Mundarija


Ilmiy o`lkashunoslikning rivojlanishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə35/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36

Ilmiy o`lkashunoslikning rivojlanishi


XIX asr oxiri — XX asr boshlarida tarix fani birmuncha muvaffaqiyatlarga erishdi. Jadidlar tarbiyaviy maqsadlarda tarix sohasidagi tadqiqotlarning mazmuni va g`oyaviy yo`nalishini o`zgartira boshladilar. Xalq tarixi to`g`risida yozishning tamal qoidasini jadidlar boshlab berdilar, ular tarixni xonlar, sultonlar va amirlar almashinuvi sifatida tasvirlash o`rniga xalq — tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini ifodalay boshladilar.

"Turkiston viloyatining gazetasi" sahifalarida ushbu gazetaning bosh muharriri Mulla Olim Mahmud Hoji Turkiston o`lkasi tarixining to`liq sharhi hisoblanmish "Turkiston tarixi"ni chop etdi. Bu qadim zamonlardan boshlab, Turkiston o`lkasidagi voqealarning dunyoviy xronikasini bayon etgan o`zbek tilida bosmadan chiqqan ilk tarixiy asar edi. Jadidlar tarixni Turkiston o`lkasida savodxon va bilimdon kishilarni tarbiyalash borasida eng muhim fan deb hisoblashar edi.

1895-yilda tashkil etilgan Arxeologiya havaskorlari to`garagining qatnashchilari tarixiy yodgorliklarni qo`lyozma manbalar bo`yicha tavsifladilar va o`rgandilar. Garchi qazishma ishlari kamdan-kam o`tkazilgan bo`lsa-da, ayrim arxeologik obyektlarni izlab topish va ularni tavsiflab berishga muvaffaq bo`ldilar.

1870-yil Toshkentda xalq kutubxonasi tashkil etilishi o`rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega voqea bo`ldi. Kutubxona ochilgan vaqtda kitoblar soni atigi 1700 jild bo`lsa, 1917-yilga kelib ularning soni 80 mingtaga yetdi. Bu kitoblarning hammasi Turkiston tarixi, tabiati va etnografiyasiga oid edi.

XIX asrning o`rtalariga kelib Turkiston o`lkasida mahalliy ziyolilar ishtirokida qator ilmiy jamiyatlar tuzildi. Ular orasida, ayniqsa, samarqandlik Mirza Abdullin,.arxeolog, numizmatika ishqibozi, Samarqandning ko`p sonli qadimiy yodgorliklarini tasvirlab bergan rassom-kallegroflst Mulla Qosimov alohida o`rin tutadi. Toshkentda yashovchi Akrompolvon Asqarov sharqshunos olim N.I.Veselovskiyning yaqin yordamchisi bo`lib, u qadimiy yodgorliklar kolleksiyasini to`plashda katta hissa qo`shgan. Ular to`plagan qadimiy tangalar soni 15 mingdan ortiq edi. Buxoroda yashovchi Muhammad Vafo qadimiy gilamlar, paloslar va qo`lyozmalarni to`plash bilan shug`ullangan. o`lkani o`rganish ishlariga geograf-tadqiqotchilar Olimxo`ja Yunusov, Mirzo Hakim va boshqalar ham katta hissa qo`shganlar.

Mustamlaka sharoitida Turkiston o`lkasini o`rganish va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish og`ir kechar edi. Turkiston o`lkasi mustamlaka davlat ma'muriyati ixtiyorida bo`lganligi sababli ilmiy jamiyatlar faoliyatiga befarq qaralar edi. Turkiston o`lkasi tarixini har tomonlama o`rganishda tadqiqotchi olimlarning xizmati katta bo`ldi. Ular Rossiyaning yuksak saviyali, mehnatsevar, taraqqiyparvar kishilari edi. Rossiya fani va madaniyatining bu ilg`or vakillari o`zbek, tojik va qoraqalpoq xalqlari bilan birgalikda og`ir kechayotgan hayotni yengillatish, ular orasida zamonaviy bilimlarni yoyish hamda xalqlar o`rtasida do`stlik tuyg`ularini kamol toptirishga harakat qildilar. Bu olimlar o`lkani ilmiy jihatdan o`rganish ishlariga mustahkam poydevor qo`ydilar va shu sababli ularning nomi o`zbekiston tarixi sahifalarida saqlanib qoldi.



Likoshin Nil Sergeyevich (1860—1922) turkolog, tarjimon, o`rta Osiyo haqida yozilgan 700 dan ortiq ilmiy-o`lkashunoslik sohasidagi ishlar va "Turkistondagi yarim umr" asari muallifi edi. U o`rta Osiyo tarixchisi Abu Bakr Muhammad Zafar an-Narshaxiyning (899—959) Buxoro tarixidan hikoya qiluvchi "Tarixi Narshaxiy" asarini rus tiliga tarjima qilgan.

Ilmiy-o`lkashunoslik sohasi asoschilaridan biri Mayev Nikolay Aleksandrovich hisoblanadi. Uning o`rta Osiyodagi faoliyati 1869- yildan boshlangan bo`lib, asosan o`lkamiz tarixi va madaniyatiga qiziqar edi. 1870-yilda tashkil etilgan o`lka ma'muriyatining rasmiy nashri bo`lgan birinchi o`rta Osiyo gazetasi "Turkestanskiye vedomosti"ning ilk sonidan boshlab 1892-yilgacha muharriri bo`ldi. Uning tashabbusi va harakatlari bilan bu gazeta o`lkashunoslik mavzusiga katta ahamiyat berdi. Uning sahifalarida mahalliy tarixchilar, tadqiqotchilar, sharqshunoslar o`z maqolalarini e'lon qildilar. Bu an'ana gazetada uzoq yillar davom etdi. o`rta Osiyodagi birinchi muzey, ya'ni bugungi tabiat muzeyi va tarix muzeylarining asosi bo`lib xizmat qilgan — Turkiston muzeyining paydo bo`lishi ushbu gazeta nomi bilan bog`liq. U shuningdek, Toshkentdagi umumiy kutubxona tashkil etilishi va kutubxona ishlarining yo`lga qo`yilishiga katta hissa qo`shdi. Yillar o`tishi bilan bu kichik kutubxona Alisher Navoiy nomidagi o`zbekiston milliy kutubxonasiga aylandi.



Veselovskiy Nikolay Ivanovich (1848—1918) sharqshunos, arxeolog — o`rta Osiyo hududida birinchi bo`lib arxeologik qazishmalar olib borgan mutaxassis olim. 1885-yil qadimiy Samarqandning Afrosiyob xarobalarini qazish vaqtida qadimiy buyumlar, odamlarning va hayvonlarning bosh qismi tasvirlangan sopol parchalari, sopol va g`ishtdan qurilgan devor qoldiqlari, quduqlar, hovuzlar, suv quvurlari kabi inshootlar topildi. Afrosiyobdagi qazishmalar 1895-yilda ham davom ettirildi. Samarqandning tarixiy arxitektura yodgorliklarini ilmiy asosda ta'riflab berish ham N.Veselovskiy nomi bilan bog`liq. U 1895-yilda Bibixonim masjidi va Go`ri Amir maqbarasi rasmi va chizmasini tayyorlagan olim va rassomlar ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan. 1905yilda ushbu ekspeditsiya materiallari asosida Go`ri Amir maqbarasiga bag`ishlangan rangli albom tayyorlandi. N.I.Veselovskiy "Samarqanddagi Xo`ja Ahror yodgorligi", "Bibixonim masjidi", "Yana ossuariyalar haqida", "Samarqandda ramazon", "Buxoroda Qurbon hayiti" va boshqa ko`plab asarlar muallifidir.

Nalivkin Vladimir Petrovich (1852—1918) — turkshunos olim. Kalugada tug`ilgan, 1873-yildan boshlab Turkistonda yashagan. U bir necha yil Farg`ona viloyatining Nanay qishlog`ida yashab, o`zbek, tojik, arab tillarini o`rgangan. V.P. Nalivkin etnografiyaga doir ishlar, Turkiston tarixi, islomshunoslik, o`zbek va fors tillarini o`qitish bo`yicha qo`llanma, ruscha-o`zbekcha va o`zbekcha-ruscha lug`at, "Turkiston o`qituvchilar seminariyasi uchun xrestomatiya", "o`zbek tilini amaliy o`rganish uchun qo`llanma", "Qo`qon xonligining qisqacha tarixi" asarlarini yozgan.

Tarixchi olimlar orasida akademik Bartold Vasiliy Vladimirovich (1869—1930) alohida o`rin tutadi. Uning mukammal ilmiy asarlari to`plami to`qqiz tomdan iborat. Ular orasida "Mo`g`ullar hujumi davrida Turkiston", "1365-yil. Samarqandda xalq harakati", "Musulmonlik madaniyati", "Turkistonni sug`orish tarixiga oid", "Ulug`bek va uning davri" "Turkistonning madaniy hayoti tarixi" va boshqa asarlari bor.

U o`rta Osiyoga birinchi marta 1893-yilda kelgan. Turkiston universiteti ochilishida faol ishtirok etgan va tarix-filologiya fakultetida ma'ruzalar o`qigan. "Mo`g`ullar hujumi davrida Turkiston" asari o`rta Osiyoning o`rta asrlar tarixi uchun ishonchli manba bo`lgan va hozirda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan ilmiy asarlardan biri hisoblanadi.

Vyatkin Vasiliy Lavrentyevich (1869—1932) — taniqli sharqshunos va arxeologlardan biri bo`lib, Samarqandda yashagan va ishlagan. Mahalliy tarix ishqibozlari bilan birga uzoq vaqt Ulug`bek rasadxonasini topish bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. 1908-yilda rasadxona binosi qoldiqlarini va unga tegishli asbob-uskunalarning bir qismini topishga muvaffaq bo`ldi.

U "Shohizinda", "Cho`ponota", "Yevropalik donishmand", "Afrosiyob qo`rg`oni" asarlari, rus va o`zbek tillarini o`rganish bo`yicha qator darsliklar muallifi.



Mallitskiy Nikolay Guryevich (1873—1947) sharqshunos va turkolog — 1895yildan boshlab Toshkentda yashagan. U Toshkent tarixining mohir bilimdoni bo`lib, unga bag`ishlangan ko`plab ilmiy asarlar, shuningdek, "So`nggi yuz yillikdagi Toshkent tarixidan bir necha sahifalar", "XVII asr Toshkent tarixidan sahifalar", "Qo`qon hukmronligi ostidagi Toshkent tarixiga doir", "Toshkent shahri. Bir qancha raqamlar", "Toshkent. Tarixiy ocherk", "Toshkent mahallalari" asarlari muallifidir.

Semyonov Aleksandr Aleksandrovich (1873 — 1958) — mashhur sharqshunoslardan biri. U Beruniy, Ibn Sino ijodi ilmiy merosi bo`yicha tadqiqotlar olib borgan va ular asosida "o`rta Osiyo hududida mavjud bo`lgan yozuv", "o`rta Osiyo Davlat universiteti kutubxonasidagi fors, arab va turk qo`lyozmalari bayoni", "o`zbek mumtoz musiqasi tarixiga doir" asarlarini yozgan. Nodir ilmiy asar hisoblangan "Turkiston to'plami"ning 48 tomligini tuzishda ham bu olimning xizmati beqiyosdir.

Yakunlarni chiqaramiz

-1876-yil — Turkiston muzeyi ochildi;

-N.A. Seversev Turkiston tarixi va tabiatini o`rgandi;

-P.P. Semyonov-Tyanshanskiy Tyan Shan tog`ida geografik tadqiqotlar olib bordi;

-A.P. Fedchenko, I.V. Mushketov Turkistonda geografik tadqiqotlar olib bordilar;

-V.L. Vyatkin Ulug`bek rasadxonasi joylashgan yerni topdi;

-Mirza Abdullin, Mulla Qosimov, Akrom polvon Asqarov, Muhammad Vafo, Olimxo`ja Yunusov, Mirzo Hakim ilmiy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etdilar;

-N.S. Likoshin, N.A. Mayev, N.I. Veselovskiy, V.P. Nalivkin, V.V. Bartold, N.G. Mallitskiy, A.A. Semyonov tarixiy fanlar rivojiga hissa qo`shdilar.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə