Mundarija


-19-§. XX ASR BOSHIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə16/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36

18-19-§. XX ASR BOSHIDA TURKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHI

O`lkada iqtisodiyot va savdo sotiqning rivojlanishi


O`rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi 1885-yilda Pomir posti tasdiqlanishi va Afg`oniston chegarasi belgilanishi bilan hujjatli ravishda yakun topdi. Kaspiy dengizidan Pomirgacha bo`lgan barcha hudud chegaralab chiqildi, uning shimoli, garchi Buxoro va Xiva zohiran mustaqil ko`rinsa-da, Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylandi. Rossiya kapitalizmi jahon kapitalizmining eng qoloq qismi edi. Nikolay II hukumatida yangi mustamlakalarga qo`yish mumkin bo`lgan sarmoya yo`q edi. o`rta Osiyoda katta armiya tutib turilar, harbiy yurishlar uzluksiz olib borilar, buning uchun katta xarajatlar talab qilinar edi. o`rta Osiyoda kapitalizm rivojlanishining xususiyati Rossiya sarmoyasining yarmidan ko`pi sanoatga emas, eng ko`p foyda olish kafolatlangan savdoga qo`yilgandi. Ishlab chiqarishga sarmoya qo`yish bu darajada samara bera olmasdi. Olingan ulkan foyda ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflanmas, balki amalda to`lig`icha Rossiyaga oqib borardi.

Sanoatga qo`yilgan mablag`ning 30 foizi paxtaga dastlabki ishlov berishga sarflanardi. Bu xomashyoni qayta ishlashning birgina qismini — tozalash yoki moy ishlab chiqarishni anglatardi. Keyingi ishlov Rossiyaning sanoat korxonalarida davom ettirilardi. Xomashyoning boshqa turlari — jun va teriga ishlov berishda ham ahvol shu edi, mahalliy zavodlarda ularga ishlov berishning dastlabki bosqichi bilan shug`ullanilardi.

Turkiston general-gubernatorligida 600 zavod ishlab turardi, qo'l mehnati ko`p bo`lgani uchun ularni nisbatangina zavod deb atash mumkin edi. Bu korxonalarda 20 ming ishchi ishlardi, ya'ni har bir zavodga ko`pi bilan 35 kishidan to`g`ri kelardi. Mahalliy sanoat ishchilari xonavayron bo`Igan dehqonlar yoki ishsiz qolgan hunarmandlar hisobidan ortib borar edi. Rossiyadan sanoat mahsulotlari keltirilishi munosabati bilan Turkistonning kosib-hunarmandchiligi asta-sekin siqib chiqarilmoqda edi. Korxonada ish kuni 16 soat davom etardi. Ishchilar huquqini himoya qiladigan tashkilotlar yo`q edi, shikoyat bilan hech kimga murojaat etib bo`lmasdi.

Podsho Rossiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari paxtachilikni rivojlantirish bilan bog`liq edi. Butun o`lkani ulkan paxta dalasiga aylantirish, paxta bilan Rossiyani ta'minlab qolmay, balki uni tashqi bozorga ham chiqarish mo`ljallangan edi. Farg`ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlardan bo`lib qolishi lozim edi. Keng irrigatsiya tizimini yo`lga qo`ymay paxta yetishtirib bo`lmasligini anglagan holda o`lkada tadqiqot jarayoni va sug`orish kanallarini qurish ishlari boshlandi. 1891 yilda 200 desyatina yerni sug`orish mumkin bo`lgan kanal qurildi. Mevazor bog`lari, g`o`za unib turgan dalalari, polizlari bo`lgan yangi shaharchalar paydo bo`ldi. 1911-yilda Sirdaryoda magistral kanalni bunyod etish ishlari boshlab yuborildi va 1913-yilga kelib bu ish tugallandi. Biroq Toshkent vohasida, Samarqand viloyatida va Farg`ona vodiysida dalalarni sug`orish bo`yicha loyihalarning ko`pi bajarilmay qoldi. Podsho hokimiyati chiqargan farmon bo`yicha sug`oriladigan yerlarga asosan "xristian dinidagi barcha rus fuqarolari" joylashishi mumkin edi.

Ahamiyatiga ko`ra paxta neft va oltindan keyingi o`rinda turuvchi yuqori daromadli tovardir. Paxta yetishtiriladigan mintaqada joylashgan davlat ulkan potensial boylikka ega hisoblanadi, chunki jahonda paxtaga ehtiyoj muntazam ortib boradi. Lekin uning serdaromadligi davlatning o`z mahsulotini qanchalik erkin tasarruf etishiga bog`liq edi. Turkistonda yetishtirilgan paxtani podsho hukumati to`lig`icha tasarruf etardi, oqibatda paxta podsho Rossiyasining boyish manbaiga va mahalliy aholini qashshoqlashuvi hamda xonavayron bo`lishi sababiga aylandi.

Turkistonda agrar xomashyo qo`mitasi sifatida asta-sekin jahon bozor xo`jaligi tizimiga tortildi. Qishloqlarda ham tovar-pul munosabatlari rivojlana boshladi. Natijada dehqonlar xonavayron bo`lib, yeridan mahrum btflardi, qishloqda chorakor, ya'ni ijaragir asosiy ijtimoiy kuchga aylanib bordi. Chorakor yetishtirilgan mahsulotning bor-yo`g`i chorak qismini o`ziga olib qolardi. Xo`jayin unga yer,. mehnat qurollari, urug`lik berardi, ayni mahalda soliq va yig`im-terim xarajatlarini chorakorning hissasidan olib qolardi. Chorakor ishni bajarish uchun mardikor yollashi mumkin edi.

Qishloqlarda shu tariqa yangi ijtimoiy zanjir: yer egasi bo`lgan boy — sudxo`r — kreditor — chorakor — mardikor shakllanadi. Chorakorlarning ko`pchiligi yeri kam yoki yersiz dehqonlardan iborat edi. Ular sudxo`r xo`jayindan qancha qarzdorligini hech qachon aniq bilmagan. Chorakordan: "Qancha qarzing bor?" — deb so`raganlarida, u doimo: "Daftar xo`jayinning qo`lida", — deb javob bergan.

Turkistonda Rossiya banklari tarmog`ining ochilishi


XX asr boshida Turkistonda Rossiya banklari va ularning filiallari ta'sis etildi. Bu davrda Rossiya banklarining faoliyati chet el banklari faoliyati bilan chambarchas bog`liqlikda olib borila boshlagan va ular birgalikda sa'y-harakat qilib, o`z daromadlarini oshirib bormoqda edilar. Bu ishlarni amalga oshirishda davlat banki va Rus-Osiyo banki bo`limlari juda katta rol o`ynadi. General-gubernatorlikning paxta ekiladigan barcha tumanlarida bu banklarning bo`limlari ochildi. Ular paxta tolasini sotib olishardi, kredit berishar edi, paxta tozalash firmalari va neft korxonalarining egalari hisoblanishardi, temiryo'1 qurishardi va h.k.

Rossiya bank kapitalining Turkistonga kirib kelishi sanoat rivojlanishi, temiryo'1 qurilishi, savdo-sotiqning rivojlanishi jadallashuviga xizmat qildi. Biroq Rossiya banklari bo`limlari sudxo`rga aylanib qoldi. Ular qarz foizlarini muttasil oshirishar, natijada dehqonlar qarzni to`lash uchun yerini, molini, mehnat qurollarini sotib, tirikchilik qilish uchun shaharga jo`nashga majbur bo`lardi. Chunonchi, 1912yilda aholining kreditlar bo`yicha qarzi 200 mln so`mga yaqin bo`ldi, Toshkent va Andijon viloyatlarida yersiz dehqonlar soni barcha xo`jaliklarning 50 foizini tashkil qildi. Rossiya banklari shu tariqa ko`z ko`rmagan foydani qo`lga kiritib, dehqonlar taqdiri, ularning oilasi, bola-chaqasi haqida umuman qayg`urmas edi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə