Mundarija


Rossiyadagi Inqiloblarining Jadidlar harakatiga ta`siri



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə32/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36

Rossiyadagi Inqiloblarining Jadidlar harakatiga ta`siri


Rossiyadagi 1905—1907-yillar inqilobi Turkiston aholisi siyosiy faolligini kuchaytirib yubordi. Har qanday qatag`on ham milliy ozodlik harakatini to`xtatib qola olmadvo`lka aholisining mustamlakachi ma'muriyatga qarshi chiqishlari — o`z hukrnronligini saqlab qolish uchun Turkistonda yirik harbiy kuchlarni ushlab turishga majbur bo`lgan chor hukumatiga katta zarba bo`lib, aksincha, rus inqilobiga katta ko`mak edi.

Turkistonda XX asr boshlarida inqilob yildan-yilga kuchayib bordi. Masalan, 1911 —1914-yillarda Turkistonda, general-gubernator ma'muriyatiga maxfiy bildirishlarda yozilishicha, "qo`zg`alon ko`targan dehqonlar guruhlarining mustamlaka ma'muriyatiga, boylar va savdogarlarga nisbatan 1136 ta qaroqchilik hujumlari" qilinganligi qayd etilgan.

Rossiyadagi 1917-yilgi Fevral inqilobi ham milliy-ozodlik harakatining rivojlanishiga nihoyatda katta ta'sir o`tkazdi. Bu davrda jadidlar o`zining Islom kengashi ("Sho`royi islomiya") nomli birinchi partiyasini tuzadilar va u siyosiy tus ola boshladi. Buxoroda amir Olimxonni cheklangan islohotlar o`tkazishga erishgan Yoshbuxoroliklar partiyasi vujudga keldi. Xorazmda esa asosiy maqsadi mamlakatni boshqarishni isloh qilish bo`lgan Yoshxivaliklar partiyasi tuzildi.

1917-yil mart oyi boshlarida jadidlar Toshkentda barcha erkparvar tashkilotlarni umumiy dasturiga ega bo`lgan yagona tashkilotga birlashtirishi lozim bo`lgan yangi tashkilot tuzdilar. U "Musulmon markaziy sho`rosi" (Milliy markaz) deb ataldiJUning ta'sis syezdida 350 delegat qatnashgan, ularning orasida ozarbayjonlar, tatarlar, turkmanlar, boshqirdlar va boshqa musulmon xalqlarining vakillari bo`lgany

Syezdda bo`lajak davlatning maqomi muammosi yuzasidan qizg`in bahslar bo`ldi/Barcha delegatlar bo`lajak davlat Turkiston deb atalishi, uning tarkibiga Buxoro, Xiva, Qozog`iston va Turkiston general-gubernatorligi kirishi kerak, degan fikrni ma^qulladilai/Ammo davlatning maqomi to`g`risida so`z borganda fikrlar bo`lindi. ffoshkent jadidlari mustaqil va suveren Turkistonni yoqlagan bo`lsalar, samarqandlik delegatlar bo`lajak federatsiya tarkibida avtonomiya asoslarida qolishni taklif etishdi.

Jadidlar Alisher Navoiy, Mirza Bedil va Boborahim Mashrab g`oyalariga asoslangan milliy-demokratik va taraqqiyparvar jamoatchiligi ilg`or qismining eng yaxshi an'analarini davom ettirdilar. Ular Turkistonda tobora o`ziga yo'1 ochib borayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni ifoda etuvchilari edi. Jadidlar dunyoqarashi moddiy o`zgarishlar va o`sha davrda shakllangan yangi muhit bilan chambarchas aloqada bo`lgan. Jadidlar, ma'rifatparvarlar sifatida fransuz va ingliz ma'rifatchilari bilan g`oyaviy jihatdan yaqin maslakdosh edilar.

Jadidlarning asosiy xizmati shundan iborat bo`ldiki, ular milliy istiqlol g`oyasiga asos soldilar, Turkiston tarixining unutilgan qahramonona sahifalarini tiklab, tarixning tarbiyaviy ahamiyatini ko`rsatib berdilar. Ularning yana bir xizmati shundan iborat ediki, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tinch yo'1 bilan hal qilish usullarini ishlab chiqdilar, mavjud tuzumni yaxshilashning samarali usuli xalq maorifmi isloh qilish ekanligini, bilim olish va ularni hayotga tatbiq etish zarurligini ko`rsatib berdilar.

Yakunlarni chiqaramiz

-jadidlar dasturining bosh tamoyillari — ozodlik, tenglik, adolat;

-jadidlar harakati markazlari — Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg`ona, Qo`qon, Marg`ilon;

-Rossiyadagi inqiloblar ta'sirida jadidlar harakatining faollashuvi;

-Buxoroda yoshbuxoroliklar partiyasi tuzildi;

-1917-yil, mart — Toshkentda jadidlarning yangi partiyasi "Milliy markaz" tuzildi.


34-35-§. BIRINCHI JAHON URUSHINING TURKISTONGA TA'SIRI. 1916-YILDAGI Qo`Zg`ALON

Turkiston va birinchi jahon urushi


1914-yil 1-avgustda davlatlarning ikki guruhi: Antanta (Angliya, Fransiya va Rossiya) va Uchlar ittifoqi (Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya) o`rtasida Birinchi jahon urushi boshlandi. Rossiya urushga tayyor emasdi, ya'ni armiya jangovar tayyorgarlikka keltirilmagan, mamlakat iqtisodiyoti harbiy holatga o`tkazilmagan edi. o`q-dorilar yetishmasligi sezilib turar edi. Urushning birinchi yilidayoq Rossiya armiyasi ketma-ket qator og`ir mag`lubiyatga uchradi.

Urush davomida qishloq xo`jaligi vayron bo`ldi, ekin maydonlari qisqarib ketdi, qishloqda ishchi kuchlar yetishmas edi. Temiryo`lda boshboshdoqlik hukmron bo`lib, amalda esa u harbiy davr yuklarini tashir edi. Butun xo`jalik aloqalari izdan chiqqan. Rossiya iqtisodiyoti urush va bunday ko`lamdagi harbiy harakatlar uchun zaif ekanligi ayon bo`ldi. Davlat moliyasi inqirozga yuz tutdi. Maorifga, madaniyatni rivojlantirishga xarajatlar kamayib ketdi va mayda kredit deyarli qolmadi. Faqat urushning bir yili davomida soliqlar miqdori 50 foizga ko'paydi.

Talafotlar o`rnini to`ldirish va harbiy xarajatlar o`sishini qoplash maqsadida qo`shimcha mablag`lar izlar ekan, chor hukumati o`zi uchun ancha odatiy va eng oson bo`lgan yo`ldan, ya'ni o`z mustamlaka o`lkalarini talashdan, urush olib borish uchun sarf-xarajatlarning katta qismini o`z mustamlakalari, jumladan, Turkiston o`lkasi gardaniga yuklash yo`lidan bordi.

1915-yildan boshlab, Turkistonda paxtaga o`zgarmas davlat narxlari joriy etildi, narxlar umumiy o`sishi ( sharoitida bu narx paxtakorlarning hosil yetishtirishdagi xarajatlarini qoplay olmas edi. 1914—1915-yillarda paxtaga ayirboshlanadigan bug`doy narxi 100 foizga, 1916-yilda esa 400 foizga ko`paydi, paxta narxi esa 50 foizga ko`tarildi, xolos. Bu ko`rsatkichlar paxtaning davlat uchun zarurligini, lekin paxtakorning taqdiri uni qiziqtirmasligini anglatar edi. o`z paxtasini boshqa narxlarda, ya'ni monopol narxlardan yuqori narxda sotishga harakat qilib ko`rgan paxtakorlarga qarshi mol-mulkni musodara qilishgacha bo`lgan "zo`ravonlik" choralari qo`llandi.


Milliy-ozodlik harakatlari


1916-yil mahalliy aholi zimmasiga "podshohota" foydasiga, uning urush olib borishi uchun "ko`ngilli" badallar to`lash majburiyati yuklandi. Bu badallar har bir uy, oiladan olinadigan majburiy soliqlarga aylanib qoldi. Bu soliqlar oddiy xalq daromadi uchun og`ir yuk edi.

Urush davomida aholiga qo`shimcha soliqlar va natural majburiyatlar ham yuklandi. Turkistonda bu majburiyatlar butun mustamlaka xo`jaligining chuqur tanazzuliga olib keldi. Pulning qadrsizlanishi, bajarib bo`lmas soliqlar va sudxo`rlarning zo`ravonlarcha shartlari xalq azob-uqubatlarini haddan oshirib yuborgan edi. Ularning xo`jaligi tamomila zavolga yuz tutdi, bu esa iqtisodiyotning uzil-kesil barbod bo`lish havfmi tug`dirdi. Dehqonlar yerni arzon-garovga sotib yuborardi, natijada ularning 50 foizdan ortig`i yersiz dehqonga aylandi. Qarzlari evaziga ularning yer haydovchi mollarini va mehnat qurollarini tortib olishardi. Qishloq xo`jaligi ahvoli yomonlashuvi oqibatida paxta hosildorligi tushib ketdi va mehnat unumdorligi ham keskin pasaydi.

1915-yil oxiri va 1916-yilda boshlangan qimmatchilikdan norozilik aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi va xalq g`alayonlari kelib chiqa boshladi.

Toshkentdagi "ayollar isyoni" haqidagi xabar tez kunda mamlalditga tarqab ketdi, bunda bolalari och qolgan ayollar savdo rastalarini vayron qilib tashlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashib ketishdi, politsiyachilarga qarshilik ko`rsatishdi, ba'zan ularni kaltaklashdi.

Bu hokimiyat tanazzuli va Turkistonda milliy-ozodlik harakati yangi bosqichining boshlanishi bo`ldi. Keskin mojarolar ro`y bergan joylarga jo`natiladigan jazo guruhlari paydo bo`ldi. Turkistonda bir arzimas bahona bilan portlab ketgulik inqilobiy kuch yetarlicha to`planib qolgan edi.

1916-yil 25-iyunda e'lon qilingan podsho farmonida Turkistonda 19 dan 43 yoshgacha bo`lgan "mahalliy millatga mansub" erkaklarni harakatdagi armiya mintaqalarida mudofaa inshootlari qurish bo`yicha, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo`lgan ishlarga jalb etish to`g`risidagi hujjatda "imperator oliy maqomda amr etishi ma'qul topildi", deyilgan edi.

Farmondan keyin Turkiston general-gubernatori vazifasini bajaruvchi general Yerofeyev Ichki ishlar vaziridan mardikorlar olishni kechiktirmasdan va qisqa muddatda amalga oshirish to`g`risida ko`rsatma oladi.

Mardikorlikka olishning "rekvizitsiya" shaklida podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati va uning mahalliy aholiga nafrat bilan munosabatda bo`lishi yetarlicha aniq-yaqqol ifodasini topgan edi. Negaki, odatda narsalar yoki qoramollar — yem-xashak, yoqilg`i, otlar, aravalar tortib olinardi, endi esa "mahalliy millatga mansub" odamlar ham narsa yoki buyum sifatida tortib olinishi kerak edi. "Oliymaqom amr" asosida Sirdaryo, Samarqand va Farg`ona viloyatlaridan 250 ming kishi "rekvizitsiya" qilinishi mo`ljallangan edi.

Turkistondan odamlarni istehkomlar qurish uchun emas, balki Rossiya pomeshiklari va tadbirkorlarining ishchilar va dehqonlar urushga olingan korxonalari va imeniyelari (mulklari)da ishlatish uchun jo`nata boshladilar. Bu itoatkor va tekin ishchi kuchi edi. "Mahalliy millatga mansub" odamlar Ukraina shakar zavodlarida, Kavkaz mis konlarida, Donbass ko`mir shaxtalarida, tekin ishchi kuchi talab etiladigan deyarli hamma joyda mehnat qilishdi.

Qozg`lon sabablari va uning borishi

Farmonning e'lon qilinishi daladagi ishlarning qizg`in pallasiga to`g`ri keldi. Bu vaqtda hamma ishlovchi kuchlar hisobda bo`ladi. Ana shunday bir mahalda eng zarur ishchi kuchlarini ishlab chiqarishdan olib qo`yish mo`ljallangan edi.

Mustabid hukumat ma'murlari mardikorlarni kurashsiz olib bo`lmasligini oldindan bilishardi. General-gubernator qo`lida jamlangan cheklanmagan hokimiyat unga g`ayriqonuniy jazolarni qo`llashi uchun imkoniyat yaratib berar edi. Mahalliy aholi vaziyatni yaxshi tushunar va kurashda chor ma'muriyati ustun ekanligini sezib turar edi. Hokimiyat tarafida zamonaviy qurollar va yaxshi harbiy ta'lim ko`rgan muntazam armiya turardi. Mahalliy aholining quroli esa ketmon, o`roq va oybolta bo`lgan. Shunga qaramay, zulm va nohaqlikdan to`ygan xalq chorizm bilan noteng kurashga kirishdi.

1916-yil 4-iyulda Xo`jandda frontortidagi ishlarga jo`natiladigan mardikorlar ro`yxatini tuzishga qarshi namoyish bo`ldi. Hokimiyat namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi va mahalliy aholiga qarata o`q uzdi. o`sha oqshom ularga qarshi 200 askar va kazak qo`shinlari ham jo`natildi. Shahar harbiy holatda ekanligi e'lon qilindi. Aholining ko`chaga chiqishi taqiqlab qo`yildi. Suvga yoki bozorga borish ham mumkin emas edi. Askarlar va ofitserlar harbiy holat to`g`risidagi farmonni buzganlarni shafqatsiz jazolardi. Shunaqangi zo`ravonlikka qaramasdan, Xo`jand aholisi har qanday sharoitda ham mardikor bermaslikka qat'iy ahd qildi. Xo`jand voqealari Turkistonda 1916-yilgi qo`zg`alonlarni boshlab berdi.

5-iyulda Samarqand viloyatida qo`zg`alon boshlanib ketdi. Urgut shahrida olomon pristav mahkamasi tevaragida to`plandi. To`planganlar frontorti ishlariga jo`natilishi mo`ljallangan odamlar ro`yxatini yo`q qilib tashlashga muyassar bo`lishdi. 8-iyuldan boshlab qo`zg`alon keng qamrov oldi.

Aholining qahr-g`azabi avjga mindi. Masalan, Farg`ona viloyatining Afg`on qishlog`ida olomon volost boshqaruvchisini, uning kotibi va qorovulini o`ldirib tashladi. Andijonda qo`shinlar bilan aholi o`rtasidagi to`qnashuvda 12 kishi yaralangan, 5 kishi halok bo`lgan edi. Xalq biron-bir o`qotar quroli bo`lmagani holda hech qo`rqmasdan qurolli qo`shinlarga qarshi tashlandi. Eski Marg`ilonda qo`zg`alon ko`targanlar mahalliy ma'muriyatdan besh kishini o`ldirishdi.

11-iyul kuni Toshkentda qo`zg`alon bo`ldi. Devoniga shikoyat qilib kelgan ayollar olomoniga pristav (politsiya boshlig`i) o`q uzish to`g`risida buyruq berdi. Sebzor va Ko`kcha mahallalarining vakillari Toshkentning barcha aholisini qo`zg`alonga daVat etishdi. Qo`zg`alonchilar politsiya boshqarmasiga tashlandilar. Ro`y bergan to`qnashuvda bir necha kishi halok bo`ldi. Politsiyachilar ham o`ldirilgan edi. Yaralanganlarning ko`plarini qo`zg`alonchilar olib ketishgandi. Qo`zg`alonchilarni rus ishchilari ham qo`llab-quvvatlashdi. Toshkent tramvay deposi ishchilari, Toshkent gospitali sanitarlari, feldsherlari yaradorlarni yashirishdi va ularga tibbiy yordam ko`rsatishar edi.

Xuddi shu kuni Namanganda ham to`qnashuv bo`ldi. Qo`zg`alonchilarga qarata pulemyotdan o`q yog`dirildi, 16 kishi o`ldirildi va 30 kishi yarador bo`ldi.

Toshkentdagi voqealardan keyin butun Turkiston qo`zg`alonlar alangasi girdobida qolgan edi. Shaharlarva qishloqlar aholisi mitinglar va namoyishlarga chiqishdi, mardikorlikka olinadiganlar ro`yxatlarini yo`q qilib tashlashdi, volostnoylar, qozilar, politsiyachilarni o`ldirishdi.

13-iyulda Jizzaxda qo`zg`alon boshlandi. Xuddi shu kuni tinimsiz ishlagan telegraf ushbu bildirish harflarini yetkazib turgan: "Jizzaxda tartibsizliklar, simlar kesib tashlangan, o`qlar otilmoqda, madad yuborishingizni so`raymiz". Hukumat qo`shinlari qo`zg`alonchilarga qarata o`q uza boshladi, bu narsa ularning qahrg`azabini battar kuchaytirib yubordi. Qo`zg`alon butun uyezdni qamrab oldi. Temiryo`llar, ko`priklar, telegraf liniyalari va Lomakino stansiyasi vayron qilindi. Lomakino va Obruchevo stansiyalari o`rtasidagi temiryo'1 shoxobchasi qo`shinlar yo`lini to`sib qo`yish uchun buzib tashlandi. Obruchevo stansiyasida tungi qattiq janglar bo`ldi. Har ikki tomondan ham o`ldirilganlar va yarador bo`lganlar ko`p edi. Jizzax qo`zg`alonchilariga qarshi yirik harbiy qismlar va ikkita artilleriya batareyasi tashlandi. Qurolsiz isyonchilarni hatto to`plar na'rasi ham cho`chita olmasdi. Ayovsiz jangga tayyorgarlik ko`rgan qo`zg`alonchilar o`z oilalarini tog`larga jo`natib yuborgan edilar.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə