Mundarija



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə17/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36

Temir yo`l qurilishi


Turkistonning boyligini transport tizimini rivojlantiribgina tashib ketish mumkin edi. Millionlab toy paxtani karvon yo`llaridan olib ketish qiyin edi va qimmatga tushar edi. Yuklarni arzon va oson yo'1 bilan tashib ketish uchun temiryo'1 talab qilinardi. Turkistonda birinchi temiryo'1 1880-yil iyunda qurildi. General Skobelev Krasnovodskdan Qizilarvatga artilleriyani tashib olib borish uchun qum orqali 70 km uzunlikda birinchi temiryo'1 qurishni buyurdi. 1881-yilda temiryo'1 Qizilarvatgacha yetib bordi va uning uzunligi 217 km ga yetdi. Bu paytda poyezdlarni otlar tortmasdi, ular bug` vositasida yurardi. 1885-yil may oyida temiryo`lni Ashxobodgacha yetkazish bo`yicha qurilish ishlari boshlandi. 1888-yil noyabrda Amudaryo ustiga ko`prik qurildi va uning ustidan Samarqandga birinchi poyezd o`tdi. 1898—1899-yillarda Toshkent va Andijongacha bo`lgan oraliqda temiryo'1 qurilishi yakunlandi. 1906-yilda Orenburgdan Toshkentga qadar 2 ming km dan ziyod uzunlikdagi temiryo'1 ishga tushdi. 1914-yildan 1916-yilgacha Namangan — Jalolobod — Farg`ona — Andijon — o`sh temiryo`li qurib bitkazildi, bu yo'1 Rossiyani Xitoy chegaralarigacha olib chiqardi. Endi Farg`onadan Moskvagacha yuk tashish vaqti bir yarim oydan 4 sutkagacha qisqardi. Ayni shu paytda Samarqand — Buxoro — Qarshi — Termiz temiryo`l qurilib, Rossiya Afg`oniston chegaralarigacha chiqish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Temiryo'1 qurilishi ikki xil ahamiyatga ega edi. Bir tomondan, temiryo'1 paxtakor mintaqalar yaqinidan o`tar va u yerlardan paxta, foydali qazilmalar, rangli metallarni tashib ketish oson bo`lar edi. Turkistondan Rossiyaga paxta, sholi, mevaqoqi, paxta moyi, neft, mazut, kerosin, tuz, ipak, jun va boshqa ko`plab narsalar tinmay tashib ketilardi. Ikkinchi tomondan, temiryo'1 harbiy ahamiyatga ham ega edi. U Krasnovodskdan Andijongacha borar, bu yo'1 orqali qo`zg`alonlarni bostirish uchun qo`shinlarni bir o`lkadan boshqasiga tezlik bilan yetkazish imkoniyati yaratilgan edi.



Qirqim-Temir yo`l vagonlari

Shaxarlarning rivojlanishi


Podsho Rossiyasi mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishiga to`g`anoq bo`lardi. Chunonchi, podsho amaldori graf Palen bunday deb yozgandi: "Rossiya Turkistonga egalik qilayotganiga 40 yil bo`lganiga qaramay, tabiiy sharoitiga ko`ra juda boy, Rossiyaning paxta koni bo`lgan bu o`lka sanoat kapitali bilan jonlantirilgani ko`zga tashlanmaydi, sanoat va savdo-sotiq o`sha-o`sha boshlang`ich holatda, yer va yer osti bo`m-bo`sh".

Toshkent, Samarqand, Qo`qon, Namangan, Andijon, Xo`jand, Kazalinsk, Chimkent Turkistonning yirik shaharlari edi. Harbiy shaharchalar ham bunyod etilib, ularga dastlab rossiyalik harbiylar, amaldorlar va savdo ahli kelib o`rnashardi. Kazalinsk, Petro-Aleksandrovsk, Skobelev, Chernyayevka shunday shaharlardan edi.



XX asr boshida Rossiyadan ko`chib kelgan aholi hisobiga Turkistonda shahar aholisi soni ko`paydi. Masalan, 1910-yilda Toshkentda 210 ming, Qo`qonda 113 ming, Samarqandda 89 ming kishi yashar edi. Kelgindi aholi alohida kvartal (mahalla) bo`lib joylashardi. Chunonchi, Toshkentning markazidan oqib o`tuvchi anhor shaharni eski (musulmon) va yangi (rus) qismlarga bo`lgandi. Yangi mavzelarda ko`chalar keng qilib qurilgan, batartib bog`lar barpo etilgan, suv quvuri (vodoprovod) o`tkazilgan edi. 1909-yilda birinchi elektr stansiya qurildi. Uch yildan keyin esa shahar elektr bilan yoritildi. 1913-yildan boshlab, elektr vositasida yuradigan tramvay paydo bo`ldi.

Tramvay izining uzunligi 23 km edi. Shaharlarda barcha farmonlar, buyruqlar, farmoyishlar va yo`riqnomalar rus tilida chiqarilar, buning natijasida shaharlar ru siyzabonlashib bormoqda edi. Mahalliy aholi bu yerda yashashga ko`nikolmay, eski shaharlardan uy-joy topishga majbur bo`lardi.

Kolizey”-Toshkentdagi sirk teatr

O`lkaning Rossiya imperiyasi xomashyo qomitasiga aylanish


Amerika paxtasi narxining ko`tarilishi va uni keltirish bilan bog`liq qiyinchiliklar podsho hokimiyatini paxtani Turkistonda yetishtirishga kirishishga majbur etdi. Mahalliy paxtaningawalgi navlari Rossiya to`qimachilik fabrikalari uchun yaroqsiz edi. UlarAmerika paxtasiga mo`ljallangan ingliz mashinalari bilan jihozlangandi. General-gubernatorning farmoyishi bilan Toshkentyaqinida tajriba-seleksiya bazasi ochildi. Buyerda 1884-yilda Amerika paxtasi va mahalliypaxta navlarini chatishtirish yo`li bilan yanginav yaratishga erishildi. Uning sifati har ikkalanavnikidan ham yaxshiroq bo`lib chiqdi. "Kudrin va K°" savdo uyi butun hosilni sotibolib, o`sha yilning o`zida Rossiyaga dastlabki 8toy paxtani olib ketdi. Keyingi yili dastlabki 300desyatina yerga yangi paxta navi chigiti ekildi.Samara kutilganidan ham yaxshiroq bo`ldi — bupaxta navi o`sha davrda hosildorligi va sifatibo`yicha eng yaxshi ko`rsatkichga ega bo`libchiqdi. 1886-yilda - 12 ming, 1890-yilda - 59 ming, 1900-yilda - 191 ming,1910-yilda esa 350 ming desyatina yerga ushbu paxta navidan ekildi.Turkiston Rossiyaning paxta mustaqilligini ta'minladi. 1907-yilda Ros-siyaning to`qimachilik fabrikalariga 5 mln pud paxta tolasi tashib ketildi,bu ularning ehtiyojini to`liq qondirdi. Paxta dalasi — paxta tozalash zavodi (Turkiston) to`qimachilik fabrikasi (Rossiya) tarzida paxtachilik agrar va sanoat majmuasi (kompleksi) tarkib topdi. Paxta yetishtirish uchun maqbul joy hisoblangan Farg`ona vodiysi asosiy paxta yetishtirish bazasi bo`lib qoldi. Vodiyda Turkistondan Toshkent va O'rta Osiyo temiryo`li orqali Moskva, Yaroslavl, Ivanovo-Voznesensk, Riga, Lodzi (Polsha) shaharlari to`qimachilik fabrikalariga to`g`ri olib ketiladigan jami paxtaning 85 foizi yetishtirilar edi.

Paxta Rossiya va Turkiston iqtisodiyoti integratsiyalashuvining asosi bo`lib qoldi. Uning ko`paytirilishi Rossiya kapitalini jalb qildi. Paxta yetishtirish va sotib olish bilan kamida 30 ta eng yirik savdo idoralari shug`ullahdi. Rossiyadagi eng yirik banklar — Rus-Osiyo, Moskva savdogar va Davlat banklari uning asosiy kreditorlariga aylandi. Biroz keyinroq Poltava va Nijegorodsk— Samara yer banklari bu yerda o`z bo`limlarini ochdilar.

Paxta integratsiyasi kapitalning konsentratsiyalashuviga hamda paxta yetishtirish va sotish bo`yicha yirik savdo-ishlab chiqarish kompaniyalari ochilishiga olib keldi. 1913-yilda "Besh-bosh" gigant paxta-moy shirkati tuzildi, u Turkistonda yetishtiriladigan paxtaning 30 foizini sotib olar, 80 ming tonnagacha paxta tolasini tashib ketar va 160 ming tonna urug`ga ishlov berardi. "Besh-bosh" ixtiyorida 29 ta paxta tozalash zavodi bor edi. Farg`ona vodiysining o`zida 30 ta paxta tozalash zavodi bo`lgan va har yili 118 ming tonna paxta sotib oladigan aka-uka Vadyayevlar savdo uyi uning raqobatchisi edi. 1916-yilda Vadyayevlar Ivanovo-Voznesensk manufakturasini qo`lga kiritib, to`qimachilik buyumlari ishlab chiqarish bo`yicha Yevropada eng qudratli kombinatni tashkil qilishdi, Farg`ona vodiysi paxta dalalari, temiryo'1, paxta tozalash zavodlari hamda Ivanovo-Voznesensk to`qimachilik zavodlari uning tarkibiy qismi edi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə