Mundarija


-yil Andijon qo`zg`aloni va uning natijalari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə19/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36

1898-yil Andijon qo`zg`aloni va uning natijalari


Tarixga Andijon qo`zg`aloni nomi bilan kirgan 1898-yilgi qo`zg`alonnt bostirishda ham Rossiya imperiyasi ma'murlari xuddi shunday qatMyatni namoyish etdilar.

Farg`ona vodiysida boshlangan qo`zg`alonga asosiy sabab, 1886-yilgi "Turkiston o`lkasini idora qilish to`g`risidagi Nizom" e'lon qilinganidan keyin mustamlaka zulmi kuchayishi edi. Ana shu "Nizom"ga ko`ra o`lkada mustamlaka siyosati va mustamlaka rejimi qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo`yildi. Ushbu "Nizom" asosida podsho hukumati ma'murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta miqdorini tortib olishdi va Rossiyadan ko`chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etishdi. Dehqonlarning yalpi daromadidan 10 foiz miqdorida yer solig`i va umumiy soliqlarning 35 foizi miqdorida zemstvo yig`imi joriy etildi.

Farg`ona vodiysida asosan paxta yetishtirish joriy etilishi sababli g`alla, oziqovqat ekinlari maydoni va yayloylarning qisqarib ketishiga sabab bo`ldi. Buning oqibatida oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxi keskin ortib ketdi.

1886-yildan keyin "Nizom"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun urf-odatlari bilan mahalliy aholining milliy tuyg`ularini qattiq tahqirlagan amaldorlarning katta miqdori Turkiston o`lkasiga jo`natilgan edi.

Masalan, 1891-yilda Farg`ona viloyatiga ko`plab rossiyaliklar ko`chirib keltirildi. Ularning joylashtirilishi busiz ham aholisi zich bo`lgan vodiyning ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz, podsho hukumati ma'muriyatining bunday harakatlari mahalliy aholi noroziligining ortib borishiga sabab bo`ldi.

Bundan tashqari, podsho hukumati Turkiston o`lkasida islom va din arboblarining kuchini hamda ta'sirini e'tiborga olmagan edi. Masalan, K.Kaufman hukmronlik qilgan yillarda bosh qozi lavozimini bekor qilgan edi, 1876-yilda esa Qo`qon xonligi shayxulislomi va bosh qozisini Vologda oblastiga surgun qilish to`g`risida farmoyish berdi. Vaqf yerlari tugatilib, davlat mulkiga aylantirilishi va har bir musulmonning besh farzidan biri bo`lmish zakotning bekor qilinishi ham dindorlarning qattiq noroziligini keltirib chiqardi.

Qo`zg`alonga Dukchi eshon (Muhammadali eshon) rahbarlik qildi. Qur'oni karimni mufassal o`rganganidan so`ng Muhammadali zohidona kun kechira boshladi va Makkaga hajga borib kelganidan keyin o`zini eshon (musulmonlar rahbari, murabbiyi) deb e'lon qildi, atrofiga ko`plab muridlarni to`pladi. Muhammadali eshon qoshiga maslahat olish va taskin topish maqsadida kishilar kela boshladilar. Butun Marg`ilon uyezdida Muhammadali eshonning nufuzi va ta'siri nihoyatda ortib bordi.

1898-yil 17-mayda Muhammadali eshon qilichlar, xanjarlar, pichoqlar va nayzalar bilan qurollangan 1500 kishi bilan birga Mingtepa qishlog`idan chiqib, Andijon shahriga qarab yurish boshladi. Yo`lda ularga tevarak-atrofdagi qishloqlarning aholisi ham qo`shildi. 18-mayda isyonchilar podsho armiyasi qo`shinlari kazarmasiga hujum qilishdi, ammo qo`shinlar bu hujumni qaytarishga muvaffaq bo`ldi. Isyonchilar bo`lib tashlandi, ko`p o`tmay Muhammadali eshon ham qo`lga tushdi. Andijonga Sirdaryo va Farg`ona viloyatlaridan yordamga qo`shimcha kuch keltirildi.

Qo`zg'alon rejasi tavakkalga asoslangan bo`lib, qatnashchilarning asosini haqiqiy jang mahoratiga ega bo`lmagan oddiy xalq vakillari tashkil etib, qurollari esa o`ta ibtidoiy edi.

Andijon qo`zg`aloni podsho hukumati amaldorlari orasida jiddiy tashvish tug`dirdi. Qo`zg`alonning barcha qatnashchilarini qamoqqa olish to`g`risida buyruq berildi. Muhammadali eshon ishi bo`yicha 500 dan ortiq kishi qamoqqa olinib, ulardan 18 kishi osib o`ldirildi, qolganlari esa turli muddatga qamoq jazosiga mahkum etildi.

Qo`zg`alon bostirildi. Yaxshi qurollangan muntazam armiyaga ibtidoiy qurollar bilan qarshi chiqqan olomonni qanday fojialar kutishi ravshan edi. Bundan tashqari, bu vaqtda Turkiston o`lkasida gubernatorlik barcha asosiy markazlarini bir-biriga bog`lab turuvchi temiryo`llar tarmog`i qurib bitkazilgan va mustabid hokimiyat ma'murlari katta miqdordagi qo`shinlarni o`lkaning turli hududlariga bemalol ko`chira olar edi.

Shunday bo`lsa-da, qo`zg`alon izsiz ketmadi. U dehqonlarga, shahar mehnatkashlariga kurash sari yo'1 ko`rsatdi va o`n minglab odamlarni mustabid hokimiyatga qarshi faol kurashga otlantirdi. Oradan bir yil o`tib, 1899-yil 20iyunda Farg`ona vodiysida yangi qo`zg`alon boshlandi. Turkiston o`lkasi Rossiya imperiyasining eng isyonkor va itoatsiz o`lkalaridan biriga aylanib bordi.



Yakunlarni chiqaramiz

-1872-yil — Toshkentda birinchi marta vabo epidemiyasi qayd etildi;

-1892-yil 7-iyun — Toshkentda vabo tarqaldi;

-vaboga qarshi kurash bo`yicha hokimiyatning befarqligi va xalqqa qarshi qaratilgan chora-tadbirlar qo`zg`alonga sabab bo`ldi;

-1892-yil 24-iyun — "vabo isyoni" boshlandi; qo`zg`alonchilar qatl qilindi;

-1898-yil 17-may — Dukchi eshon boshchiligidagi Andijon qo`zg`aloni boshlandi;

-qo`zg`alonning ahamiyati: mustamlakachi ma'muriyat va zulmga qarshi kurash

yo`llarini ko`rsatib berdi.


4 bob XIX ASR IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA QORAQALPOQLAR


BOBNI o`RGANISH NATIJASIDA:

— qoraqalpoqlar hududi va mashg`uloti;

— iqtisodiyot rivojlanishi va ma'muriy tuzilishi;

— madaniyat va xalq ijodiyotining rivojlanishi haqida bilib olasiz.


22-23-§. QORAQALPOQLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTl

Hududi va hojaligi


XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida edi. Qoraqalpoqlar asosan Amudaryoning quyi oqimida, daryoninghar ikkala qirg`og`ida va Orol dengiziga quyiladigan yerlarda yashar edilar.Qoraqalpoqlar soni o`sha kezlarda 100 ming nafardan oshmasdi. Qoraqalpoqlargaberib qo`yilgan yerlar xonniki, ya'ni davlatniki sanalgan. Ular bu yerlar uchunsoliqlar to`lashar va har xil majburiyatlarni bajarishar edi. Xiva xonlari ularni ko`chib yurishiga 'chek qo`yganlaridan so`ng qisqa davrmobaynida qoraqalpoqlar xonlikda birqancha yangi dehqonchilik tumanlaritashkil etdilar, 1870-yillarning bosh-lariga kelib, ular o`troq turmush kechira boshladilar.Murakkab tabiiy sharoitda qoraqal-poqlar Amudaryoning har ikkala qir-g`og`ida yastanib yotgan kengliklarni muvaffaqiyatli o`zlashtirishdi, sholi,bug`doy, arpa va paxta yetishtirishdi.1868-yilda Rossiya gazetalaridan biri shunday yozgan edi: "Bu xalqning asosiy va deyarli birdan-bir hunari dehqonchilikdir, mehnatsevarlik sharofatidan qoraqalpoq yerlari yaxshi sug`oriladi va hech yerda, hatto chig`ir bilan ko`tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi". Qoraqalpoqlar yana bir rfiuhim hunar — baliqchilik bilan shug`ullanar edilar.

Qoraqalpoqlarda ularning xo`jalik va turmush talablarini ta'minlab turuvchi hunarmandchilik sohalari ham rivojlandi. Ular olacha (satin) va boshqa gazlamalarni to`qishar, (tuya yoki qo`y junidan) gilam, namat, movut tayyorlashar, teriga ishlov berishar edi. Hunarmandlar egar-jabduq va yugan yasashgan. Qoraqalpoqlar yog`ochga, suyakka ishlov berish, gilam to`qish va tikuvchilik borasida qo`ligul usta bo`lishgan.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə