Mundarija


BOB XIX ASR IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə25/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36

6 BOB XIX ASR IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGI


BOBNI O`RGANISH NATIJASIDA:

— XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzilishi va ijtimoiy-siyosiy hayoti;

— Xiva xonligida tovar-pul munosabatlari rivqjlanishi, Xiva bilan Rossiyaning savdo aloqalari;

— Madaniyat va xalq ijodiyotining rivojlanishi;

— milliy-ozodlik kurashi shakllari;

— yoshxivaliklarning mamlakatda islohotlar o`tkazish yolidagi harakatlari;

— Xiva xonligi qulashining sabablari haqida bilib olasiz.

27-§. XIVA XONLIGINING DAVLAT TUZILISHI VA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI

Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi


Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi XIX asr oxiri — XX asr boshlarida deyarli o`zgarmadi. Rossiya imperiyasi hukumati Xivani doimiy nazoratda tutar va ichki siyosatdagi, shuningdek, tashqi siyosatdagi arzimas o`zgarishlarni Xiva hukumati Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi. Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta'sis etilgan bo`lib, ulardan to`rt nafari podsho hukumati ma'muriyati vakillari edi.

Amudaryoning bir zamonlar Xiva xonligi tasarrufida bo`lgan va Gandimiyon shartnomasiga ko`ra Rossiya ixtiyoriga o`tgan o`ng qirg`og`i hududida Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo`limi tashkil etilgan bo`lib, uning boshlig`i ayni mahalda Rossiyaning Xiva xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi.

Xonlik qo`ng`irot urug`i avlo-diga mansub xon boshida tu-ravchi feodal monarxiya edi.Qo`ng`irotlar siyosiy, ijtimoiyhayotda va harbiy ishlarda uningsuyangan tog`i edi. Qo`ng`irotlarming yillik tarixga ega va o`zbekxalqining madaniy rivojlanishi-da muhim rol o`ynagan turkiyurug`dir. Xon cheklanmagan mustabidma'muriy-sudlov va harbiy ho-kimiyatga ega edi. U mamlakatniqo`ng`irot urug`i zodagonlari,saroy a'yonlari va oliy ruhoniylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi. Demak, siyosatni, davlat faoliyatini belgilashda xon hokimiyati Xiva xalqining manfaatlari bilan hech bir mushtarak jihatlari bo`lmagan, tor xudbinona manfaatlardan kelib chiqib, ish olib borar edi.

Lashkar Xiva davlatida xalq qarshiligini bostirish va davlat yaxlitligi uchun kurash vositasi edi. U uyushmagan, tartibsiz va nochor qurollangandi. Lashkar xonning yasovul qo`shinlarini (uni yasovulboshi boshqarar edi) ifoda etuvchi 1,5 ming kishidan iborat muntazam qo`shin, harbiy harakatlar davrida yig`ilib keluvchi xalq lashkari va turkman otliq sipohiylaridan iborat bo`lgan.

Xiva xonligi ma'muriy jihatdan 20 ta beklik yoki viloyatlarga bo`lingan edi. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko`hna Urganch, Xo`jayli, Qo`ng`irot edi. Ulardan har biriga xon tomonidan tayinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi. Xiva shahri va uning tevaragi xonning tasarrufida bo`lgan. Ana shu marisabdor shaxslarning barchasi xorazmlik oddiy dehqonlarni ekspluatatsiya qilish va ulardan olinadigan soliqlar hisobidan kun kechirar edi.

Sudlov hokimiyatida ham beboshlik hukm surar, hokimiyatga qarshi arzimas jinoyat uchun o`lim jazosi qo`llanar edi.



Devonbegi (devonxona mutasaddisi) xonning oliy amaldorlari va yaqin maslahatchisi bo`lgan.

Din arboblari mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga ulkan ta'sir ko`rsatar edi. Xiva Buxorodan keyingi islom dini markazi sanalardi. Bu yerda dindorlar qadamjosiga aylangan 60 dan ortiq avliyo dahmalari mavjud edi. Mamlakatda qariyb 45 ming o`quvchi ta'lim oladigan 15 mingga yaqin maktablar bo'lgan.O'quvchilardan ayrimlari maktabni bitirib, oliy o`quv yurtiga o`qishga kirar va bu yerda 10 yilgacha ta'lim olishardi.Bunda asosiy fanlar: ilohiyotshunoslik, arab grammatikasi, islom falsafasi va huquqi, shuningdek, elementar arifmetika va geometriyadan ta'lim berilar edi. Madrasa talabalari imtihon topshirganlaridan keyin bo`sh turgan qozi, imom va boshqa nufuzli, serdaromad lavozimlarni egallashlari mumkin edi.

Aholi orasida so`fiylik tariqatiga ixlos qo`ygan kishilar ko`pchilikni tashkil etar edi.Xorazmda XII asrdayoq asos solingan kubraviya tariqati ayniqsa keng tarqalgan va katta ta'sir kuchiga ega edi. Јu tariqatga eigashgan kishi alohida so`fiylar jamoasiga rahbarlik qiluvchi o'z ma'naviy piri — eshonning muridiga aylanib qolar va o`z xohish-irodasidan butkul voz kechar edi.Ma'naviy pirlaiga bo`ysungan muridlar o`z daromadlarining bir qismtni eshonga berishardi. Xivada so`fiylik ayollar orasida ham keng tarqalgan edi.

Xiva xonligida darveshlik ham keng yoyilgan bo`lib, qashshoq darveshlar — qalandarlar jamoasiga birlashgan, uning a'zolari meros tariqasida darbadarlik va qashshoqlikda kun kechirardilar. Qalandarlar islom va hokimiyatga mutelikni targ`ib etgan holda aholining barcha qatlamlariga katta ta'sir o`tkazar edi.



Yer egaligi Shakllari


G`alla yetishtirish qishloq xo`jaligining asosiy tarmog`i bo`lib qolaverdi. Bundan tashqari, butun o`rta Osiyoda sevib iste'mol qilinadigan sholi, jo`xori va suli yetishtirilar edi. XIX asrning 90-yillaridan boshlab, Rossiya bilan savdo-sotiq rivojlanib borgani sayin paxta yetishtirishga ixtisoslashuv ham jadal kechdi.

Xonlikdagi yerlarning asosiy qismi xon va uning amaldorlariga tegishli edi. Amaldor va a'yonlarga haq to`lash uchun puli bo`lmagan Xiva xonlari ularga davlat yerlarini ehson qilishardi. Xonlikdagi hamma yerlar ikki qismga: sug`oriladigan yerlar — ahya va sug`orilmaydigan yerlar — adraga bo`linar edi. Shuningdek, yer egaligining amlok (davlat yerlari), mulk (xususiy yerlar) va vaqf (masjid va madrasa yerlari) shakllari ham mavjud edi. Xon, amaldorlari va ularning qarindoshlari soliqdan ozod edilar.

Yirik yer maydonlari diniy muassasalar tasarrufida bo`lgan. Xonlikda jami sug`orma yerlarning 40 foizi masjidlar mulkiga berilgan. Masalan, 64 ta masjid va madrasa XIX asrning so`nggi choragida 205 ming tanobdan ziyod yerga egalik qilgan. Xonlar dindorlarga nisbatan hurmat-izzatda bo`lishgan. Ularning ko`pchUigi soliqlardan ozod etilgan. XIX asrning oxirida qariyb 4 ming ruhoniylar oilasi barcha soliqlardan ozod etilgandi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə