Mundarija


Yoshxivaliklarning islohotlar uchun



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə28/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36

Yoshxivaliklarning islohotlar uchun


1910-yilda yoshxivaliklar "Islohotlar loyihasi"ni taqdim etishdi. Loyiha boshqaruv tizimini tartibga solishni nazarda tutar edi. LJnda xon devoni saqlab qolingan, ammo amaldorlar davlat ta'minotiga o`tkazilishi mo`ljallangan edi. Loyihada, shuningdek, yangicha milliy maktablarini tashkil qilish g`oyasi ilgari surilgandi. Takliflar umumiy cheklanganligiga qaramasdan, ular xalqni amaldorlar zo`ravonligidan xalos etib, Xiva davlatchiligi poydevorini tiklashga qaratilgan edi. Yangicha milliy maktablar ta'lim va madaniyat saviyasini ko`tarishi hamda xivalik ziyolilar yangi avlodini shakllantirishi, ularda xon hokimiyatining mustabidligiga nisbatan murosasizlik hissini tarbiyalashi mumkin edi.

1910-yilda hukmdor Sayid Muhammad Rahimxon II vafot etdi. Mustamlaka ma'murlari yordamida xonlik taxtini uning o`g`li Asfandiyorxon egalladi.

Petro-Aleksandrovskda turgan rus garnizoni madadini sezgan yangi xon ishni zulmni kuchaytirish va muxolifatni to`liq yo`q qilishdan boshladi. 1912-yilda u islohot rahnamolaridan biri bosh vazir Islomxo`jani davlat mablag`larini isrof qilishda ayblab qatl ettirdi. Uning buyrug`iga ko`ra yerlarni yangidan o`lchash — yangi soliqlarga tortish maqsadida o`tkazildi. Dehqonlar esa ommaviy g`alayonlar bilan javob berishdi. Qo`zg`alonlar Mang`it (1915-yil) va Xo`jaylida (1916-yil) bo`lib o`tdi.

Rossiyadagi 1917-yilgi Fevral inqilobidan keyin Asfandiyorxon asosiy tayanchidan mahrum bo`ldi va bir necha vaqt yakkalanib qoldi. Yoshxivaliklar qulay vaziyatdan foydalanib qolishga qaror qilishdi va islohotlar uchun ochiqdan-ochiq harakat boshlab yubordilar. Ular tinch yo'l bilan o`z maqsadlariga erishmoqchi bo`ldilar.

Yoshxivaliklar Asfandiyorxondan islohotlar o`tkazish to`g`risidagi manifestni imzolashni talab qilib, 5-aprel kuni xon huzuriga borishdi. Islohotlar xon hokimiyati saqlangan, ammo Mahkamai adliya (Adliya mahkamasi, Majlis) va Idorai mashvarat (Nozirlar kengashi) bilan cheklangan konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni o`z ichiga olgandi. Yoshxivaliklar, shuningdek, davlat mablag`lari sarflanishi ustidan nazorat qilish uchun Moliya vazirligi, suv taqsimotini isloh qilish, xonlik hududida yangiusul maktablari ochilishi uchun qo`mita tuzishni, temiryo`llar va pochta-telegraf tizimi qurilishini ham talab qilishgandi.

Rus qo`shinlari madadidan mahrum bo`lgan Asfandiyorxon o`ziga ham ishonmay qolgandi. Har qanday yo'1 bilan hokimiyatni saqlab qolish va vaqtdan yutish maqsadida xon islohotlarni amalga oshirish to`g`risidagi manifestga o`sha zahotiyoq imzo chekkan edi.

Asfandiyorxon xalqqa zulm qilgan amaldorlarni hibsga olish va ular o`rniga yoshxivaliklardan vazir tayinlash to`g`risida va'da berdi. Shuningdek, u mamlakatda yangiusul maktablari, pochta, telegraf tarmog`ini ochishga, temiryo'1 qurishga, savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratib berishga va'da qilgan edi.

Haqiqatdan ham tez orada 1917-yil 26-apreldan ish boshlagan yangi hokimiyat organlari Adliya mahkamasi (Majlis) va Nozirlar kengashiga saylovlar bo`lib o`tdi. Bu hokimiyat organlarida ko`pchilikni yoshxivaliklardan saylangan deputatlar tashkil etdi. Nozirlar kengashi raisi etib Boboxon Salimov tayinlandi.

Tinch yo'1 bilan maqsadga erishgan yoshxivaliklar manifestni hayotga joriy etishda tashabbuskorlik bilan ishladilar. Ular maorif sohasida islohotlar o`tkazishni boshladilar, davlat mablag`larining sarflanishini nazoratga oldilar va boshqa davlatlar bilan aloqalar o`rnatish borasida birinchi qadamlarini qo`ydilar.

Oradan bir oy o`tmay xon boshchiligidagi konservativ kuchlar harbiy to`ntarishni amalga oshirdilar va Nozirlar kengashini tarqatib yubordilar. Adliya mahkamasi saqlab qolindi va unga faqatgina oliy maqomdagi din peshvolari kiritjldi. Mahkamai adliya (Majlis) 1917-yil noyabr oyigacha, uni xon tarqatib yuborguncha amal qildi. Islohotlar jarayoni to`xtatib qo`yildi.

Rossiya Muvaqqat hukumati 1917-yil oktabr to`ntarilishidan so`ng Xorazmga xon faoliyatini nazorat qilish uchun katta harbiy qo`shin yubordi. Hokimiyatni bolsheviklar egallab olishi xavfi paydo bo`ldi. Bundan cho`chigan Asfandiyorxon harbiy kuchlariga turkman urug`idan chiqqan Junaidxonni yetakchi qilib tayinladi. 1918-yil yanvarda 1,5 ming kishilik otliq qo`shin bilan u Xivani, keyin esa xonlikning boshqa tumanlarini egallab oldi. Asfandiyorxonni shunchaki taxtda qoldirgan Junaidxon xonlikda o`zining yakkahokimlik diktaturasini o`rnatdi. Uning buyrug`iga ko`ra Asfandiyorxon o`ldirilib, o`rniga akasi Sayid Abdulla taxtga o`tkazildi, hokimiyat aslida Junaidxon qo`lida qoldi.

Xiva xonligining tugatilishi


1918-yil noyabr oyida Junaidxon Petro Aleksandrovsk qaPasida joylashgan bolsheviklar qo`shinini tor-mor etmoqchi bo`ldi, lekin o`zi talafotga uchradi. 1919-yil 9 aprelda Taxta qal`asida harbiy harakatlarni to`xtatish va Sovet hokimiyatini Xiva xalqining tanlash huquqini tan olishi to`g`risidagi tinchlik shartnomasi imzolandi. Biroq ikkala tomon ham bu shartnomani bajarmadilar. Bu vaqtda yoshxivaliklar o`z dasturlariga monarxiyani tugatish, yirik yer egalari yerlarini musodara qilish, saylov organlarini tashkil etish, Xiva xalqiga siyosiy erkinlik berish kabi talablarni qo`shgan holda qayta ko`rib chiqdilar. Petro-Aleksandrovskda joylashgan bo`lsalar ham Xiva va boshqa shaharlarda hokimiyatga qarshi bo`lgan muxolifatdagi kuchlar bilan aloqa o`rnatdilar. Xon hukumatidagi o`zboshimchaliklar, ocharchilik, butun mamlakatdagi vayronagarchilik mamlakat aholisining ko`pchiligida norozilik uyg`otgani sababli yoshxivaliklarga o`z maqsadlarini amalga oshirish osondek tuyular edi.

Bolsheviklar Amudaryo bo`limi aholisini Junaidxon qo`shinlari hujumidan "qutqarish maqsadida" o`z harbiy kuchlarini Xiva chegaralariga yaqin yerga joylashtirdi. 1919-yil dekabr oyida bolsheviklar qo`shinlari Xiva xonligiga hujum boshladi va 1920-yil 1-fevral kuni shahar bosib olindi. 2-fevral kuni Sayid Abdullaxon taxtdan ag`darildi va butun hokimiyat Inqilobly qo`mita yoshxivaliklardan 2 ta, turkman qabilalaridan 2 ta, din peshvolaridan 1 ta vakil bo`lgan 5 kishidan iborat muvaqqat koalitsion hukumat qo`liga o`tdi. Inqilobiy qo`mita raisi etib D.Sultonmurodov tayinlandi.

27-aprelda Sovetlarning birinchi Butunxorazm qurultoyi roppa-rossa 150 yil mavjud bo`lgan Xiva xonligi o`rnida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tashkil topganini e'lon qildi. Bir yilda bir marta chaqiriladigan va respublikaning muhim masalalarini hal qiladigan xalq vakillari qurultoyi mamlakatning oliy organi deb tan olindi. Qabul qilingan konstitutsiya shariat sudi tizimini saqlab qoldi. Hokimiyat organi sovetlarning xalq diktaturasi deb e'lon qilindi. Qurultoyda yoshxivaliklar rahbari Polvonniyoz Yusupov boshchiligidagi Xalq nozirlari kengashi saylandi.

1920-yil sentabrda bir tomondan mamlakatda xalq hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan, ikkinchi tomondan uni Rossiya federativ respublikasiga butunlay qaram qilib qo`yuvchi RSFSR va XXSR o`rtasida ittifoq shartnomasi imzolandi.



Yakunlarni chiqaramiz

-aholi zulmga qarshi doimiy kurashdi;

-1902-yil— dehqonlar qo`zg`aloni mustabid hukumat qo`shinlari tomonidan tor-mor etildi;

-1910-yil — yoshxivaliklar islohotlar loyihasini tuzdilar;

-1910-yilda Asfandiyorxon, 1918-yilda Said Abdulla taxtga o`tirdi;

-1917-yil 26-aprel — hokimiyatning saylov organlari tashkil etildi;

-1919-yil 9-aprel — tinchlik shartnomasi imzolandi;

-1920-yil 1-fevral — Turkfront qo`shinlari tomonidan Xiva bosib olindi;

-2-fevralda Xiva xonligi tugatildi;

-1920-yil 27-aprel — XXSR tashkil etilgani e'lon qilindi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə