Mundarija


Qoraqolpog`iston Turkiston-general gubrnatoligi tarkibida



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə20/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36

Qoraqolpog`iston Turkiston-general gubrnatoligi tarkibida


Podsho hukumati armiyasining Xiva xonligiga bosqinchilik yurishidan va Gandimiyon shartnomasi imzolanganidan keyin Amudaryoning o`ng qirg`og`ida joylashgan qoraqalpoq yerlari Rossiya tarkibiga kiritildi. Bu yerda Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo viloyati tarkibiga kiruvchi Amudaryo bo`limi tashkil etildi. Qoraqalpoqlarning chap qirg`oqda yashagan kamroq qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Amudaryo bo`limida qoraqalpoqlar soni qariyb 70 ming kishiga yetar va jami aholining 48,6 foizini tashkil etar edi.

Rossiyadan ko`chib kelgan kishilar qariyb ming kishini tashkil qilar, ular 1875-yilda chorizm ma'muriyati tomonidan armiya xizmati to`g`risidagi yangi nizomga bo`ysunmagani uchun bu yerga ko`chirilgan Ural kazaklari bo`lib, Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To'rtko'l)da, Uralskiy posyolkasida va Nukus qishlog`ida istiqomat qilar edi. Bu kishilar asosan baliq ovlash bilan shug`ullanishgan.

Xiva xonligida esa qoraqalpoqlar soni atigi 3,8 foizni, ya'ni qariyb 25 ming kishini tashkil etar edi. Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo`shib olinishi qoraqalpoqlar ustidan zulmning kuchayishiga olib keldi. Qoraqalpoq xalqiga mansub aholi Xiva xonligida ham shunday haq-huquqsiz edi.

Qoraqalpoqlar yashaydigan hududning har ikkala qismida qoraqalpoqlar xo`jaliklarining 70 foizidan ziyodi batraklik bilan kun kechirishar, ochlikdan o`lib ketmaslik uchun o`ziga to`q qo`shnilariga yollanib mehnat qilishar edi.



Chimboydagi madrasa.XIX asr

Tovar-pul munosabatlari rivojlanishining boshlanishi


Qoraqalpoqlar yashab kelgan hududlarning Rossiya imperiyasiga qo`shib olinishi va Rossiya kapitalining kirib kelishi — tovar-pul munosabatlari va sudxo`rlikning rivojlanishiga olib keldi. Paxta tozalash va baliqchilik sohasida dastlabki sanoat korxonalari paydo bo`la boshladi.

XIX asrning 70-yillarida qoraqalpoqlarning ma'muriy markazi sanalgan Chimboy savdo-sotiq munosabatlari rivojlanishi tufayli qoraqalpoq aholi yashaydigan tumanlarni iqtisodiy jihatdan birlashtirgan bozorga aylandi. Qoraqalpoqlar yashaydigan barcha hududlardan hunarmandlar va dehqonlar bozor bo`ladigan kunlarda o`z mahsulotlarini sotish uchun Chimboyga kelishar edi.

Chimboy Rossiya imperiyasi va Xiva xonligining asosiy iqtisodiy markazlari bilan bog`langan edi. Bu yerda ko`plab do`konlar bo`lib, katta bozor yaqinida yirik karvonsaroy joylashgan edi. Dastlabki kasalxona va maktablar qurilib, ishga tushirildi, ammo ular yetarli emasdi. 1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda atigi to`rtta umumta'lim maktabida 200 nafar o`quvchi o`qir, 21 o`ringa mo`ljallangan ikkita kasalxona va feldsherlik punktida uch shifokor ishlar edi.

1871—1872-yillar ma'lumotlariga qaraganda, urug`ning aksariyat a'zolari chorvaga ega bo`lishmagan, boylar esa 1000 boshgacha qoramol va 1,5 ming boshgacha qo`y-qo`ziga ega edi. Qashshoqlashib qolgan va kasodga uchragan dehqonlar o`z qarindoshurug`lari va qo`shnilariga qaram bo`lib qolishdi. Jamoaning boy-badavlat a'zolari yordam sifatida o`z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi hisobiga — "jarmshi" shartida berishardi. Yersiz va chorvasiz qolgan dehqonlar esa eng ayovsiz tarzda ezib ishlatilardi. Badavlat chorvadorlar va zamindorlar ularni mollaridan va yerdan foydalanganlik uchun ishlab berishga majbur qilishar edi.



Ma`muriy tuzilishi


Qoraqalpoqlar urug`larga va arislarga bo`linar edi. Arislar orasida eng yirigi o`nto`rturug`, kuch borasida ikkinchi o`rinda esa shulluk va joungurni birlashtirgan aris-qo`ng`irot urug`i turar edi.

Urug`lar ovul jamoasiga bo`linar, bunda ham yerdan foydalanish jamoa bo`lib amalga oshirilar edi. Urug`lar sug`orish kanallari qazilishi uchun mas'ul bo`lishgan. Chorva xususiy mulk bo`lgan, ammo unga urug` tamg`asini urishardi va jamoa yaylovlarida boqishar-edi. Qoraqalpoqlar urug` bo`lib yashar edi, har bir ovul aholisi asosan bir urug`ga mansub edi.

Qoraqalpoq urug`larini boshqarish biylar, ya'ni urug` boshliqlari va oqsoqollar hamda ovul oqsoqoli qo`lida edi. Xonlar biylarni tasdiqlar va ularga yorliq (el) berishar edi.

Biyning vazifasiga sudlov ishlari, jazoni amalga oshirish, yig`iladigan soliqlar va majburiyatlarni urug`lari orasida taqsimlash kirar edi.


Soliq va iyg`imlar


Ayrim biylar xonga katta ta'sir o`tkaza olar, ba'zilariga esa qo`shin saqlashga ham ruxsat berilgan edi. Ammo buning uchun ular xonning barcha talablariga so`zsiz bo`ysunishlari kerak edi. Qoraqalpoq zodagonlari xonlikning hukmron tabaqasi bilan yaqin aloqada bo`lgan.

Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo`lishi uchun Xiva xoni Muhammad Rahim Bahodirxon "qoraqalpoq ulusi"ni shakllantirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirgan edi. Ulusni boshqarish xonning ixtiyorida edi. Urug`lar va qabilalar ancha yirik guruhlarga birlashtirildi, ularni boshqarish uchun esa xon saroyining oliy amaldorlari — otaliq va beglarbegi tayinlandi. Ayrim viloyatlarni boshqarish uchun tayinlangan hokimlar odatda hukmdorning yaqin qarindoshlari ham bo`lgan.

Ruhoniylar va darveshlar tariqati pirlari hisoblangan eshonlar, Xiva xonlarining alohida homiyligida bo`lgan. Qozilar ruhoniylar nazorati ostida bo`lishgan. Sudlarning ikki turi — shar'iy qozilar sudi va biylar sudi mavjud edi. U holda ham, bu holda ham sud hukmi tamomila qozi nazoratida bo`lgan. Ruhoniylar hukmron sinfning bir qismi edi. Hojilar, ya'ni qarindoshlaridan biron-bir vakil Makkaga hajga borib kelgan urug`lar va eshonlar yirik yer egalari yoki chorvadorlar bo`lishgan. Dehqonlar katta-katta soliqlarni to`lashar va majburiyatlarni bajarishar edi. Birinchi navbatda, chorvaning qirqdan bir qismini tashkil etuvchi zakotni to`lash kerak edi. Bundan tashqari, yer solig`i — solg`ut ham mavjud bo`lgan. Biylar o`z soliqlarini odatda ovul jamoasi bo`yniga yuklashardi. Ruhoniylar foydasiga — ushr solig`i undirilgan.

Soliqlarni to`lashdan tashqari, qoraqalpoqlar ko`pincha soliqlardan og`irroq bo`ladigan turli majburiyatlarni ham bajarishlari shart edi. Har bir xo`jalik har yili xon foydasiga bitta mehnatchi — qazuvchini 12 kunga o`z asbob-uskunalari bilan jo`natishi lozim bo`lgan. Xon mulklarining ayrimlarida sug`orish tizimi ishlarida istisno tariqasida faqat qoraqalpoqlarni ishlatishar, shuning uchun ham ularni maxsus ana shu tumanlarga ko`chirishgan edi. Harbiy majburiyatlar ham og`ir yuk edi. Urush ro`y bergan taqdirda qoraqalpoqlar bir mingdan ikki mingacha navkar berishi kerak edi. Xivaliklar da'vati bilan bo`lgan janglarda qoraqalpoqlar jasurligi, matonati va harbiy burchga sadoqati bilan ajralib turar edi.




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə