Mundarija


-§. SUDLOV TIZIMINING TASHKIL ETILISHI SUDLOV TIZIMINING O`ZIGA XOSLIGI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə15/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36

17-§. SUDLOV TIZIMINING TASHKIL ETILISHI SUDLOV TIZIMINING O`ZIGA XOSLIGI


Har bir mustamlakachi davlat mustamlakachilik manfaatlarini himoya qilish uchun xattiharakatlari va olib boradigan siyosatini huquqiy asoslash maqsadida o`z sudlov idoralarini tashkil qilgan. Sud idoralari yana boshqa bir ahamiyatga ham ega edi: ular asoratga solingan davlatni metropoliya (mustamlakachi markaz; Rossiya)ga huquqiy rishtalar bilan chambarchas bog`lab tashlashi va tobora an'anaviy huquqiy munosabatlarni siqib chiqaruvchi mustamlakachi davlat qonunlari bo`yicha yashashga majbur qilishi lozim edi. Masalan, Angliya Hindistonda ingliz huquqshunoslik tizimini joriy etgan. Yirik hind huquqshunoslari, advokatlari ingliz huquqshunoslik maktabida ta'lim olishdi, Angliyaning eng yirik universitetlarida tahsil ko`rishdi, ko`p hollarda o`zlarini ingliz mustamlakachilik boshqaruv tizimi bilan bir umrga bog`lashdi.

Rossiya boshqacha yo`ldan bordi. 1867-yilgi "Nizom" loyihasi Turkiston o`lkasida o`ziga xos sudlov tizimini amalga kiritdi. U quyidagi pog`onalarni o`z ichiga olgan edi: qozilar sudi va "xalq" sudlari, uyezd sudlari, muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari, viloyat boshqaruvining sud bo`limlari va Devonning sudlov bo`limi.

Xonlik (amirlik)larda shariat sudlari yoki keyinchalik rus tadqiqotchilari atay boshlaganidek, qozilik sudlari (qozixona)ning mavjudligi ularningjamiyat-davlat tuzilishining juda muhim elementi edi. Dunyoviy huquq nuqtayi nazaridan sudlar qafiy sud muassasasi emasdi: ularning tergov, prokuratura va advokatura organlari yo`q edi. Biron-bir joyda qozilarni tayinlash, ishdan olish va ularning soni xon (amir) yoki bek (viloyat, muzofot hokimi)ning ixtiyoriga bog`liq edi.

Davlat boshlig`i qozikalonni tayinlar, u boshqa qozilarning boshlig`i hisoblanardi. Biroq u o`ziga tobelarning ishiga aralashmasdi. Qozilar chiqargan qaror uzil-kesil bo`lib, apellatsiya ko`zda tutilmagan edi. Qiyinchilik yuzaga kelgan chog`dagina qozi ishni ko`rib chiqish uchun qozikalonga berishi mumkin bo`lgan. Qozikalon esa ishni ko`rib chiqishni ilohiyotchi olimlar hukmiga havola qilgan. Qozilar qat'iy belgilangan uchastkaga ega bo`lishmagan; har bir da'vogar o`zi ishongan qoziga murojaat qilgan. Sud jarayoni munozarali, ommaviy va oshkora o`tgan. Qozi sud majlisi boshlanishidan oldin tomonlarga kelishib olishni taklif etar edi. Bu taklifdan bosh tortilsa, qozi ularga qasam ichirib, tomonlarning arzini, guvohlarning ko`rsatmalarini tinglagan, so`ng qaror chiqargan va bu qaror mahalliy hokimiyat tomonidan zudlik bilan ijro etilgan. Qozilar davlatdan maosh olishmagan, balki o`zlariga murojaat qilganlardan kelgan pul tushumlari hisobiga kun ko`rishgan.

Rossiya shu yo`sinda musulmon mamlakatlari uchun an'anaviy bo`lmish musulmon huquqi —fiqh, oila huquqi — odat va xususiy huquq — shariat asosida sud qilgan qozilar sudining qonuniyligini tan oldi. Bu samarali taktik qadam bo`lib, mustamlaka ma'muriyati ishonchini qozongan mahalliy sudyalarga hal qilishni topshirgan va ko`plab xususiy mojarolardan yiroq bo`lishiga harakat qilgan.

Sud organlarining faoliyati


Qozilar, ya'ni sudyalar vakolatlariga da'vo hajmi 100 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini ko`rib chiqish kirar edi. Ancha yirik da'volar esa qozilar va biylar qurultoyida ko`rib chiqilardi, bu yig`ilishlarni xalq sudyalari qurultoyi deb ham atashardi. Bular da'vo hajmi 1000 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini hal qiluvchi ikkinchi bosqich sudlari edi. Ayni mahalda qozilar sudi, "xalq" sudyalari, ya'ni birinchi bosqich sudi tomonidan qonunga xilof qaror qabul qilingan taqdirda shikoyat qilinuvchi keyingi bosqich sanalar edi. Bundan tashqari, uchinchi bosqich sudlari turli volostlar va uyezdlar aholisi o`rtasida yuzaga keluvchi bahsli ishlarni hal qiluvchi "xalq" sudyalarining favqulodda qurultoylari ham mavjud edi.

Shariat musulmon xususiy huquqining asosiy me'yori hisoblanar edi. Qonunshunoslar aniq bir holatga nisbatan qo'1lash mumkin bo`lgan qoidalarni Qur'oni karimdan izlab topishi lozim edi. Ana shu qoidalarga asoslanib, rivoyat xulosalar yozib berishar va sudyalar o`z qarorlarida ana shu rivoyatlarga amal qilishar edi.

Qozilar va ularning devoni — qozixonalar soni shaharlarda aholisi nufuzidan kelib chiqib belgilanardi. Toshkent shahrida to`rt dahaning har biridan bittadan to`rt nafar qozi, Samarqand shahrida ikki nafar qozi, qishloq tumanlaridan esa bitta qozi volostga saylanar edi. Qoida tariqasida, qozi yoki biy lavozimini obro`siga dog` tushirmagan va yetarlicha shariat bilimlarini egallagan musulmon egallashi mumkin edi.

Odatda qozi mansabiga o`z oliyjanobligi, donoligi, xolisligi va halolligi bilan alohida ajralib turuvchi kishi saylangan. Qozilar o`zlariga murojaat qilgan taraflar oldida beg`araz bo`lishi va ulardan pul, sovg`a, har xil beminnat xizmatlarni qabul qilmasligi shart edi. Qozi mansabiga saylangan badavlat kishi uchun pul ta'minotidan voz kechgan holda o`z vazifasini bajarish sharaf sanalar edi.

Turmushiga zarur ne'matlarni o`z mehnati bilan ishlab topgan yoki qisman savdo-sotiq bilan shug`ullangan va mustaqilligini saqlab qolish uchun nafaqat da'volashayotgan tomonlardan, balki hokimiyat tomonidan beriladigan pul ta'minotidan ham voz kechgan qozilar bo`lgan.

Turkiston o`lkasida istiqomat qiluvchi rus aholisi uchun vaqtinchalik harbiysud komissiyalari joriy etildi. Shuningdek, bu komissiyalar mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan siyosiy jinoyatlar va hokimiyatga qarshi jinoyatlarni ko`rib chiqar edi.

Viloyat va o`lka sudlari vazifalari general-gubernatorlik devoni va boshqarmalari zimmasiga yuklangan edi. General-gubernator prokuror va oliy sud vazifasini bajarib, o`z manfaatlarini ko`zlagan holda hukm chiqarar edi.

XIX asrning oxirida sudlov jarayondagi o`zgarishlar


Sudyalar saylab qo`yilishining joriy etilishi vaziyatni tamomila o`zgartirib yubordi. Saylovlar tevaragida ko`pincha zo`ravonlarcha xatti-harakatlar hamda ur-sur bilan kechadigan kelishmovchiliklar va nizolar boshlandi. Agar mustamlaka zamoniga qadar lavozimga tayinlash nomzodlarni yaxshilab tanlab olish, aholi orasida uning ishonchga sazovorligi va munosibligi e'tirof etilishi asosida bo`lsa, saylab qo`yish tizimi bu talabni bo`shashtirib yubordi. Endi hamma narsa nomzodning mustamlakachi ma'muriyatga sodiqligiga bog`liq bo`lib qolgan, saylov natijalarini ham uning o`zi tasdiqlar edi. Saylovlar hammavaqt ham xolis bo`lmas va aholi fikrini aks ettirmas edi.

Qozilik va biylik serfoyda mansabga aylandi. Qozilar va biylar mustamlakachi ma'muriyat qaramog`iga o`tishdi va unga xizmat qila boshlashdi. Albatta, mustamlakachi ma'muriyat ularning faoliyatiga aralashmas, ammo qozilar va biylar saylab qo`yilishining o`ziyoq ularni Turkiston o`lkasi ma'murlarining sadoqatli xizmatkorlariga aylantirdi.

1886-yilgi "Nizom" Turkiston o`lkasi sud tizimiga katta o`zgartirishlar kiritdi. Qozilar sudi saqlanib qoldi. Uyezd sudlari bekor qilindi va ularning o`rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi. Viloyat boshqaruvining sud bo`limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi. Sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi. Viloyat sudlari jinoiy va fuqarolik ishlarini hal etar edi. 1898-yilda sudlov tizimida yangi o`zgarishlar joriy etildi. "Turkiston o`lkasi viloyatlarida sud nizomlarini qo`llash qoidalari"ga muvofiq viloyat sudlari tugatildi va ularning o`rniga okrug sudlari va butun Turkiston o`lkasi Bosh sud bosqichi huquqlari bilan mustahkamlangan Toshkent sud palatasi tuzildi. Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sud bosqichi — hukumat Senatiga bo`ysunar edi.

Okrug sudlari Turkiston o`lkasining besh viloyatida joriy etildi. Ularning tarkibi sud raisi, uning o`rinbosari va sud a'zolaridan iborat bo`lgan. Jazo chorasini sudyalar va ikki sud a'zosi tayinlardi. Ularning qarori ustidan apellatsiyani Rossiyada oliy kassatsion instansiya bo`lgan hukumat Senati ko`rib chiqar edi.

Birinchi jahon urushi boshlanishidan oldin shariat sudlarining roli va ahamiyati to`g`risidagi uzoq munozaralardan so`ng Turkiston o`lkasida ularni bekor qilish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu haqidagi xabar tub aholinigina emas, balki rus ma'muriyatining shu o`lkaga mehr qo`ygan va yaxshi bilgan vakillarining ham g`azabini keltirdi. Shunday qilib, sud islohoti Turkiston o`lkasining butun sud tizimini to`g`ridan-to`g`ri markaziy hukumatga bo`ysundirdi. Endi Turkiston o`lkasi huquqiy masalalar bo`yicha Peterburgga qaram bo`lib qolgan edi.

Yakunlarni chiqaramiz

-1867-yildan yangi sudlov tizimi joriy etildi;

-Rossiya imperiyasi tomonidan qozilarning shariat va fiqh asosidagi sudi e`tirof etildi;

-sudlar saylab qo`yilishi joriy etildi;

-Yevropa millatlariga mansub aholi uchun muvaqqat harbiy sud komissiyalari ish yuritar edi;

-general-gubernator prokuror vazifasini ham bajarar edi;

-1886-yil — Turkiston o`lkasi sudlov tizimiga o`zgarishlar kiritildi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə