Nizomiy nomidagi



Yüklə 70,16 Kb.
səhifə7/15
tarix07.10.2023
ölçüsü70,16 Kb.
#125998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Ismatova Zarina

Obyektiv nizolarga ta’limnmg rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog‘liq nizolar kiradi. Bu nizolar amaliy nizolar bo‘lib, o‘quv jarayonini rivojlan31 tirish, ta’lim muassasasida normal «nthiy iqlim»ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Subyektiv nizolarga o‘qituvchi va о‘quvchi laming u yoki bu voqelikka bo‘lgan shaxsiy fikrlarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi. Bu nizolar tabiati bo‘yicha his-tuyg‘uga, hissiyotga berilish, qiziqqonlik oqibatida yuzaga chiqadi. Odatda, bunday nizolar bir-birini ruhan ko‘ra olmaydigan yoki bir-birini tushunmaydigan, yoxud tushunishni istamaydigan o'qituvchi va olquvchilaming qarama-qarshi fikrlari oqibatida vujudga keladi.
Oqibat natijasiga qarab, pedagogik nizolar konstruktiv va destruktiv nizolarga bo‘linadi.
Konstruktiv nizolar ta’lim muassasasida maqsadga muvofiq, o‘zgartirishlar qilinishini, oqibatda esa nizo chiqadigan obyekt (sabab) ni bartaraf etishni nazarda tutadi.
Agar nizo hech qanday asosga ega bo‘lmasa, unda bu nizo destruktiv nizo deb yuritiladi. Bunday nizolar o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlami barbod etadi, so‘ngra ta’lim jarayonini izdan chiqansh payida bo‘ladi. Shuni nazarda tutish kerakki, har qanday konstruktiv nizo, agar o‘z vaqtida oldi olimnasa; destruktiv nizoga aylanadi, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilar bir-biriga nisbatan nafratlarini namoyish etish, bo'lar-boimasga tirnoq ostidan kir izlash, har bir so‘zdan ilgak topisli, atrofdagilaming qadr-qimmatini yerga urish, o‘zining fikrini majburan uqtinsh, yetilgan muammolami hal qilishdan bosh tortish harakatida bo‘ladilar.
Nizolar toifaologiyasi, ya’ni uning o‘ziga xos toifalarga, ko‘rinishlarga bolinishi ancha murakkab hodisa hisoblanadi. Chunki har bir real konflikt faqat uning o’zigagina xos bo‘lgan xususiyatlardan iborat. Shu nuqtayi nazardan, nizolarni o‘xshash guruhlarga ajratib o‘rganish biroz qiyinchilik keltirib chiqaradi. Ammo nizolami biron to’xtamga yoki biron ijobiy natijaga keltirish usullari jihatidan ba’zi umumiy qoidalar va tamoyillami ajratib ko‘rsatish mumkin.
Nizodan pedagogik jarayonda mohirona foydalanish uchun, albatta, nazariy bilimlarga ega bo‘lish kerak, ya’ni uning dinamikasini va uning barcha tashkil qiluvchilarini yaxshi bilish kerak. Nizoli jarayon to‘g’risida faqatgina hayotiy tasavviurlarga ega bo'lgan insonga nizodan foydalanish texnologiyasi to‘g’risida gapirish foydasizdir.



Yüklə 70,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə