Nizomiy nomidagi


Kurs ishi mavzusining ob’yekti



Yüklə 70,16 Kb.
səhifə2/15
tarix07.10.2023
ölçüsü70,16 Kb.
#125998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ismatova Zarina

Kurs ishi mavzusining ob’yekti: O’quvchilar o’rtasidagi nizoli vaziyatlarni va ularning vujudga kelish sabablarini o’rganish.
Kurs ishi mavzusining predmeti: O’quvchilar o’rtasidagi nizoli vaziyatlarni xal qilish va oldini olishda pedagogning kasbiy qobiliyatini o’rganish.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: O’quvchilar va pedagog o’rtasidagi nizolarni oldini olishni amaliy va nazariy tahlil qilish.
Kurs ishi mavzusining vazifalari:
1. O’quvchilar bilan yuzaga kelgan nizolarni va ularning psixologik xususiyatlarini tahlil qilish.
2. O’quvchilar muloqot madaniyatini oshirishni usullarini o’rganish.
3. O’quvchilar va pedagog o’rtasidagi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizolarni o’rganish.
4. Nizolarni xal qilishda pedagogik qobiliyatdan foydalanishni tushuntirish.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, 2 bob, 5 paragraf, xulosa, yangi pedagogik texnologiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.


I BOB. NIZOLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
1.1. Nizo va pedagogik nizo.
Inson o‘z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo'ladigan turli munosabatlaming uzluksizligidan iborat bo‘lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ulami konfliktlar deb ataymiz.
Bolalik davrida o‘yinchoqlami talashish, birovlarga hasad qilish yoki o‘glil bolaiaming janjal qilib urishganini ko'p kuzatgansiz. Mana shunday konfliktlar keyinchalik oilada, er-xotin, qaynona-kelin, aka-opalar, yaqinlar, do‘stlar, ijtimoiy guruhlar, turli kampaniyalar 0‘rtasida, kasbiy faoliyatda, shuningdek pedagogik faoliyatda ham vujudga kelishi mumkin. Xo£sh, aslida konflikt nima, uni yengib bo‘ladimi, undan inson o‘zini ehtiyot qilishi mumkinmi, konfliktsiz yashashning tartib va qoidalari mayjudmi, ular nimalardan iborat?
“Nizo – bu o’zaro kelishmovchilik yoki qarama – qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug’ilgan holat, munosabat; ihtilof, nifoq”.  Adovat, ihtilof, nifoq tufayli o’zaro janjallar sodir bo’ladi. Odamlar janjal haqida o’ylaganlarida dushmanlik, qo’rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi.
Konflikt o‘zi nima? «Konflikt» atamasi «Nizo» tushunchasining
dastlabki ekvivalenti sanaladi. Bu fan o‘rganuvchi ob’yektlar nimalardan iborat? Konfliktlarning kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o‘rganuvchi fan «Konfliktologiya» boiib, u lotincha «conflictus»- to‘qnashuv, «logiya» - ta’Iimot demakdir. Demak, Konfliktologiya to‘qnashuv haqida ta’lim berish, ya’ni to'qnashuv haqidagi fan hisoblanadi.
Konfiikt tabiiy hodisa. Konfiikt - oddiy hoi. Chunki konfiikt har birimizning turmushimiz va tirikligimizga xos va hayotimizga tegishli bo‘lgan narsa. Ammo ko‘pchilik insonlar ongida an’anaviy mavjud boigan fikrga ko4ra, konfiikt - bu oddiy hoi emas, u ziddiyatli hol, undan o‘zini muhofaza qilish kerak, undan o'zini tortish zarur, konfiiktdan «qochish» kerak. Insonlararo, oilalar ichida
bo'layotgan konfiiktlardan o’zini tortishni bizga bolaligimizdan o‘rgatib kelishadi. Konfiikt oldida, konfiiktdan qo'rqish hollari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bizni bolaligimizdan konfliktli vaziyatlardan o'zimizni tortishga, «janjalkash» bo’lmaslikka, nizolarni keltirib chiqargan va unda qatnashgan odamlardan o‘zimizni tortib yurishga o‘rgatishadi.
Konfiikt - bizning milliy mentalitetimizda «yaxshi» bo'lmagan holat va vaziyatga tenglashtiriladi. Biz konfiikt bo'lganidan ko’ra, konfiikt bo‘lmaganini afzalroq ko’ramiz. Konfiiktni hayotimizdagi eng «yomon» davr sifatida baholaymiz. Undan uzoqroqda yashash ko’nikmalari bizning tafakkurimizga chuqur singdiriladi. Konfiikt har kunlik hayot tarzimizga xos bo'lgan voqelik bo‘lishiga qaramay, insonlar ko’pincha ularni noto’g’ri talqin etadi hamda «anglangan» holda qabul qilishga o‘rgatilmaydi. Biz qachonki konfliktli vaziyatga tushib qolganimizdagina konfliktli vaziyatni tahlil qilishga urinamiz. Ammo har doim ham bizdagi bilim va ko'nikmalar konfliktli vaziyatdan chiqib ketish uchun yetarli bo'lmaydi. Chunki bu borada bizning hayotiy tajribamiz kam va biz konfiiktlar yechimi bo'yicha maxsus bilimlami egallamaganmiz.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi. 

Yüklə 70,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə