Nizomiy nomidagi



Yüklə 70,16 Kb.
səhifə3/15
tarix07.10.2023
ölçüsü70,16 Kb.
#125998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ismatova Zarina

Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar
yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama-qarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi
kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir.
Pedagogik nizo tushunchasi. Pedagogik nizo bu - o’qituvchi bilan o’quvchining kelishmovchiliklari. Pedagogik konflikt - ta’lim tiziinida pedagogik konfliktlaming vujudga kelish sabablari va tabiatini o‘rganadigan, ulami bartaraf etish usullari va amaliy tavsiyalami ishlab chiqadigan nazariy-amaiiy yocnalish hisoblanadi. Pedagogik konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat bo‘lib, tabiiyki jamiyatmng kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari asosan maktabda, oliy va o‘rta maxsus ta’limda ko'zga tashlanadi. Ta’limda o‘z «Men»ini qattiq hnrmat qilishga odatlangan o‘quvchi yoki talabalar orasida konfliktli munosabatlaming bo‘lishi tabiiy hodisa. Lekin amaliy ko'mkmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan pedagog yoki rahbarlar ham konfliktli munosabatlami vujudga kelishiga sharoit yaratib berishi mumkin. Pedagogik konfliktni pedagogika va psixologiya fanlari bir-biri bilan uzviy holda o‘rganadi va hal qiladi. Ulaming har ikkisi bitta umumiy jarayonni - insonning psixik faoliyati hamda uning xulqatvorini tadqiq etadi. Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixologik tayyorgarliksiz auditoriyaga kirishi miunkin emas. Shuning uchun ham o‘quvchilar o'rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo’lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarur. Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar va jamiyatning roli juda katta. Chunki ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. O'qituvchi shulami hisobga olgan holda bolalar psixikasi va xarakterini o‘rganishi, shu asosda o‘qitishning aniq va izchil tizimini ishlab chiqishi lozim.
Pedagogik nizolarning bir qator belgilari quyidagilardir:
a) Inqiroz;
b) Anglashilmovchilik;
c) Kutilmagan hodisa;
d) Zo’riqish;
e) Noqulaylik;
f) Ichki yoki tashqi xavotir;
g) Bartaraf etish qiyin bo’lgan qo’rquv.



Yüklə 70,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə