Mundarija


QOQONDA QOZG`ALONNING BOSTIRILISHI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə11/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36

QOQONDA QOZG`ALONNING BOSTIRILISHI


Qo`qon xonligini bosib olish uchun bahona bo`ldi. Qo`zg`alonchilar qo`shini qo`mondoni vazifasini o`z zimmasiga olgan Abdurahmon Oftobachi Xo`janddan 50 km masofada joylashgan Mahram qal`asini egalladi. Unga qarshi yurishga general Kaufman boshchilik qildi. Uning qo`mondonligi ostidagi qo`shinlar Abdurahmon Oftobachiga qarshi 1875-yil 22-avgust tongida Mahram qal'asiga hujum qildi. Jang kun bo`yi davom etib, ustunlik goh u tomonga, goh bu tomonga o`tib turdi. Podsho qo`shinlari kazaklar qismlaridan general Skobelev qo`mondonligi ostidagi piyodalar va general Golovachov qo`mondonligi ostidagi artilleriya harakatlarini qovushtirib, ulardan mahorat bilan foydalanishdi.

Qipchoq otliq sarbozlari va Marg`ilon lashkarlari mahalliy hukmdorlarga qarshi harbiy harakatlar olib borishda katta tajribaga ega bo`lgan muntazam qo`shinlarga bas kelolmadi. Shu kuni kechqurun Abdurahmon Oftobachi Marg`ilon tomon chekindi.

Podsho qo`shinlari ham ancha zaiflashib qolgandi. Ular harakatni davom ettirishga tayyorgarlik ko`rish uchun Mahramda uch kun qolishga majbur bo`lishdi. 7-sentabrga kelibgina Kaufman yo`lga chiqdi va 11-sentabrda Qo`qonga yetib bordi. Yangi xon Nasriddinbekning qurolli kuchlari bo`lmagani uchun u qarshilik ko`rsata olmadi. 1875-yil 16-sentabrda Kaufman o`z qo`shini bilan shahar bo`ylab o`tdi va Qo`qon yaqinidagi bog`larga joylashdi.

Marg`ilon, Mingtepa, Qorasuv yaqinida bo`lib o`tgan janglarda muntazam qo`shinlarning ustunligi ma'lum bo`ldi va Nasriddinbek mag`lubiyatga uchradi. 1875yil 22-sentabrda Nasriddinbek Marg`ilonda Kaufman bilan shartnoma imzoladi. Ushbu shartnomaga ko`ra u Kaufman ruxsatisiz harbiy harakatlar olib bormaslikka, Sirdaryoning o`ng sohilidagi hududlar Namangan va Chust shaharlari bilan birga Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o`tishiga rozi bo`ldi. Farg`ona vodiysining bosib olingan yerlarida I. Skobelev boshchiligida Turkiston general-gubernatorligining Namangan bo`linmasi tuzildi va Andijonga yo'1 ochildi.


ANDIJONNING BOSIB OLINISHI


Bu paytda Andijonda hokimiyatni Xudoyorxon ning Jiyani Po`latbek o`z qo`liga olgandi. U Rossiya imperiyasiga qarshi urush e'lon qildi va uning qo`shinlariga Abdurahmon Oftobachini qo`mondon etib tayinladi. Podsho qo`shinlari Andijon tomon yurib, uni qamal qildi. Shaharga hujum qilish 1875-yil oktabr boshida erta tongda boshlandi. Hujumchilar artilleriyasi bilan ustunlikka ega bo`lib, shaharni kun bo`yi to`pga tutishdi. Ularga general Skobelev qo`mondonlik qilardi. Andijon uchun jang podsho Rossiyasining o`rta Osiygdagi bosqinchilik yurishlari tarixidagi eng shiddatlisi bo`ldi.

Podsho qo`shinlari shaharda miltiqlardan o`t ochib qarshi olindi. Hamma joydan: uyumlar ortidan, xonadonlar tomidan, mudofaa devorlaridan, daraxtlardan turib o`q yog`dirildi. Ayrim uyumlar ortiga to`plar joylashtirilgan edi. Podsho qo`shinlari birinchi hujumda talafot ko`rib, chekina boshladilar. Chekina turib, yo'1 bo`yi barcha xonadonlarga o`t qo`ydilar va shaharda yong`in boshlandi.

General Skobelev buyrug`i bilan artilleriya shaharni o`qqa tutdi. Yong`inni o`chirishga yo'1 qo`ymaslik uchun bu hol uch soat davom etdi. Kechqurun qo`shinlar shaharni egallashga yana bir bor urinib ko`rdilar va bu urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. Ertalabdan artilleriya yana shaharni o`qqa tuta boshladi va jang deyarli kun bo`yi davom etdi. Bundan ikki xil maqsad: shaharni tubigacha vayron qilish va shahar himoyachilarining irodasini sindirish ko`zlangan edi.

Shaharda bironta tirik jon va bironta butun uy qolmagandek tuyulsa ham podsho qo`shinlari hujumni davom ettirishdi. Biroq shaharga kirishlari bilan qattiq o`q yomg`iri ostida qolishdi. Shahar himoyachilari qarshi hujumga o`tishdi, natijada bosqinchilar chekinishga majbur bo`lishdi. Ular shahar chegarasidan chiqib ketishmaguncha ta'qib qilindilar.


NAMANGAN UCHUN JANGLAR


Ta'qibni bo`shashtirish uchun podsho qo`shinlari atrofdagi barcha qishloqlarga o`t qo`yishdi. 18-oktabrda ular Namanganga ya shirinib, bu yerda Kaufman qo`mondonligi ostidagi kolonnaga qo`shilishdi.

Qo`zg`alonchilar Namanganni ozod qilish uchun bir oy davomida urinishdi. Bu tomonga qo`shni shahar va qishloqlardan otryadlar kela boshladi. Namanganning yarmi qo`zg`alonchilar qo`liga o`tdi. Podsho qo`shinlari qal`aga kirib yashirindi va uch kun davomida shahar aholisining shiddatli hujumiga dosh berdi. To`qnashuvlar chinakam urushga aylanib ketdi va u 1876-yil yanvar oxirigacha davom etdi. General Skobelev qarshilik manbalarini fevral oyi boshidagina bostirishga muvaffaq bo`ldi.

1876-yil 18-fevralda podsho ma'muriyati Qo`qon xonligi Rossiya imperiyasiga qo`shib olinishini e'lon qildi. 19-fevralda sobiq Qo`qon xonligi hududini o`z ichiga olgan Farg`ona viloyati tuzildi, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Skobelev viloyatning harbiy general-gubernatori etib tayinlandi.

Rossiya imperiyasining o`rta Osiyoga bosqinchilik yurishining uchinchi bosqichi (1873—1879) shu tarzda tugadi. Uning katta qismi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi yoki Xiva va Buxoro kabi Rossiyaga vassal davlatlarga aylantirildi.

o`rta Osiyoda markazi Ko`ktepa bo`lgan turkman qabilalari hududigina zabt etilmay qolgandi. Suvsiz cho'l orqali qal'a tomon borish uchun uzoq tayyorgarlik ko`rish zarur edi. Biroq 1879-yil iyulda Angliya Afg`oniston hududining bir qismini bosib oldi, natijada inglizlar uchun o`rta Osiyoga yo'1 ochildi. Shu bois, 1879-yil iyulda Krasnovodskdan general I.Lazerev qo`mondonligi ostidagi harbiy qo`shin zudlik bilan bu yerga jo`natildi. Hujum qilishga bo`lgan birinchi urinish podsho qo`mondonlarining mag`lubiyati bilan tugadi. 1880-yil may oyida M.Skobelev qo`mondonligi ostidagi qo`shin tomonidan ikkinchi bor urinib ko`rildi. Uch oylik qamaldan so`ng qal'a qo`lga kiritildi. Bosib olingan yerlardan markazi Ashxobod bo`lgan Kaspiyorti viloyati tuzildi. Turkman qabilalari 1885-yilga boribgina podsho qo`shinlari tomonidan zabt etildi. Shu bilan Rossiya imperiyasining o`rta Osiyo hududidagi bosqinchilik yurishining to`rtinchi bosqichi (1880-1885) tugadi.

Shunday qilib, bosib olingan hududlarda besh viloyat: Sirdaryo, Yettisuv, Farg`ona, Samarqand va Kaspiyorti viloyatlaridan iborat tarkibda Turkiston general-gubernatorligi tashkil topdi. Qo`qon xonligi tugatilib, gubernatorlik tarkibiga kiritildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya imperiyasining protektoratiga aylandi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə