Mundarija


-§. ISLOHOTLAR o`TKAZISHGA URINISHLAR VA BUXORO AMIRLIGINING QULASHI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə24/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36

26-§. ISLOHOTLAR o`TKAZISHGA URINISHLAR VA BUXORO AMIRLIGINING QULASHI

Amir Olimxon islohotlari


1910-yilda amir Abdulahadxon vafot etganidan so`ng taxtni hukmdorning o`g`li Sayid Olimxon egalladi. Sayid Olimxon 13 yil davomida Buxoro madrasalaridan birida islom ilohiyotshunosligi ilmini o`rgandi. 1893-yili otasi uni Peterburgga o`qishga jo`natdi, bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqarish asoslarini o`rgandi.'Amirlik taxtiga o`tirgan Sayid Olimxon Buxoroda davlat asoslari va diniy tizimni o`zgartirish taraddudida bo`lmadi. Ammo Rossiyadagi voqealar va amirlikning o`zidagi muxolifatchi kuchlar uni chora-tadbirlar ko`rishga va jadidlarning mamlakatni demokratlashtirish va jslohotlar o`tkazish to`g`risidagi talablariga yon berishga majbur qildi.

1917-yil 7-aprelda, boshqozi hukmdor qabulxonasida Rossiya rezidenti ishtirokida mamlakatda islohotlar o`tkazishga va'da bergan, arrtmo amirning mavjud tuzum asoslariga daxl qilmaydigan va xalqning ahvolini o`nglamaydigan manifestini o`qib eshittirdi.

Manifestda odil sudlov hamda xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish haqida so`z borgan. Sanoat va savdoni rivojlantirishga e'tibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni ijro etganlik uchun qandaydir qo`shimcha muzd olish taqiqlangan holda davlat tomonidan qafiy belgilab qo`yilgan maosh ta'sis etildi.

"Biz tomonimizdan, — deyiladi manifestda, — inchunin, shariat amri bilan mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirish va rag`batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko`riladi". Amir, shuningdek, o`z xazinasidan alohida bo`lgan davlat xazinasi ta'sis etishga va davlat ehtiyojlariga kirimlar va chiqimlar aniq hisoblab boriluvchi budjet belgilashga ham va'da bergandi. Manifestda bosmaxona ochish, zindonlardan mahbuslarni ozod qilish va'dasi berilgan va hatto davlatda o`zini-o`zi boshqarish haqida so`z yuritilgan edi. Ana shu maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi "tiniq fikrli va oqil" odamlardan "assambleya" (majlis) tuzuvchi "niillafni saylash ham mo`ljallangan edi.

Manifest quruq va'dalarsiz hammabop jumlalar bilan tuzilgan bo`lsa-da, jadidlar safiga katta g`ulg`ula soldi. Yoshbuxoroliklar rahnamolari (manifestni amalga oshirish maqsadida tuzilgan qo`mita yoshbuxoroliklar qo`mitasi deb atalgan) keyingi harakatlar borasidagi fikr-mulohazalarda so`zni bir joyga qo'ya olmadilar. Boshqalar, ancha radikal hisoblangan Fayzulla Xo`jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon Xo`jalar yanada chuqur islohotlar talab qilib, zudlik bilan namoyish o`tkazishga da'vat etdilar.

1917-yil 8-aprelda jadidlar Kerki va Buxoroda namoyishlar o`tkazishdi. Buxoroda namoyishga to`plangan 150 kishiga Fayzulla Xo`jayev va Abdurauf Fitrat rahbarlik qilishgan. Shiorlarda "Yashasin, Amir!" qatorida "Hurriyat, Adolat, Musawat!" qabilidagi boshqa daVatlar ham bor edi.

Ammo namoyishga chiqqanlar arKkacha yetib kelishganida ularni amir namoyishchilarga qarshi yo`llagan 200 piyoda va 300 otliq sarboz kutib olgan. Shu bilan birga ark ostonasi islohotlarga qarshi chiqqan ancha uyushqoq mullalar tomonidan egallab olingan edi. Mullalar 7 mingdan ziyod bo`lib, ark tevaragidagi maydon ularning sallalaridan oqarib ko`rinar edi. Mullalar arkka yaqin kelishga botingan har qanday kishini o`ldirishga va'da berdilar. Namoyishchilarga toshlar yog`dirilib, ularni do`pposlay va haqoratlay boshladilar. 30 dan ziyod namoyishchi hibsga olindi, ko`plariga tan jarohati yetkazildi, qolganlari boshqa shaharlarga qochib qutulishdi.

Buxorodagi voqealar jadidlar uchun sergaklantiruvchi saboqqa aylandi. Ma'rifatli hukmdor sifatida tasawur etilgan Sayid Olimxonga e'tiqod abadiy ko`mib tashlandi. Rasmiy islohotlar boshlanmasdan oldin to`xtatildi.

Bu safar amir hukmronligi saqlab qolindi, biroq uning uzil-kesil tugatilishi ikki yilga uzaytirildi, xolos.

Amirlikning qulashi


Ozodlikda qolgan yoshbuxoroliklar yangi Buxoro (Kogon), Chorjo`y va Termizga mamlakatda islohotlar o`tkazish bo`yicha tashviqot ishlarini olib bordilar. Abdurauf Fitrat islohotlarni tinch yo'l bilan o`tkazish haqidagi qarorini o`zgartirmagan holda yoshbuxoroliklarning amaldagi dasturini qayta ishlab chiqdi.Bu davrda "Uchqun" gazetasi va "Tong" jurnali nashr etildi.

1918-yil 1-martda Buxoroga qizil eshelon kirib keldi va amirlik poytaxtini bosib olish uchun tayyorgarlik boshlandi. Yoshbuxoroliklar islohotlar o`tkazish shartini amirdan talab qilib, janglarni to`xtatishga harakat qilishdi. Lekin 2-mart kuni boshlangan janglar amir armiyasining kuchli qarshiligi sababli tezda to`xtatildi/kelishuv to`g`risida Qiziltepa shartnomasi imzolandi.

1920-yil 29-avgustda Chorjo`yda amir hokimiyatiga qarshi xalq qo`zg`aloni boshlandi.', Shaharda tashkil etilgan Inqilobiy qo`mita eski hokimiyatni tugatilganligi va xalq hokimiyati o`rnatilganligi to`g`risida e'lon qildii Chorjo`y harbiy Inqilobiy qo`mitasi qizil armiyadan yordam so`rab murojaat etdi. Amirlik hokimiyatini tugatish uchun 46 ta zamonaviy qurol, jumladan, 10 ta broneavtomobil va 12 ta samolyot bilan qurollangan 7 ming sonli armiya qarshi qo'yildi. Bu armiyaga qarshi amirning miltiqlar, shashkalar, qilich va nisbatan eski qurollar bilan qurollangan 4 ming askari jang olib bordi. Bu ahvolda amir armiyasi jiddiy qarshilik ko`rsata olmadi. Qizil armiya birin-ketin Chorjo`y, Qarshi, Kitob, Shahrisabzni egallab, Buxoroga yetib keldi7Amirlikning poytaxti Buxoro uchun bo`lgan janglar 4 kecha-kunduz davom etdi va 2-sentabr kuni Qizil armiya Buxoroga kirdi. Qadimiy Buxoro olov va vayronalar ichida qoldi. Ayniqsa, ark katta talafot ko`rdi. Minorai Kalonga 10 dan ortiq snaryadlar otildi./Bu vaqtda amir shaharda yo`q edi. Shahar egallanishidan oldin Sharqiy Buxoroga, undan so`ng Afg`oniston tomonga qochib ketdi.

1920-yil 6-oktabrda I Xalq vakillarining umumbuxoro qurultoyida Buxoro xalq sovet respublikasi tashkil etilganligi e'lon qilindi. Birinchi hukumat — Xalq nozirlari kengashiga Fayzulla Xo`jayev boshchilik qildi.



Yakunlarni chiqaramiz

-1910-yil — Sayid Olimxon taxtga o`tirdi;

-1917-yil 7-aprel— islohotlar o`tkazish to`g`risidagi manifest e'lon qilindi;

-jadidlar tomonidan "Yoshbuxoroliklar qo`mitasi" tuzildi;

1917-yil 8-aprel — jadidlarning islohotlarni qo`llab-quwatlovchi namoyishi amir tomonidan tarqatib yuborildi;

-amir islohotlarni davom ettirishdan voz kechdi;

-1920-yil, yanvar — Fayzulla Xo`jayev yoshbuxoroliklar harakatiga rahbarlik qildi;

-1920-yil 29-avgust — Chorjo`yda qo`zg`alon, HIQ (harbiy inqilobiy qo`mita) tuzildi;

-1920-yil 2-sentabr — Qizil armiya tomonidan Buxoro egallandi va Buxoro amirligi tugatildi;

-1920-yil 6-oktabr — BXSR tashkil topganligi e'lon qilindi:

-Birinchi hukumat — Xalq nozirlari kengashi tuzildi.

Buxoro.Bola-hovuz masjidi.XIX asr boshi (lavha)


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə