Mundarija



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə12/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36

MAG`LUBIYAT SABABLARI


O`rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga qahramonlarcha qarshilik ko`rsatdilar, biroq ularning kurashlari samarasiz yakunlandi. o`rta Osiyo xalqlarining Rossiya imperiyasiga qarshi kurashdagi mag`lubiyatining sabablari nimada?

1. Uchala davlat — Xiva, Buxoro, Qo`qon — Rossiya bilan qilingan janglarda iqtisodiy, siyosiy va harbiyjihatdan zaif bo`lib chiqdi. Ularning qo`shinlari yomon uyushtirilgan, qurollanishi XVIII asr darajasida, sarbozlar zarur darajada harbiy ta'lim olmagan bo`lib, bu qadar keng ko`lamli jang olib borish tajribasiga ega emasdi.

2. Davlatlar o`rtasida birlik yo`q edi, ularni ziddiyatlar yemirib borardi. Davlatlarning birontasi ham bosqinga uchragan qo`shnisiga ko`makka kelmadi. Rossiya imperiyasi ulardan birini tanlab zarba berdi, qolganlari qo`shnisi tormor qilinayotganiga beparvo bo`ldi.

3. Bu davlatlardagi hukmronlik (boshqaruv)ning zo`ravonlik xususiyati hukumatda ichki dushmanlar ko`payishiga olib keldi, ular hukumatga qarshi uzluksiz kurash olib borishdi. Natijada, hukmdorlar Rossiyaning qo`llabquwatlashidan umidvor bo`lib, o`zlari mustamlakachilarning gumashtasiga aylanib qolishdi.

4. o`rta Osiyo davlatlari tashqi dunyodan ajralib qolgan bo`lib, chet davlatlarning ko`magiga umid bog`lay olmasdilar.

Yakunlarni chiqaramiz

-Abdurahmon Oftobachi boshchiligidagi aholi — muxolifatning asosiy kuchi bo`ldi;

-1875-yil, iyul — Qo`qonda Xudoyorxonga qarshi qo`zg`alon boshlandi;

-5-avgust — Xudoyorxon shaharni tashlab chiqib, podsho qo`shinlari himoyasi ostiga bordi;

-22-avgust — podsho qo`shinlari tomonidan Mahram qal'asiga hujum boshlandi;

-16-sentabr — Qo`qonning podsho qo`shinlari tomonidan bosib olinishi;

-1875-yil, 22-sentabr — Nasriddinbek Kaufman bilan shartnoma imzoladi va Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Namangan bo`limi tuzildi;

-1876-yiI 18-fevral — Qo`qon xonligi hududi bosib olindi va Turkiston general- gubernatorligi tarkibida Farg`ona viloyati tuzildi;

-1873—1879 — Rossiya imperiyasining o`rta Osiyoga bosqinchilik yurishining uchinchi bosqichi tugadi;

-1880—1885 — Rossiya imperiyasining o`rta Osiyoga bosqinchilik yurishining to`rtinchi bosqichi tugadi;

-1880-yil — Ko`ktepa bosib olindi va Kaspiyorti viloyati tuzildi;

-1885-yil — Turkman urug`lari Rossiya imperiyasi qo`shinlari tomonidan bo`ysundirildi.


3 BOB ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTON o`LKASIDAGI MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI


BOBNI o`RGANISH NATIJASIDA:

— Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma'muriy mustamlaka tizimi;

— Rossiya imperiyasining Turkiston olkasidagi agrar siyosati va mamlakatni Rossiya uchun xomashyo bazasiga aylantirilishi;

— mamlakatdagi sudlov tizimi va harbiy-politsiya tartiboti o`rnatilishi;

— Rossiya imperiyasining ko`chkindichilik siyosati va bundan ko`zlangan maqsadlari;

— o`lkada yollanma mehnatga asoslangan sanoat korxonalari tashkil etila boshlanishi;

— Milliy-ozodlik harakatlarining boshlanish sabablari;

— 1885—1890-yillarda Turkiston o`lkasida bo`lib o`tgan xalq qo`zg`alonlari haqida bilib olasiz.


14-15-§. TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGINING SIYOSIY-MA'MURIY TIZIMI

O`LKANI BOSHQARISHNING MUSTAMKACHILIK TIZIMI


Rossiya imperiyasi hukumati Toshkent shahrini egallab olganidan keyin o`z mustamlakachilik hukmronligini qaror toptirishga intilib, zudlik bilan tegishli ma'muriy hokimiyatni ta'sis etishga kirishib ketdi. 1865-yil 6-avgustda Aleksandr II "Turkiston viloyatini idora qilish to`g`risidagi Muvaqqat Nizom"ni tasdiqladi. Hokimiyatni tashkil etuvchi tizim "harbiy-xalq boshqaruvi" deb yuritilgan. Mahalliy hokimiyat boshlig`i bo`lmish harbiy gubernator qo`lida harbiy va fuqaroviy hokimiyat jamlangan edi. Harbiy gubernatorni "yarimpodsho" deb atagan mahalliy aholi u o`rta Osiyoda chinakam podsho ekanligiga urg`u berar edi Joylarda ma'muriyatga rahbarlik qilgan bo lim boshliqlari ayni mahalda harbiy komendantlar ham bo`lishgan. Rossiyalik amaldorlardan tayinlangan mahalliy aholini boshqaruvchilar ularga bo`ysunar edi. Bu shaxslar mahalliy aholi ustidan umumiy politsiya nazoratini amalga oshirar edi. Mahalliy xalq ma'muriyati esa (ular tuzem, ya'ni mahalliy ma'muriyat deyilardi) yordamchi rolini o`ynardi. Mahalliy aholiga boshchilik qilgan oqsoqolga esa xonadon sohiblari tomonidan saylanuvchi shahar, tuman oqsoqollari bo`ysunar edi. Politsiyachilik vazifalarini esa raislar bajarar edi. Raislar bozordagi savdosotiq va jamoat tartibi ustidan nazorat qilib borardi. Soliqlar yig`imini amalga oshirgan zakotchi lavozimi ham alohida joriy etilgan edi.

Mahalliy xalq uchun qozilar sudi, ko`chmanchi aholi uchun esa biylar sudi saqlanib qoldi. Qozilar uch yil muddatga saylanardi. Rossiyadan kelgan aholi podsholik sudlarida sud qilingan.



Mustamlaka tartibi urushib bosib olingan hudud aholisining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy qaramga aylantirishga xizmat qiluvchi boshqaruv usuli.

Rossiya imperiyasi ma'muriyatining mahalliy aholiga ta'sirini kuchaytirish maqsadida 1866-yil Toshkentda o`ziga xos muassasa — mahkama joriy etilgan. Mahalliy aholi vakillaridan saylangan qozi va 7 nafar a'lam uning tarkibiga kirgan. Ana shu maqsadda chor ma'muriyatiga taklif etilgan 200 dan ziyod boy-badavlat va nufuzli shaharliklar mahkama a'zolarini saylab qo`yishgan. Mahkama a'zolari podsho hokimiyatining ishonchli va sadoqatli yordamchilari bo`lishgan. Mahkama faoliyatini maxsus podsho amaldori nazorat qilar edi.

1867-yil iyulda Rossiya imperiyasi tarkibida Turkiston general-gubernatorligini tashkil etish to`g`risida qonun qabul qilindi.

Turkiston general-gubernatorligining markaziy boshqaruvi general-gubernator devonidan tashkil topgan edi. U harbiy qo`shinlarga qo`mondonlik vazifasini ham bajarar edi. Yettisuv kazaklari qo`mondoni va bosh sudya ham edi. Devon asosiy ijrochi organ edi. Rossiya imperiyasidagi hech bir davlat organi bu general-gubernatorlik kabi vakolatga ega emas edi. Qo`l ostilarida fuqarolik va harbiy hokimiyatni jamlagan harbiy gubernatorlar Turkiston viloyatlariga rahbarlik qilar edilar. Viloyatlar uyezd boshliqlari boshchilik qiladigan uyezdlarga bo`linar edi. Qishloq va shaharlar o`zlari mansub bo`lgan uyezd boshliqlariga bo`ysunar edilar. o`z navbatida uyezdlarpristavlar rahbarlik qilgan uchastkalarga bo`linar edi.

Yangi hududlar bosib olingani sayin Sirdaryo viloyatida yangidan-yangi ma'muriy-hududiy birliklar, ya'ni 1868-yilda markazi Samarqand shahrida bo`lgan Zarafshon okrugi, 1873-yilda markazi Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To`rtko'l)da bo`lgan Amudaryo bo`limi, 1876-yilda Qo`qon xonligi tugatilishi munosabati bilan markazi Yangi Marg`ilon (hozirgi Farg`ona shahri)da bo`lgan Farg`ona viloyati tashkil etildi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə