National University of Uzbekistan Volume 3



Yüklə 88,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix30.12.2023
ölçüsü88,85 Kb.
#164072
1   2   3   4   5   6   7   8
bioetikaning-paydo-bo-lishi-uchun-tarixiy-zaruriyatning-yuzaga-kelishi

 
MATERIAL VA METODLAR 
Bugungi zamonaviy jamiyat salomatlik eng katta boylik ekanligini to‘liq 
anglab yetdi. Bu o‘rinda sifatli va zamonaviy tibbiyot sohasiga ehtiyoj ham oshib 
bormoqda.

Biz o‗z oldimizga qo‗ygan buyuk maqsad – Yangi 
O‗zbekistonni barpo etishga faqat sog‗lom xalq, sog‗lom 


National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-479-486 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
481
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
millatgina qodir bo‗lishini albatta barchamiz yaxshi tushunamiz‖[2]. 
Bioetika- biotibbiyot fani va sog‘liqni saqlash amaliyotidagi so‘nggi ilmiy 
yutuqlar natijasida yuzaga kelgan axloq va axloqiy muammolarni tushunish, 
muhokama qilish va hal qilishga qaratilgan fanlararo tadqiqot sohasidir. Bioetika
keng qamrovli, sohalararo fan sifatida o‗zida tibbiyot, sotsiologiya, psixologiya, 
ijtimoiy psixologiya, mantiq, huquqshunoslik, menejment, dinshunoslik, pedagogika 
hamda boshqa tibbiy va notibbiy fanlar yutuqlarini jamlaydi, amaliy tibbiyotning 
axloqiy muammolarini o‗rganadi. Bioetikani paydo bo‘lishi va fan sifatida 
shaklanishi sabablari va shart-sharoitlari bilan bog‗liq masalalarni o‗rganish,
jarayonida turli manbalarni o‗rganish, tarixiy va qiyosiy tahlil, analiz, sintez, 
umumlashtirish kabi usul va uslublaridan samarali foydalanildi. 
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Bioetikaning tarixi uch ming yildan ko'proq vaqtni o'z ichiga oladi. Qadimgi 
Hindistonda shifokorlar miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalaridayoq qasamyod 
qilganlar. Shifokorlar bu soxani chuqurroq o‘rganish maqsadida turli xil tadqiqolarni 
amalga oshirganlar. Odamlar va hayvonlar bo'yicha tibbiy tadqiqotlar tarixi ham uzoq 
tarixga ega, ammo ma'lum vaqtgacha ularni amalga oshirish bilan bog'liq axloqiy va 
huquqiy muammolar bugungi kunda bo'lgani kabi jamiyat va tadqiqotchilarning 
diqqatini jalb qilmagan. Shunga qaramay, shuni ta'kidlash kerakki, tadqiqotchilar 
ushbu muammolarning mavjudligiga birinchilardan bo'lib e'tibor qaratdilar va 
ularning yechimiga yondashuvlarni taklif qildilar. Tibbiy etika - tibbiy xodimlar 
faoliyatining o‗ziga xosligi va jamiyatdagi o‗rni bilan belgilanadigan axloq 
me‘yorlari va tamoyillari majmuasidir [3]. 
U shuningdek, tibbiy faoliyatni tartibga soluvchi axloq me‘yorlari va 
mezonlaridan tashkil topgan kasbiy tibbiy xulq sifatida ham e‘tirof etiladi. 
Shartli ravishda tibbiy etikani quyidagi tarixiy modellarini farqlash mumkin: 
- Gippokrat modeli (eramizgacha 460-377yy. ). Mazkur modelning asosiy mazmuni 
―Qasamyod‖da bayon etilgan. Ushbu model patemalizmga (lotinchadan pater - ota) 
asoslangan, asosiy tamoyili - ―ziyon yetkazma‖. 
- Paratselbs modeli (1493-1541yy.). Bu model o‗rta asrlarda shakllangan bo‗lib, 
uning tamoyillari aynan Paratselbs tomonidan nisbatan aniqroq bayon etilgan. Ushbu 
modelga ko‗ra bemor va vrach munosabatlari o‗z mohiyati bo‗yicha - vrachning 
muruvvati natijasidir. Binobarin, modelning asosiy tamoyili ham - 
―ezgulik, 
muruvvat 
qil‖. 
- Deontologik model. ―Deontologiya‖ atamasi (deon. (grech.)- 



Yüklə 88,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə