Mundarija


Madaniyat va halq ijodiyotining rivojlanishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə21/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36

Madaniyat va halq ijodiyotining rivojlanishi


Yaxshi hayot izlab bir joydan ikkinchi joyga asrlar davomida ko`chib yurgan mehnatsevar qoraqalpoq xalqi moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo`lmagan. Xalq ijodiyotining yuksak darajasi nishonalari qoraqalpoq ayollari qo`llari bilan yaratilgan gilamlardagi ajoyib naqshlarda, musiqali o`lanlarda, avlodlardan avlodlarga yetkaziladigan xalq og`zaki ijodiyoti asarlarida saqlanib qolgan.

Xalq iste'dodi namoyon bo`lguvchi boy og`zaki she'riy ijodiyotning turlari ancha ko`p bo`lgan. Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar, nasihat qo`shiqlarda ifoda etilgan "otalar so'zi" alohida ajralib turar edi.



Xalq orasida qoraqalpoq folklorining doston yo`llari mashhur edi. Epik asarlar asosan botirlar haqida she'riy asarlar bo`lib, ularda xalq baxt-saodati va farovonligi uchun kurashgan afsonaviy botirlarning buyuk jasoratlari aks etgan. Mashhur bo`lgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlarning ozodlik va mustaqillik uchun fidoyilarcha kurashi tasvirlangan "Qirqqiz" dostoni alohida ajralib turadi. Dostonda Sarkub qal'asi hukmdori Olloyorning qizi Guloyimga otasi Muyeli degan hosildor yerni tortiq qilgani haqida aytiladi. Bu joyda Guloyim va uning qirq kanizagi devori misdan va darvozasi cho`yandan bir qal'a barpo etishadi. Dushmanlar Sarkub qalasiga hujum qiladi va Guloyimning otasini o`ldiradi. Sarkub yerlari talanadi, sarkubliklarning ko`pi asir qilinib haydab ketiladi. Guloyim va uning kanizaklari dushmanga qarshi kurashadi, qoraqalpoqlarni asirlikdan ozod qiladi va yurtiga ozodlikni qaytaradi. Bu ishda Guloyimga uning oshig`i xorazmlik bahodir Arslon yordam beradi. Dostonning bosh g`oyasi yuksak vatanparvarlik hissi va xalqqa fidoyilarcha muhabbatdan iborat. "Qirqqiz" dostoni jahon she'riyati durdonalaridan biri hisoblanadi.

Qoraqalpoq milliy kiyimlari va bezaklar


Qoraqalpoq ayollarining kiyimi: ko`ylak, dambal, kamzul, yengsiz xalat, ishik (po`stin), bosh kiyimlar (kiymishek, saukele, do`ppi, turma)dan iborat edi. Azadorlar kashtasiz ko`kko`ylak kiyishardi. Barcha qoraqalpoq ayollari tikish-bichish qoidalarini yaxshio`rgangan edilar. Yosh ayollarning libosi ancha ko`rkam va yorqin edi, ularqizil matoni afzal ko`rishardi. Keksa ayollar oq va to`q rang matodan kiyimkiyishardi.

Ko`k ko`ylak — qoraqalpoq kashtachilari mahoratining cho`qqisi hisoblana-di. Bu ko`ylakning old tomoni butunlay nozik kashta bilan ziynatlangan bo`lib,ko`krak qismidagi rombsimon shakllardan iborat naqshinkor yo'l qatori sovutnieslatadi va "sovut naqshi" deb ataladi. Bu hol ko`k ko`ylak bezagida qoraqalpoqxalq dostoni "Qirqqiz"da kuylangan sak-massaget qabilalarining jangchi ayollari libosi an'analarining aks-sadosi, deb taxmin qilishga asos bo`ladi.

Aq jegde keksa qoraqalpoq ayollariboshiga tashlab yuradigan, o`zaro ipaktizimcha bilan birlashtirilgan yengilxalat. Aq jegde rang-barang ipakdantikilgan, qizil rang ko`proq bo`lgan naqshbilan bezatilgan. Yoqasi, etagi va yenguchlariga qizil ipakdan jiyak tutilgan.Ustidan tikilgan qizil movut yoqa hamnaqsh bilan ziynatlangan

Haykel qoraqalpoq ayoliningkumushdan tayyorlangan og`ir ko`krakbezagi. Haykel murakkab shakldagi og`iryuqori qismdan hamda zanjir, to`qa, bargsimon popuk va qo`ng`iroqchalardan iborat shokiladan tashkil topgan. o`rta qismi — to`g`ri burchak kesilgan prizma — Qur'oni karim oyatlaridan ko`chirmalar saqlanadigan g`ilofdan iborat. Yuqori qismi uchta serdolik tosh o`rnatilgan uchta sebargadan iborat bo`lib, yuqori qismidagi serdolik birmuncha yirik, uchburchak asosi yaqinidagi boshqa ikkitasi maydaroq durdan iborat. Haykelning quyi qismi ham shu kabi ikkita dumaloq serdolik bilan bezatilgan. Haykel, aslida, ko`ztumor hisoblangan.

Qo`s bilezik ayollarning juft bilaguzugi bo`lib, qoraqalpoq kelinlarining sepiga qo`shiladigan buyum. Bilaguzuklar kumushdan tayyorlanadi. Yuzasi ikki qismga bo`linadi, ularning har biriga bir nechtadan serdolik o`rnatiladi. Bilaguzukning tishli uchi bir-biriga qo`shilmagan. Har bir bilaguzukka yirik serdolik qadalgan ikkitadan uzuk zanjirchalar bilan ilib qo`yilgan.

O`ngirmanshak qoraqalpoq ayollarining yarimdoira shaklidagi, zanjirdan jiyak bilan hoshiyalangan kumush zeb-ziynat buyumi, zanjir jiyaklarning uchiga shiqildoqcha va yaproqchalar osilgan. O`ngirmanshak kelinning sepi tarkibiga qo`shiladigan buyum.

Adabiyot


XIX asr oxirida qoraqalpoqlarning ilk yozma asarlari paydo bo`la boshladi. Kunxo`ja (1799— 1880), Otash Olshinboy (1788-1875), Ajiniyoz Qosinboy o`g`li (1824—1878) va boshqalarning jiomlari keng tanildi. Ular bilimdon, taqdirini xalq bilan bog`lagan ilg`or kishilar edi. Masalan, Kunxo`ja o`z ijodiyotini ovullarning oddiy ahliga, ularning kundalik mehnati va turmushiga bag`ishladi. U adolatsiz tartiblarni qattiq qoraladi.

Berdaq (1827—1900) qoraqalpoqlarning buyuk shoiridir. U Orolbo`yida tug`ilgan, qo`ng`iipt qabilasiga mansub bo`lgan. Ovul maktabida, so`ngra Xivadagi Qoraqum eshon madrasasida o`qigan. 20 yoshidan she'rlar yoza boshlagan va yarim asr davomida o`lanlari izidan o`lanlar to`qidi. Berdaqning iste'dodi xalq haqida va xalq uchun asar yaratishga intilishda namoyon bo`ladi. Uning she'rlaridan biri "Xalq uchun" deb nomlangan. Bir qator dostonlar, jumladan, qoraqalpoq xalqi tarixiga bag`ishlangan "Ernazarbiy" dostoni 1856-yildagi qo`zg`alonni tasvirlaydi. Uning isyonkorlik kuchi jo`shqin, zulmni qoralovchi tuyg`ulari ustun bo`lgan "Ahmoq podshoh" dostoni ulkan ta'sir kuchiga egadir.

Berdaq va uning izdoshlari ozodlik g`oyalari hamda isyonkor da'vatlari bilan qoraqalpoq xalqining podsho zulmiga qarshi kuchayib borayotgan kurashining irfikosi bo`ldi. Ular turli shakllarda — mahalliy hokimiyatning adolatsizligiga qarshi stixiyali g`alayonlarda, mahalliy hokimiyatga bo`ysunishdan, mehnat majburiyatlarini bajarish va soliq to`lashdan bo`yin tovlashdan tortib, faol ommaviy chiqishlarda namoyon bo`ldi. XIX asr oxirida Bobo Go`klan Otiz o`g`li boshchiligidagi xalq qo`zg`aloni Amudaryoning o`ng sohilini larzaga soldi. Xalq uni Go`klan botir deb atardi. Qo`zg`alon uzilishlar bilan 10 yildan ortiq davom etdi. U ikki bora hibsga olinib, surgun qilindi. Ozodlikka chiqar ekan, har gal yangidan qo`zg`alon ko`tarardi. Uning otryadlari harbiy lagerlarda to`satdan paydo bo`lar va muntazam qo'shinlar bilan jang qilardi. Petro-Aleksandrovsk ostonalarida podsho qo`shinlari bilan bo`lib o`tgan janglarning birida, 1891-yilda Go`klan halok bo`ldi. Bobo Go`klan qoraqalpoq xalqi bo`ysunmasligi va isyonkor ruhining ramzi bo`lib qoldi.

XX asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotining demokratik an'analarini yangi avlod shoirlari Umar, Qulimbet, Sariboy, Qulmurot, Sodiq va boshqalar davom ettirdilar.

Yakunlarni chiqaramiz

-XIX asrning boshlarida — qoraqalpoqlar Xiva xoni hukmronligi ostida edi;

-qoraqalpoqlar o`troq turmush tarziga o`tdi;

-aholining asosiy mashg`uloti: dehqonchilik, baliqchilik, hunarmandchilikdan iborat edi;

-1873-yil — qoraqalpoqlar Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo viloyati Amudaryo bo`limi tarkibiga kiritildi;

-tovar-pul munosabatlari rivojlandi;

-Chimboy shahri — ma'muriy va iqtisodiy markazga aylandi;

-milliy kiyimlar — ko`k ko`ylak, aq jegde; zeb-ziynatlar, haykel, qo`s bilezik;

-soliqlar — solg`ut, ushr;

-xalq og`zaki ijodi ("Qirqqiz");

-adabiyot — Kunxo`ja, Otash Olshinboy, Ajiniyoz Qosinboy o`g`li.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə