Nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti


Kursning tematik tarkibi va mazmuni



Yüklə 11,6 Mb.
səhifə5/127
tarix01.03.2023
ölçüsü11,6 Mb.
#101691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
KIMYO FANI O`UM(УМК)

Kursning tematik tarkibi va mazmuni


T/r

Mavzu


Talabaning o‘quv yuklamasi (soatlarda)

Umumiy yuklama hajmi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soatlar)

Mustaqil
ta’lim

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg‘.



Laboratoriya ishi

Seminar

Kurs loyihasi

1.

Kirish.Fanning maksadi. Kimyoning asosiy konunlari.

6

4

2

-

2

-

-

2

2.

Dalton atomistikasi. Elementlar atom massalari va uni aniklash. Anorganik birikmalar sinflari.

6

4

2

2

-

-

-

2

3.

Termokimyo. Gess konunlari. Entalpiya, entropiya,

6

4

2

-

2

-

-

2

4.

Atom tuzilishi, uning yadroviy modeli. Yadroviy reaksiyalar. Bor postulotlari.

7

4

2

2

-

-

-

3

5.

Kvant sonlar, Pauli prinsipi. Elektronning atomda taqsimlanishi.

7

4

2

2

-

-

-

3

6.

Elementlarning davriy qnuni va sistemasi.

7

4

2

2

-

-

-

3

7.

Kimyoviy bog‘lanish, ularning turlari. Molekulaning tuzilishi.

7

4

2

2

-

-

-

3

8.

Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiya tezligi, kimyoviy muvozanat.

7

4

2

-

2

-

-

3

9.

Eritmalar, ularning turlari. Eritma konsentratsiyasi.

7

4

2

-

2

-

-

3

10.

Suyultirilgan eritmalar xossasi, osmotik bosim.

7

4

2

2

-

-

-

3

11.

Elektrolit eritmalar, dissotsiyalanish darajasi va konstantasi.

7

4

2

2

-

-

-

3

12.

Kislota, asos va tuzlarning dissotsiatsiyasi. Ionli reaksiyalar.

7

4

2

-

2

-

-

3

13.

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.

7

4

2

-

2

-

-

3

14.

Metallar, ularning tabiatda uchrashi, olinish usullari, kimyoviy xossalari.

6

4

2

-

2

-

-

2

15

Elektrokimyo. Galvanik elementlar nazariyasi.

7

4

2

2

-

-

-

3

16.

Tuz eritmalari va suyuqlan-malari elektrolizi.

6

4

2

-

2

-

-

2

17.

Elektroliz. Faradey qonunlari. Akkumulyatorlar.

6

4

2

-

2

-

-

2

18.

Metallar korroziyasi va ularning turlari.



7

4

2

2

-

-

-

3




Jami:

120

72

36

8

18







48


Ta’lim berish va o‘qitish uslubi:

Ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari.

Mustaqil ishlar:

O‘quv loyihalar, guruhli taqdimot, referatlar, keyslar, dokladlar, krossvordlar, poster, prospekt, esse va x.z.

Maslahatlar va topshiriqlarni topshirish vaqti

Kunlar

Vaqti

Aud.

Professor-o‘qituvchining vaqtiga qarab belgilanadi.

Bilimlarni baholash usullari, mezonlari va tartibi:

JN va ON ning ballari ishchi dasturda beriladi

Baholash usullari

Testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov, prezentatsiyalar va h.z.

Fan bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash


Nazorat shakllari
Baholash turlari fan xususiyatidan kelib chiqqan holda so‘rovlar, og‘zaki savol-javob, yozma ish, test sinovlari yoki boshqa ko‘rinishda o‘tkazilishi mumkin.
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash mezoni

Ball

Talabaning bilim darajasi

86 - 100 ball

– mashg‘ulotlarga doimo tayyorlangan, juda faol, dasturiy materiallarni yaxshi biladi, xulosa va qarorlar qabul qiladi, ijodiy fikrlaydi, bilimlarni amaliyotda qo‘llay oladi;
– ijodiy masalalarni hal qilish mobaynida tegishli bilimlarni qo‘llash doirasini maqsadga muvofiq tanlab, yechimni topishga xizmat qiluvchi yangi usul va yo‘nalishlarni topa oladi, o‘quv materialini mohiyatini tushunadi;
–taqdim etilgan o‘quv masalalarini echish yo‘llarini izlaydi, dasturiy materiallarni biladi va aytib bera oladi hamda tasavvurga ega bo‘ladi.

71 - 85
ball

– o‘rganilayotgan hodisalar aloqadorligini bilish hamda ob’ektni tavsiflay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi bilan birgalikda, qo‘yilgan masalalarni sabab-oqibat aloqadorligini ochib bergan holda echa oladi, o‘rganilayotgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay oladi va mustaqil mushohada qila oladi;
– bilim va ko‘nikmalar mazmunini tadbiq qila olish mahorati, bir tipdagi masalalarni yecha olish, yozib olish
va eslab qolish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarni amaliyotda qo‘llay oladi;



55 - 70
ball

– eshitganlari, ularga berilgan namunalar, taqdim etilgan algoritm va ko‘rsatmalar asosida topshiriqlarni bajara oladi, mohiyatini tushunadi;
– qator belgilar asosida ma’lum ob’ektni farqlash bilan birgalikda unga ta’rif bera oladi va o‘quv materialini tushuntirib bera oladi va tassavvurga ega.

0 - 54 ball

– tasavvurga ega emas;
– dasturiy materiallarni bilmaydi.



ASOSIY QISM
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
1-Modul. Kirish.Fanning maqsadi.
Kimyo fani atrofdagi barcha borliqni, uni tashkil etgan tarkibiy qismlarni moddalardan iborat deb qaraydi. Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning bir turdan boshqa turga aylanishi, xossalari va aylanishi sababi va qonuniyatlarini o‘rganadigan fan.
Texnik oliy o‘quv yurtlarida kimyo fanini o‘qitish o‘z oldiga ikki maqsadni qo‘yadi. Birinchisi talabada kimyoviy fikrlash qobiliyatini o‘stirish, ikkinchisi hozirgi zamon texnikasida kimyoviy qonunlarni qo‘llash, texnikada qo‘llanayotgan ashyolarni, moddalarni xossalari bilan tanishish va o‘rganish.
2-Modul. Dalton atomistikasi. Elementlar atom massalari va uni aniklash.
Atom – molekulyar ta’minot. Kimyoning asosiy qonunlari. Gey – Lyussakning hajmi nisbatlar qonuni. Molekulyar ta’limot va kimyoviy element. Gazsimon moddalarning molekulyar massalarini aniqlash. Atom massasini aniqlash.
3-Modul. Termokimyo. Gess konuni. Entalpiya, entropiya, Gibbs energiyasi.
Moddani ichki energiyasi, entalpiya. Gess qonuni. Kimyoviy birikmalarni hosil bo‘lish entalpiyasi. Entropiya va uni kimyoviy jarayonlarda o‘zgarishi. Gibbs energiyasi. Kimyoviy reaksiyani o‘zi borish sharoitlari.
4-Modul. Atom tuzilishi, uning yadroviy modeli. Yadroviy reaksiyalar. Bor postulotlari.
Atom tuzilishi. Atom yadrosining tarkibi, izotoplar. Radioaktivlik. Radioaktiv-emirilish qatorlari. Radioaktiv izotoplardan foydalanish. Sun`iy radioaktivlik, yadroviy reaksiyalar. YAdro energetikasi. Toriy, uran, plutoniy va boshqa radioaktiv elementlar kimyosi. Bor postulotlari.
5-Modul. Kvant sonlar, Pauli prinsipi.
Atom tuzilishini kvant mexanik modeli. Kvant sonlari, atom orbitalar. Pauli prinsipi. Atom orbitalarni elektronlar bilan to‘lish tartibi va qonuni. Ko‘p elektronli atomlarni tuzilishi.
. 6-Modul. Elementlarning davriy konuni va sitemasi.
Kimyoviy elementlar davriy sistemasi. Kimyoviy elementlar va ular birikmalarining xossalarini o‘zgarishi, elementlarni oksidlovchi-qaytaruvchilik xossasi. Elementlar davriy sistemasini axamiyati.

7-Modul. Kimyoviy bog‘lanish, ularning turlari. Molekulaning tuzilishi.
Kimyoviy bog‘lanishni asosiy turlari va xossalari. Valent bog‘lanish usuli. Kovalent va ion bog‘lanish. Molekulyar orbitalar usuli haqida tushuncha. Oddiy molekulalarni tuzilishi va xossalari. Moddalarning agregat holatlari. qattiq moddani kimyoviy tuzilishi. Moddalarni amorf va kristall holati. Kristallar. Kristall panjaralarni tuzilishi. qattiq moddalarda kimyoviy bog‘lanish.
8-Modul. Kimyoviy kinetika, Kimyoviy reaksiya tezligi, kimyoviy muvozanat.
Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiya tezligi va uni temperatura, moddalar konsentrasiyasiga bog‘liqligi. Reaksiya tezlik konstantasi. Gomogen kataliz. Zanjirli reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyani tezlatishning fizik usullari. Geterogen kimyoviy reaksiya tezligi. Geterogen kataliz.
Kimyoviy jarayonlar energetikasi. Kimyoviy muvozanat. Kimyoviy reaksiyalarni issiqlik effekti. Muvozanat sharoitlari. Muvozanat konstantasi va uni termodinamik funksiyalar bilan bog‘liqligi. Le-SHatele prinsipi.

9-Modul. Eritmalar, ularning turlari. Eritma konsentratsiyasi.
Eritmalar. eritma turlari. Eritma konsentratsiyasini ifodalash turlari. Ideal eritma qonunlari. Noelektrolit va elektrolit eritmalar. Elektrolitlarning suvli eritmalari. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Elektrolit eritmalarni xossalari, ion faollik. Suvni elektrolitik dissosiatsiyasi. Vodorod ko‘rsatkich. Eritmalarni ionli tenglamalari. Tuzlarning gidrolizi. Gidroliz darajasi va konstantasi. Kislota va asos nazariyasi.

10-Modul. Suyultirilgan eritmalar xossasi, osmotik bosim.
Suyultirilgan eritmalarni xossasi, osmotik bosim. Eruvchanlik. Eritmalarning bug‘ bosimi. Vant-Goff qonuni. Eritmalarni muzlash va qaynash temperaturalari, Raul qonunlari. Eritma bug‘ bosimi.


11-Modul. Elektrolit eritmalar, izotonik koeffitsient, dissotsiyalanish darajasi, konstantasi.
Eritmalar. Elektrolitlarning suvli eritmalari. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi. Ionlarni gidratlanishi.

12-Modul. Kislota, asos va tuzlarning diss. Ionli reaksiyalar.
Elektrolit eritmalarni xossalari, ion faollik. Suvni elektrolitik dissosiatsiyasi. Vodorod ko‘rsatkich. Eritmalarni ionli tenglamalari. Tuzlarning gidrolizi. Gidroliz darajasi va konstantasi. Kislota va asos nazariyasi.

13-Modul. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Ularning turlari. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, ularni aniqlash termodinamikasi. Reaksiyalarning molekulyar tenglamalarini tuzish. Oksidlanish-qaytarilish potensiali.
14-Modul. Metallar, ularning tabiatda uchrashi, olinish usullari, kimyoviy xossalari.
Metallarni xossalari va ularni davriy sistemasida joylanishiga bog‘liqligi. Metallarni qattiq eritmalari va intermetall birikmalari. Metall olishning asosiy usullari. Toza metallarni olish. Ishqoriy va ishqoriy er metallari hamda ularning birikmalarini xossasi. Metall bog‘lanish.

15-Modul. Elektrokimyo. Galvanik elementlar nazariyasi.
Elektrokimyoviy jarayonlar. Elektrod jarayonlarni termodinamikasi. Elektrod potensial haqida tushuncha. Galvanik elementlar va ularni elektr yurituvchi kuchini aniqlash. Standart vodorod elektrod va metallarni standart elektrod potensiali. Nernst tenglamasi. Oddiy, gazsimon va konsentrasion galvanik elementlar. Elektrokimyoviy va konsentrasion qutblanishning elektrod potensiallar kinetikasi.

16-Modul. Tuz eritmalari va suyuklanmalari elektrolizi.
Elektroliz, katod va anod elektrodlarda boradigan jarayonlar. Eriydigan va erimaydigan anod elektrod yordamidagi elektroliz jarayoni. Elektroliz. Faradey qonunlari.

17-Modul. Elektroliz. Faradey qonunlari. Akkumulyatorlar.
Elektroliz konunlari Elektrolizni amalda qo‘llanishi. Akkumulyatorlar, ularni turlari (kislotali va ishqoriy) va ishlash prinsiplari.

18-Modul. Metallar korroziyasi. Ularning turlari.
Korroziyani asosiy turlari. Kimyoviy korroziya va uning turlari. Elektrokimyoviy korroziya va uning turlari, adashgan toklar ta`sirida boradigan korroziya. Korroziyadan muhitni xossasini o`zgartirish. Korroziya ingibitorlari.



Yüklə 11,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə