Mundarija


-§. JADIDLAR MAFKURASINING TLRKISTON UTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTIGA TA'SIRI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə31/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36

33-§. JADIDLAR MAFKURASINING TLRKISTON UTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTIGA TA'SIRI

Ozodlik, tenglik, adolat- jadidlar bosh tamoyili


Jadidlar o`zbek xalqi uchun o`z ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy asoslariga ega bo`lgan yangi o`zbek davlatini barpo etishga yo'1 ochib beruvchi milliy g`oyani shakllantirdilar. Jadidlar o`zbek xalqi ijtimoiy tafakkurida qaror topgan ko`p asrlik insonparvarlik, erksevarlik va adolat g`oyalarining ulug` davomchilari edi.

Mashhur faylasuf Abu Nasr Forobiy odillik davlat hukmdori fe'lining asosiy jihatidir, deya ta'kidlagan edi. "Davlat rahbari, — deb yozadi Forobiy, — tabiatan adolatni sevishi va kishilarga nisbatan odil bo`lishi, zulm va haqsizlikdan hamda ularni sodir etgan kimsalardan nafratlanishi, xalqni adolatli yashashga astoydil undashi va adolatsizlik bilan tahqirlanganlarga hamdard bo`lishi lozim". Faylasuflar, yozuvchilar, shoirlar, jamoat arboblarining asarlari tufayli adolat ideali o`zbek xalqi ongida mustahkam milliy qadriyatga aylandi.

Davlatni adolat va odillik bilan boshqarish hukmdorlar uchun asosiy axloqiy tamoyilga aylandi. Amir Ternir "Tuzuklar"ida davlatni boshqarish qoidalari haqida so`z yuritiladi va insonlar qalbiga yo'l topadigan adolat birinchi o`ringa qo`yiladi. Bu an'ana jadidlarning uch asosiy tamoyil — hurriyat, musavvat, adolat (ozodlik, tenglik, adolat)ga tayangan dasturida o`z aksini topgan edi.

Mabodo adolat xalqning ijtimoiy va milliy ongida an'anaviy qaror topgan g`oya bo`lsa, ozodlik va tenglik jadidlarning o`zlari tomonidan ilgari surilgan edi. Ozodlik deyilganda butun o`rta Osiyo hududida yagona ozod va mustaqil davlatni barpo etish nazarda tutilgan edi. Tenglik esa yerga xususiy mulkdorlik bo`lmagan va kishilik jamiyatida erishish mumkin bo`ladigan bir voqelik sifatida faraz etilgan, Osiyo qit'asi ijtimoiy tafakkurida keng tarqalgan an'anaviy tasawurlar bilan bog`liq bo`lgan o`ta umumiy bir tushuncha edi.



Jadidlar Turkistonni xususiy mulk davlat himoyasida bo`lgan, qonun bilan kafolatlangan ozod va mustaqil davlatga aylanishini, har qanday dinga hurmat nazari bilan qaraydigan va o`z xalqini erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi davlat bo`lishini, Turkistonni yuksak taraqqiy etgan Yevropa va Osiyo davlatlari qatoridagi davlat sifatrda ko`rishni istadilar.

Jadidlar matbuoti


Rossiyada 1905-1907-yillarda va 1917-yil fevralida bo`lib o`tgan inqiloblardan keyin Turkiston jadidlari davom etayotgan mustamlaka qaramligi sharoitida o`lkaning ma'naviy va milliy uyg`onishiga erishish imkoniyati yo`qligini anglab yetdilar. Abdulqodlr Shukuriy, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori va boshqalar kuchg`ayratlarini o`z islohotchilik g`oyalarini aholi orasida targ`ibы etishga qaratishdi. Qattiqqo'1 senzuraga qaramasdan, ular o`z gazeta va jurnallarini nashr eta boshladilar. Turkistondajadidlarning "Taraqqiy", "Shuhrat", "Xurshid", "Sadoi Turkiston", "Samarqand", "Oyina", "Turon", "Buxoroi sharif, "Sadoi Farg`ona" va boshqa gazeta va jurnallari nashr etila boshlandi. 1906-yil 27-iyunda Ismoil Obidov tahriri ostida "Taraqqiy" gazetasining birinchi soni chiqdi. Bu kun o`zbekiston Respublikasida Matbuotchilar kuni sifatida nishonlanadi. Ana shu nashrlarda jadidlar jahonda va Turkiston hududida ro`y berayotgan voqealar haqida hikoya qilib borishdi. o`z g`oyalari mazmunini va ularni keng yoyish zarur ekanligini tushuntirib berishdi.Yangiusul maktablarining milliy mutaxassislar tayyorlash, bolalarni o`qitishdagi ahamiyatini ko`rsatib berdilar. Ko`pgina maqolalar o`lkada va xorijda savdo-sotiq, sanoat va qishloq xo`jaligi rivojlanishi qiyosiy tahliliga bag`ishlangan edi. Senzura sababli mavjud tuzumdan norozilikni oshkora ifodalash imkoniyatiga ega bo`lmagan jadidlar xalq ommasi og`ir ahvolining haqiqiy aybdorlari — mustamlakachi ma'muriyat va o`z hukmdorlari basharasini ko`rsatib berishga harakat qilishdi. Jadidlarning milliy va siyosiy ongni yuksaltirish borasidagi sa'y-harakatlari xalq ommasiga katta ta'sir o`tkazdi. Biroq podsho senzurasi jadidlar tomonidan nashr etiladigan bosma nashrlarni diqqat bilan kuzatar, siyosat va ozodlik kurashi to`g`risidagi maqolalar chiqishiga yo'1 qo`ymasdi. Siyosiy erkinlik haqida fikr bildirishga bo`lgan har qanday urinish gazeta yoki jurnalning zudlik bilan yopiiishiga olib kelardi.

Mahmudxo`ja Behbudiy(1874-1919) madrasa mudarrisi oilasida dunyoga keldi. Avval maktabda so`ng madrasada ta'lim olgan. U arab va fors tillarini yaxshi o`rgangan. Ko`p hamkasblaridan farqli ravishda rus tilini yaxshi bilgan hamda dunyoviy fanlarni o`igana boshlagan. U dastawal mahalliy qozi huzurida mirzalik qiladi, shariat va fiqhni o`rgandi hamda musulmon huquqi bo`yicha maslahatlar bera boshladi. 1907-yilda Rossiyaga, so`ng o`rta Sharqqa sayohat qildi, Qohira, Damashq, Istanbul shaharlarida bo`ldi. Yangiusul maktablarida ishlab, geografiya bo`yicha 8 ta darslik yaratdi.

Munavvar Qori Abdurashidxonov (1878-1931)otasidan erta ajralib, boshlang`ich ta'limni o`z davrining ilmli ayollaridan biri bo`lgan onasi Xosiyat otindan oldi. So`ng maktabda o`qib, qorilikka tayyorlandi. 1898-yilda u Darxon mahallasi masjidida mudarrislik qildi. Jadidlar g`oyasi bilan Lg`aspirali Beyning "Tarjimon" jurnali orqali tanishgan. U 1901-yilda yangiusul maktablari uchun birinchi darslik — "Adibi avval"ni tayyorlab, unda grammatika, alifboni o`qitish asoslarini bayon etib berdi. Ikkinchi darsligi — "Adib us-soniy"da o`qish va yozishga o`rgatish uslubini, shuningdek, oiladagi o`zaro munosabatlar asoslarini tasvirlab bergan. Shuningdek, Munawar Qori matematika bo`yicha birinchi darslik muallifi hamdir.

Jadidlar va tarix


Jadidlar milliy g`oya va milliy ongni shakl lantirishda obyektiv manzarani haqqoniy, to`g`ri aks ettiruvchi tarixni yozib qoldirishga birinchi darajali ahamiyat berishardi. Ular tarixchilar xonlar va beklar to`g`risida emas, balki mamlakat ravnaqiga ko`maklashgan real voqealar to`g`risida yozishlari zarur, deb hisoblashardi. Ularning fikricha, taqdir mushtarakligi, birgalikdagi kurash mushtarakligi tarixiy asarlarning chinakam mazmunini shakllantirishi lozim edi. Turkiston tarixi bo`yicha dastlabki umumlashtiruvchi asar 1870-yildan chiqa boshlagan "Turkiston vUoyatining gazeti" muharriri Mulla Olim Maxdum Hoji qalamiga mansub edi. Uning asari "Tarixi Turkiston" deb nomlangandi.

Maktab va madrasalarda tarix fan sifatida o`qitilmas edi, shu bois jadidlar bu fanni o`qitishga qaror qilishdi. Yangiusul maktablarida turk xalqlari tarixi va geografiya fanini o`qitishni Munawar Qori birinchi bo`lib joriy etdi. Bu Turkistonning madaniy rivojlanishiga qo`yilgan muhim qadam edi.

Jadid maktablari yildan-yilga ommalashib bordi. 1914-yilda Toshkentda 15 ta shunday maktab ochilib, ularda 1230 nafar o`quvchi ta'lim oldi. 1910-yildan 1915-yilgacha Farg`ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 73 ta yangiusul maktabi ochildi.

Jadidlar zararli odatlarni to`xtatishga harakat qilib, axloqiy mukammallik uchun kurashdilar. Ular giyohvand moddalar va alkogol ichimliklar iste'mol qilishni, tamaki chekishni qoraladilar hamda erkaklar va ayollarning to`la teng huquqligini yoqlab chiqdilar. Jadidlar serchiqim marosimlarni, isrofgarchilik bilan o`tadigan to`ylarni tanqid qildilar. Ular urushga qarshi chiqdilar, hukmron doiralarning ijtimoiy va axloqiy yemirilishini, xushomadgo`ylikni, tekinxo`rlikni va mutaassiblikni fosh etdilar, haqiqiy islomni uydirmalardan tozalab, uning mohiyatini tushuntirib berdilar.

Jadidlar mafkurasi hayotiy qoidasi zo`rlik ishlatmasdan, ya'ni hatto eng keskin muammolarni ham kuch ishlatmay hal etishdan iborat bo`lgan Mahatma Gandi g`oyalariga yaqin edi. Jadidlar aslida zo`ravonlikni rad etishar, chunki yirik ijtimoiy va milliy inqiloblar faqat xalqqa azob-uqubat keltiradi va oxir-oqibatda ozodlik va ijtimoiy taraqqiyot g`oyasini obro`sizlantiradi, deb hisoblashar edi.

o`lkada milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi, Turkiston xalqlarining mustamlakachilikka qarshi norozilik kayfiyatlari uning zaminiga aylandi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə