jarayon ammiak molekulalarini diffuziyalanishi bilan tushuntiriladi. Molekulalar va ionlar yuqori konsentratsiyali tomondan past konsentratsiyali tomonga gradienti bo‘yicha harakatlansa, diffuziyaning bunday turi oddiy diffuziya deb ataladi. Shu bilan birga ular har xil yo‘nalishda Braun harakati ko‘rinishida ham harakatlanishi mumkin.
Diffuziyada har bir molekula tipi o‘zining konsentratsiya gradienti bo‘yicha harakatlanadi. Masalan, o‘pkada kislorod qonga diffuziyalanadi, shu bilan bir vaqtda uglerod (II)-oksidi qondan alveolalarga diffuziyalanadi. Yog‘da eruvchi moddalar membranalarning lipid matriksida erib, undan osonlik bilan o‘tadi. Suv va suvda eruvchi diametri kichik ionlar membranadan har ikki tomonga o‘ta oladi.
Hujayraga O2 diffuziyasi yuqorida ifodalangan konsentratsiya gradienti asosida borib, hujayraning kislorodga ehtiyoji, ya'ni oksidlanish reaksiyalari qiymatiga bog‘liq holda amalga oshadi va bunda CO2 ko‘payishi kuzatilsa, avtoregulyativ protsesslar ishga tushib, kislorodga nisbatan gradient pasaytiriladi.
Biologik membranalar orqali elektr zaryadiga ega bo‘lmagan, neytral moddalarning o‘tish jarayoni diffuziya hisoblanadi. Bu jarayon dastlab Fik tomonidan o‘rganib chiqilgan va miqdoriy jihatdan quyidagicha ifodalanadi:



Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə