Mundarija


Hunarmandchilikning rivojlanishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə23/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36

Hunarmandchilikning rivojlanishi


Zamin bag`rida yashirinib yotgan katta boyliklarga hali qo'1 tekkizilmagan edi. Qayta ishlovchi sanoat korxonalari asosan shaharlarda joylashgan edi. Hunarmandlar ko`plab soliqlarni to`lashga majbur, o`z ustaxona va korxonalarini rivojlantirish uchun mablag`larga ega emasdi. Faqat amirlikning yirik shaharlarida kosiblar sexlariga o`xshash korxona tuzgan ustazodalar bo`lib, ular ham chog`roqqina ustaxonalarni zo`rg`a ta'minlar edi. Sanoat ishlab chiqarishining asosiy tarmog`i gilam va namat tayyorlash bo`lgan. Gilamlarga chet ellarda ham talab katta bo`lib, Buxoro amirligi ularni katta miqdorda xorijga, jumladan, Rossiyaga sotar edi. o`rta Sharq, o`rta Osiyo shaharlari va Rossiya bozorlari Buxoro gilamlariga to`la edi. Ichki va tashqi bozorlarda Buxoro ip-gazlama matolari, ko`nchilik, zardo`zlik, kumush va oltin kandakorlik buyumlari, bo`yoq va sovun mahsulotlari bilan ham tanilgan edi. Buxoro ustazodalarining oltin va kumushdan yasagan buyumlari, ayniqsa, dong taratgandi.

Buxoro amirligining deyarli barcha shaharlarida iste'dodli zargarlar mehnat qilgan ustaxonalar bo`lgan. Ular yasagan mahsulotning barchasi o`ziga xos nozik naqshlar bilan bezatilgan edi. Buxoro kulolchilik buyumlariga ham bozorda talab katta bo`lgan. Kulolchilik sanoati butun amirlikda keng tarqalgan edi.



Haykel-ko`krakka taqiladigan bezak.XIX asr oxiri

Ichki va tashqi savdoning rivojlanishi


XIX asrning oxirida Buxoro amirligi Afg`oniston, Hindiston, Eron, Kavkaz va Rossiya bilan savdo aloqalariga ega bo`lgan. Buxoro, Chorjo`y, Kerki, Termiz va Kogon (Yangi Buxoro)da Rossiya firmalari o`z idora va omborxonalariga ega bo`lishgan. Rossiya va Buxoro amirligi o`rtasida tovar aylanishi o`sib bordi. Agar 1865-yilda tovar aylanishi atigi 5 million rublni tashkil etgan bo`lsa, 1913-yilga kelib, bu ko`rsatkich 66 million rublgacha ko`paydi.

Buxoro amirligi hududi ulkan foyda keltiruvchi tranzit savdo uchun katta ahamiyatga ega edi. Rossiya va Afg`oniston o`rtasidagi barcha savdo yo`llari Buxoro amirligi orqali o`tardi. Rossiya Afg`onistonga katta miqdorda movut, chinni buyumlar, baxmal, chit, gugurt va kerosin chiqarar edi.

1887-yilda amirlik hududi orqali temiryo'1 o`tkazildi. Buxorodan 15 km masofada Yangi Buxoro va Kogon stansiyasi qurilishi boshlab yuborildi. Bu yerda amir saroyi va Rossiya siyosiy agentining qarorgohi ham barpo etildi. Endilikda Buxoro amirligi temiryo'1 orqali Toshkent, Orenburg va Moskva bilan bog`langandi. 1888-yilga kelib temiryo'1 Samarqandga qadar qurib kelinganida Buxoro amirligi hududida temiryo'1 stansiyalari yaqinida rus qishloqlari paydo bo`la boshladi. Yangi Buxoroda Rossiya davlat banki bo`limi ochildi, ikkita paxta tozalash zavodi, Yevropa namunasida ikkita mehmonxona barpo etildi. Eski Buxoroda ham Moskva.xalqaro banki bo`limi ochildi. Eski Buxorodagi qushbegi uyi va Rossiya siyosiy agentligi qarorgohi ilk paydo bo`lgan telefon aloqasi bilan bog`langan edi.

Biroq 1895-yil Buxoro amirligi bilan Rossiya bqjxonasi yagona tizimiga birlashdi. Rossiya tovarlari uchun Buxoro hududi ichki bozorga aylantirildi va amirning Rossiyaga qaramligini oshirdi.


Fan va maorif


Buxoro shahrida bir necha yuzlab masjidlar bo`lgan. Ibodatxonalarning barchasi musulmon an'analari sarchashmasidan suv ichgan betakror arxitekturaga ega edi. Masjidlar bir qavatli, ikki qavatli va ko`shkli qilib qurilgan. Buxoro shahrida 170 ga yaqin katta va kichik madrasalar bo`lib, ularda qariyb 10 ming mullavachchalar (oddiy o`qituvchilar), mudarrislar (tajribali o`qituvchilar), imomlar (oliy ruhoniy arboblar) va ulamolar mamlakat hukmdorining istalgan harakati ustidan fatvo (xulosa) berishga haqli bo`lgan qonunshunos olimlar xizmat qilishardi. Bu yerda nafaqat Buxoro amirligidan, qolaversa, Qozon, Orenburg va hatto Qrimdan kelgan talabalar ham tahsil olishardi. Musulmon olamining barcha go`shalaridan ilohiyot bilimlarini o`rganish maqsadida Buxoroga kelishardi. Madrasalar iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lib, ular daromadi qariyb 5 million tangaga boruvchi ulkan vaqf mulklariga ega edi.

o`quv muassasalari ikki bosqichdan, ya'ni boshlang`ich — maktab va oliy — madrasadan iborat edi.

Madrasa qoshidagi maktablarda imomlar o`qituvchilik qilishar edi. Bu yerda qur'onni o`qishga o`rgatilar edi. Maxsus maktablar hisoblangan qorixonalarda o`quvchilar qur'onni yodlashar va qur'onni qiroat bilan yoddan o`quvchi, ya'ni qori nomini olishar edi.

Madrasada ular arab alifbosi va yozuvini, qur'onning tafsirini va diniy bilimlar — huquqshunoslik va tarixdan ozroq miqdorda ta'lim olishar edi. Zamondoshlarining ma'lumotlariga qaraganda XIX asrning o`rtalarida Buxoroda madrasa talabalari soni 9 mingdan 10 ming nafargacha yetar edi.

Madrasa va masjidlar katta vaqf mulkiga ega bo`lib, undan tushgan foydadan o`qituvchilarga maosh va talabalarga stipendiya to`lanar edi. Mudarrislqrdan biri tushgan foydaning xarajat qilinishini nazorat qilar edi. Har yili madrasada bo`lib o`tadigan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan din xizmatchisi umrbo`yi beriladigan stipendiya — dahyak olardi.

Buxoro o`rta Osiyoning ma'rifat markazi hisoblanar edi. Bu yerga Xiva, Qo`qon, Hisor, Samarqand va boshqa ko`plab viloyatlardan talabalar kelib o`qishar edi. Samarqand o`zining o`tmishdagi fan va madaniyat markazi maqomini yo`qotdi, masjid va madrasalar qarovsiz qoldi, o`qishni istaganlar Buxoroga ketishga majbur bo`ldilar.

Og`ir iqtisodiy ahvolga qaramasdan, Buxoro ilm-fan va san'at, she'riyat va musiqa markazi bo`lib qolaverdi. o`sha davr taraqqiyparvar doiralari g`oyalarini yorqin ifodalagan ajoyib o`zbek shoiri va mutafakkiri Ahmad Donish (Ahmad maxdum) Buxoroda yashagan va ijod qilgan edi. Uning "Navodir ul-vaqoe" (Nodir voqealar) va "Buxoroyi sharif mang`it amirlari muxtasar tarixi" asarlari uzoq asrlardan beri qaror topgan tartibotga qarshi yo`naltirilgan edi.

Ahmad Donish o`sha davrda o`rta Osiyo xalqlari ilg`or ijtimoiy fikrining e'tiborli vakillaridan biri bo`lib, u tabib, shoir, musiqachi, rassom, munajjim, olim va xattot bo`lgan. Ahmad Donish ma'rifatparvarlik harakati asoschisi deb hisoblanadUAhmad Donish o`z mamlakatidagi siyosiy ishlarga faol aralashuvchi tarixchi sifatida o`z asarida Buxoroning mang`it amirlari hukmronligi tarixini keskin va shafqatsiz satira ostiga oladi. "Risolai tarixiya" yoki "Tarixi saltanati xonadoni mang`itiya" asarida ko`pgina tarixiy voqealarni yangicha yoritgan. Unda amir Doniyol hukmronligining so`nggi yillari va uch amir — Shohmurod, Haydar va Nasrullo hukmrqnligi to`g`risida muxtasar hikoya qilinadi. Ahmad Donish mustabidning cheksiz hokirniyatiga qarshi chiqib, davlat kengashi tuzishni taklif etadi. Asarda asosiy e'tibor amir Muzaffar (1860—1885) hukmronlik qilgan davr voqealariga hamda amir Abdulahad (1885—1910) hukmronlik qilgan davr boshidagi voqealarga bag`ishlangan, ya'ni muallif o`zining ko`z o`ngida yuz bergan va o`zi guvoh bo`lgan voqealarni tasvirlagan., Asarda podsho hukumatining o`rta Osiyoga uyushtirgan harbiy hujumlariga, Jizzax va Samarqandning bosib olinishiga katta o`rin ajratilgan. Ahmad Donish rasmiy tarixning eski an'analarini buzib, yangi siyosiy e'tiqodlarini jasurlik bilan e'lon qilgan va o`z davri ijtimoiy fikrida yangi ilg`or yo`nalishga asos solgan. U mamlakatdagi ilg`or harakatning asosiy kuchi xalqni ma'rifatli qilishda, deb bilgan. Buxoro amirining hukmronligini, badavlat qatlamlar va oliy ruhoniylaming aysh-ishratli hayotini tanqid qilgan. "Har bir kishi mehnat qilishi va o`z mehnati bilan topgan mablag`i hisobiga kun kechirishi darkor", — degan edi Ahmad Donish. U asarlarida o`qish va bilim egallashga da'vat etgan.

Shunday qilib, Buxoroda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida taraqqiyparvar demokratik asosga ega bo`lgan o`ziga xos madaniy hayot vujudga kelgandi. Iste'dodli o`zbek ustazodalarining ko`plab avlodlari tomonidan

yaratilgan milliy an'analar saqlandi va ijodiy rivojlantirildi. Buxoro zargarlari, kulollari va hunarmandlari buyumlari 1884-yilda Venada bo`lib o`tgan Butunjahon ko`rgazmasida ishtirok etib, shakllarining nafisligi va tasvirlari aniqligi bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgan edi.



Yakunlarni chiqaramiz

-1868-yil — Buxoro amirligi Rossiya imperiyasiga qaram bo`ldi;

-Rossiya Afg`oniston, Hindiston, Eron bilan savdo-sotiq amalga oshirildi;

-1885-yil — Vose' qo`zg`aloni bo`ldi;

-1887-yil — Buxoro amirligida temiryo'1 qurildi;

-1889-yil - Kalifda qo`zg`alon bo`ldi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə