National University of Uzbekistan Volume 3


National University of Uzbekistan



Yüklə 88,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix30.12.2023
ölçüsü88,85 Kb.
#164072
1   2   3   4   5   6   7   8
bioetikaning-paydo-bo-lishi-uchun-tarixiy-zaruriyatning-yuzaga-kelishi

National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
482
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
burch) ingliz faylasufi I. Bentam (1748-1832 yy.) tomonidan fanga kiritilgan 
bo‗lib, burch haqidagi ta‘limotni anglatadi. Asosiy holatlar uning ―Deontologiya yoki 
axloq haqidagi ta‘lim‖ kitobida bayon etilgan (1831y). Ushbu modelning asosiy 
tamoyillari - ―burchga sodiqlik‖, ―foyda keltirish‖. Ta‘kidlash lozimki, deontologiya 
axloqiy burch haqidagi ta‘limot sifatida etikaning tarkibiy qismini tashkil etadi va 
vrach etikasini tibbiy faoliyatning u yoki bu vaziyatidagi ma‘lum bir ko‗rinishi, ya‘ni 
kasbiy 
axloqning 
amaldagi 
namoyishi 
hisoblanadi.[4] 
Bioetika modeli.
―Bioetika‖ atamasi 1970 yilda amerikalik olim V.R.Potter 
(191l-2001yy.) tomonidan taklif etilgan. Bioetika bo‗yicha tashkil etilgan Strasburg 
simpoziumi (1990 y.) ta‘rifiga ko‗ra, bioetika - tibbiyot va biologiya fanlari 
rivojlanishi jarayonida vujudga keladigan axloqiy, huquqiy, ijtimoiy muammolarni 
o‗rganadigan bilimlar sohasidir. Amaliy etikaning bir qismi sifatida bioetika 
sohalararo fan bo‗lib, asosiy maqsadi tibbiyot va biologiya fanlari yutuqlarini tadbiq 
etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan insonlar hayoti 
va sog‗lig‗ini himoya qilishdi.
Bioetika fani asoschisi masalasi biroz munozarali bo‘lib, ba'zilar nemis 
ilohiyotchisi va faylasufi Fritz Yahrni himoya qilishsa (U 1927 yilda o'simliklar va 
hayvonlarga nisbatan axloq qoidalariga oid maqolasida «Bio-Etik» atamasini 
ishlatgan). Boshqa mualliflar esa 1969 yili amerikalik onkolog va biokimyogar 
V.Potter uni muomalaga kiritgan deb hisoblashadi. U 1970 yilda bioetik axloq 
atamasini maqolasida ishlatgan va bir yildan so'ng "Bioetika: kelajakka ko'prik" 
nomli kitobini nashr etgan. 1999 yili Kosta-Rikada bioetika masalalariga 
bag‗ishlangan anjumanda V.Potter nutq so‗zlar ekan, ―Men barchangizdan bioaxloqni 
mas‘uliyat, kompetentlik talab qiluvchi hamda barcha madaniyatlarni o‗zida 
mujassam etgan va gumanizmni targ‗ib etayotgan yangi etika ta‘limoti sifatida qabul 
qilishingizni so‗rardim‖, — dedi. Uning fikricha bioetikaning asosiy g‗oyasi 
umuminsoniy qadriyatlarni tibbiy-biologik dalillar bilan uyg‗unlikda ko‗rib 
chiqishdan iborat.[5] 
A. Shveytseming 1924 yilda chop etilgan ―Madaniyat va etika‖ nomli kitobi 
bioetikaning vujudga kelishida dastlabki bosqich sifatida muhim ahamiyat kasb 
etgan. A. Shveytser ushbu munosabatni keng qamrovli bo‘lishi lozim deb 
takidlaydi. Ilk marotaba universal etikada biotsentrizm ta‘limoti e‘lon qilingan bo‗lib, 
uning falsafiy asosini zo‗rlik ishlatmaslik strategiyasi, barcha mavjudotga ziyon 
etkazmaslik tamoyili – 
aximsa
tashkil etadi. Bioetika 
antropotsentrik yo‗nalishdan voz kechib, biotsentrizm tamoyillari 
asosida barcha tirik mavjudotga hurmat va insoniy munosabatda 



Yüklə 88,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə