Mundarija


Dehqon va hunarmandchilikning ahvoli



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə18/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36

Dehqon va hunarmandchilikning ahvoli


Turkistondagi paxtaga bo`lgan yuqori talab o`rta Osiyo iqtisodiyotida tub o`zgarishlarni keltirib chiqardi. Paxta Turkiston dehqonlarining asosiy mahsulotiga aylandi. Sug`oriladigan yerlarda paxta ekishning ko`payishi dehqonlar ahvolining yomonlashuviga olib keldi. Donli ekinlar va sabzavot ekish uchun ajratiladigan yer maydoni kamayib bordi. Masalan, Farg`ona vodiysida sug`oriladigan yerlarning 50 foizi paxta bilan band qilindL Qishloq aholisi qatlamlarga ajrala boshladi. Bir tomondan yersiz dehqonlar, ya'ni qishloq yollanma ishchilar soni o`sib bordi, ikkinchi tomondan esa sudxo`rlarning tor qatlami, "Besh-bosh" shirkati yoki Vadyayevlar uyi bilan hamkorlik qilgan savdogar yer egalari soni oshib bordi.

Mardikorlik Farg`ona vodiysida keng rivojlandi. Mardikorlar bir kunga o`z ketmoni bilan kuniga 10 soatdan ishlaydigan yollanma kunbaychilar, asosan yersiz dehqonlar edi. Ularga ish haqi kelishuv asosida to`lanardi. Yollanishning boshqa shakli chorakorlik bo`lib, u bilan ham yersiz dehqonlar shug`ullanishardi.

Chorakor, odatda, oilasini o`z yurtida qoldirib, yirik yer egalaridan ijaraga yer olib ishiash uchun 7—8 oyga ketardi. Yer egasi ekish uchun unga urug`lik berardi, mardikor yollardi, mehnat qurollari, yashash uchun joy, oshxona anjomlari bilan ta'minlar edi. Chorakor esa chigit ekishdan boshlab hosil yig`ib-terib olinguncha dalada ishlardi. 1916-yilga kelib, qishloq aholisining 80 foizini mardikorlar va chorakorlar tashkil qilgandi.

Yerga egalikni saqlab qolgan boshqa dehqon xo`jaliklarining ham ahvoli og`ir edi. Ular kreditga pul va urug`lik olib, qaytara olmas, shuning uchun yanada og`irroq shartlar asosida yangi qarz olishga majbur bo`lishardi. Qarz yildan-yilga o`tib, foizlar ortib borar, ko`pincha bu ish yerni tortib olish yoki sotish bilan tugardi. Dehqonlar mardikor yoki chorakorga aylanib borishardi. Birinchi jahon urushi davriga kelib, Turkiston dehqonlari to`liq xonavayron bo`lish yoqasiga kelib qolishgandi. Dehqonlarning 50 foizi qarz domiga tushib qolgan, har yili xonavayron bo`lgan 500 ta dehqonning yeri arzimagan pulga sotilardi.



Qo`qondagi aka-uka kVadyayevlar zavodi

Sanoat rivojlanishi


Sanoatda ham ahvol unchalik yaxshi emas edi. Paxta "vasvasasi"gacha Turkistonda yirik sanoat ishlab chiqarishi amalda yo`q darajada edi. Mahalliy ishbilarmonlarning faolligi mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishga asoslangan edi.

XIX asr oxirida o`lkada mahalliy sanoat rivojlana boshladi. U Rossiya sanoatining agrar-xomashyo qo`mitasi sifatida sof mustamlaka xususiyatiga ega edi. Korxonalarining 70 foizini paxta tozalash sanoati, 7 foizini moy ishlab chiqarish korxonalari, 5 foizini oziq-ovqat sanoati tashkil etardi. Sanoat o`ta zaif rivojlangandi, ayni mahalda u bir yoqlama xususiyatga ega bo`lib, asosan Rossiya irnperiyasi ehtiyojlari uchun xizmat qilardi.

Ishlab chiqarishning bunday xususiyati Turkistonning Rossiya bilan savdo munosabatlariga ham ta'sir etardi. Rossiyadan un, bug`doy, javdar, oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, to`qimachilik matolari, ip-gazlama buyumlar, jun, shoyi keltirilardi. 1867— 1900-yillarda Turkistonda 175 ta sanoat korxonasi ishga tushirildi, ularning 80 foizi paxtani birlamchi qayta ishlash bilan shug`ullanardi.

Turkistonda don yetishtirish keskin kamaydi, bu hol aholini oziq-ovqat mahsulotlarini Rossiyadan keltirilishiga bog`liq qilib qo`ydi. Kambag`allashgan dehqonlar o`z yer uchastkalarini sotishga majbur bo`lishdi, bu kam yerli va yersiz dehqonlar soni keskin ko`payishiga olib keldi.

Turkistonning Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylanishi dehqonlarnigina emas, hunarmandlar ahvolini ham og`irlashtirdi. Rossiyaga tashib ketilgan paxta gazlama, satin sifatida Turkistonga qaytarilardi, bu esa o`z buyumlarini o`rta Osiyogagina emas, balki qo`shni chet mamlakatlarga ham yetkazib berib turgan o`n minglab to`quvchilar sulolalarini tirikchilik manbaidan mahrum qilib, mahalliy hunarmandchilik sanoatini xonavayron qilardi.

Rossiya kapitali Turkistonni o`z sanoat mollarini sotadigan monopol bozorga aylantirib, uni jahon bozoriga jalb etdi, biroq Rossiya tovarlarining keltirilishi asrlar davomida mavjud bo`lgan mahalliy hunarmandchilikni siqib chiqardi. Boshqa tomondan Rossiya kapitali Turkistonning metropoliyaga qaramligini kuchaytirish uchun ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga to`sqinlik qilardi. Shunday qilib, Rossiya kapitali mustamlaka xo`jalikka yangi bozor munosabatlarini joriy etib, Turkiston xo`jaligining natural shaklini, uning biqiqligini buzdi.



Yakunlarni chiqaramiz

-1874-yil — Turkistonda Davlat bankining Toshkent bo`iimi ochildi;

-1881-yil - birinchi o`rta Osiyo tijorat banki ochildi;

-temiryo'1 qurildi — Samarqand — Toshkent — Andijon;

-aholi sudxo`rlar tomonidan talandi;

-qishloqlarda chorakorlar asosiy ishlab chiqaruvchi kuch bo`lib qoldi;

-1884-yil — yangi paxta navi yaratildi;

-qishloq xo`jaligi bozor uchun ishlay boshladi;

-Rossiya kapitali mahalliy sanoatni cheklay boshladi.

20-21-§. XIX ASR OXIRLARIDA TURKISTON o`LKASIDAGI MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI

Toshkentda "VABO ISYONI"


XIX asr oxirida Turkiston o`lkasi Rossiya imperiyasidagi milliy-ozodlik harakati markazlaridan biriga aylanib bordi. U g`alayonlar o`lkasi bo`lib qoldi va podsho hokimiyati bu milliyozodlik harakatini bostira olmadi.

1872-yiliyoq Toshkent uyezdining Qorasuv daryosi bo`yida dastlabki g`alayonlar bo`lib o`tdi, mustamlakachi amaldorlarning hokimiyatni suiiste'mol qilishi bunga sabab bo`ldi. 1885-yilda Andijon va Marg`ilon uyezdlarida, 1893yilda Qo`qon va Namangan uyezdlarida dehqonlar g`alayonlari bo`lib o`tdi.

Toshkentda 1892-yil mayda boshlangan va 2 mingdan ziyod kishining umriga zomin bo`lgan vabo epidemiyasiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar eng yirik xalq qo`zg`alonlaridan biriga sabab bo`ldi.

Toshkent shahrida vabo birinchi marta 1872-yilda tarqalgan edi. o`shanda ham 2 mingdan ortiq odam bu dahshatli yuqumli kasallikdan vafot etgan edi. 1892-yil vabo Qobul va Hirotda paydo bo`ldi. 1-iyunga kelib vabo Samarqand viloyatining Jizzax uyezdiga tarqaldi.

7-iyunda Toshkentda dastlabki kasallanish qayd etildi, 14-iyunda esa vabo butun shaharga tarqaldi. Ma'muriyat epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar ko`ra boshladi. Shahar shifoxonasi vabo kasalxonasiga aylantirildi. Shaharga kirish cheklab qo`yildi. Vafot etganlarni faqat tibbiyot xodimi ko`zdan kechirgandan so`ng maxsus vabodan o`lganlar qabristoniga ko`mish to`g`risida buyruq chiqarildi. Shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli tekshiruv ko`pincha uchinchi yo to`rtinchi kuni o`tkazilar edi. Va'da qilingan to`rtta qabristondan faqatgina bittasi ochildi, u ham shaharning bir chekkasida edi.

Shahar bo`ylab podsho hokimiyati ma'murlari suvni, rus shifokorlari bemorlarni qasddan zaharlayotgani, murdalar qabrlardan chiqarib tashlanayotgani to`g`risida mish-mishlar tarqaladi.

Garchi uning asosiy sababi mehnatkash ommaning og`ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarni ayovsiz ezib ishlatilishi, narxlarning to`xtovsiz o`sib borishi, shahar amaldorlari hokimiyatni suiiste'mol qilishi, turli darajadagi amaldorlarning tovlamachiligi va hokazolar bo`lsa-da, biroq yuqoridagi "mish-mish"lar qo`zg`alonga sabab bo`ldi.

Qo`zg`alon 1892-yil 24-iyunda boshlandi. Dastlab u mahalliy aholining boy-badavlat zodagonlarga qarshi, hokimiyatni suiiste'mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oqsoqoliga qarshi qaratilgan edi. Qo`zg`alonchilar asosan mardikorlar va hunarmand kosiblardan iborat edi.

Bu voqeani o`z ko`zi bilan ko`rgan zamondoshlaridan biri shunday yozadi: "Olomon umuman isyon ko`tarishni yoki ruslarga qarshi qandaydir zo`ravonlik qilishni istamasdi. Uning maqsadi bu kamsitishlarni bas qilishga erishish edi. Olomon shaharning ruslar yashaydigan qismiga, shahar boshlig`i Putintsevga chora ko`rish to`g`risida iltimos bilan yo`lga tushdi. Olomonda o`qotar yoki boshqacha qurol ham yo`q bo`lib, ular chamasi 400 kishi edi".

Qo`zg`alon ruslarga qarshi qaratilmagan bo`lib, birorta rus idorasi, rus do`koniga bostirib kirilmadi va bironta ham rus kishi aziyat chekmadi. Ammo shahar boshlig`i polkovnik Putintsevning kuch ishlatish to`g`risidagi buyrug`idan keyin qo`zg`alonchilar uning devonini tor-mor etishdi va o`zini kaltaklashdi, Toshkent oqsoqolining uyiga o`t qo`yishdi.

Qo`zg`alonni bostirish uchun kazaklar polki va bir rota askar chaqirildi. Ular qurolsiz olomonga qarata o`q uzishni boshlashdi. 60 kishi tergov qilinib qamaldi. Ulardan 8 tasi o`limga, qolganlari esa turli muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Qo`zg`alon ishtirokchilarini jazolash chor ma'muriyatining mustamlakaga aylangan hududda ommaviy harakatlarni shafqatsiz va ayovsiz usullar bilan bostirishdagi qat`iyatini namoyish etdi. Qo`zg`alon sabablari yo`qotilmadi, bu esa yanada keng ko`lamli qo`zg`alonlarga olib keldi.




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə