National University of Uzbekistan Volume 3



Yüklə 88,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix30.12.2023
ölçüsü88,85 Kb.
#164072
1   2   3   4   5   6   7   8
bioetikaning-paydo-bo-lishi-uchun-tarixiy-zaruriyatning-yuzaga-kelishi

Keywords:
Ethics, ethics, bioethics, globalization, "do no harm". 
deontological model, thalidamide tragedy, medical ethics, trauma, transplantology. 
 
KIRISH 

Insoniyat yaralibdiki u tabiatda yashab qolish uchun qaysidir ma‘noda 


kurashgan va kurashmoqda. Sog‘lom va mukammal yashash har 
bir davrda insonning hayotiy maqsadi bo‘lgan va bu maqsad 
yo‘lida u bazida turli qurbonliklarga sababchi bo‘lgan. Buning 


National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
480
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
natijasida axloqiy qadriyat va jamiyat qonuniyatlarida turli muammoli vaziyatlarni 
keltirib chiqargan. Shuday muammolardan biri bu bioetika masalasi bo‘lib, u tabiat, 
inson, texnika omili o‘rtasida muammolar va ularni bartaraf etish uchun axloqiy 
qadriyatlar va insonparvarlik munosabatlarini tartibga solish tarixiy zarurat 
bo‘ganligi va bu yo‘ldagi dolzarb muammo hamda jarayonlar axloqiy meyyorlar 
doirasida hal qilinishi lozimligini mavjud sharoitning o‘zi taqozo etgan. Insoniy 
makon qanchalik taraqqiy etmasin, inson o‘z atrofidagi koinot, tabiat, inson 
tushunchalariga o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirmas ekan bu 
birinchi navbatda insonning o‘ziga taxdid solishi muqarrar. Uzoq davrga emas, ayni 
damda insoniyatni tashvishga hamon solib kelayotgan COVID-19 muammosi 
insoniyatni yana bir bor o‘ylantirib qo‘ydi. Axloq va axloqiy munosabatlar 
insoniyatni tabiyatning elitasi sifatida gavdalantirishiga xizmat qiladi. Axloq ijtimoiy 
ong shakli sifatida jamiyatda insonlarning o‗zaro munosabatlarini tartibga soladi. 
Tarixan insonlarning birgalikdagi hayoti va faoliyati jarayonida ma‘naviyat deb 
ataladigan va ularning xulqini tartibga soladigan ma‘lum bir odat, qoida va me‘yorlar 
majmuasi vujudga kelgan. ―Etika‖ atamasi ilk bor Aristotel tomonidan taklif etilgan 
bo‗lib, u xulq ma‘naviyati falsafasi va u bilan bog‗liq bo‗lgan me‘yorlarni, ya‘ni 
axloq nazariyasini anglatadi [1]. 
Ma‘lum bir turdagi kasbiy faoliyat bilan shug‗ullanish axloq me‘yorlarida 
o‗ziga xos xususiyatlarini vujudga kelishiga sabab bo‗ladi. Tibbiy xodimlaming 
etikasi birinchi navbatda insonlar sog‗lig‗i va hayotini saqlash maqsadiga 
yo‗naltirilgan. Inson koinot yoki tirik mavjudotning zulmkor xo‘jayini emas, balki 
uning bir bo‘lagi ekanligini, ming yillardan biyon shakillangan qadriyat va insoniy 
munosabatlarni saqlamog‘i va ijobiy tomonga rivojlantirmog‘i lozim. Ilmiy-texnika 
taraqqiyotining biotibbiyot sohasidagi yutuqlari nafaqat amaliy jihatdan kengaydi, 
balki biotibbiyot sohasidagi imkoniyatlar, shuningdek, yaxshilik va yomonlik 
haqidagi an'anaviy g'oyalar, bemorning yaxshiligi, inson hayotining boshlanishi va 
oxiri haqidagi g'oyalarga ta'sir ko'rsatdi va shunga mos ravishda bioetikaning 
rivojlanishiga qo'shimcha turtki berdi. 

Yüklə 88,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə