Nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti


Metall ekvivalentining molyar massasini aniqlash



Yüklə 11,6 Mb.
səhifə7/127
tarix01.03.2023
ölçüsü11,6 Mb.
#101691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127
KIMYO FANI O`UM(УМК)

1. Metall ekvivalentining molyar massasini aniqlash.

2. Kimyoviy prosesslarning issiqlik effektlar.


3. Kimyoviy kinetika.
4. Eritmalarning konsentratsiyasini aniqlash.
5. Elektrolit eritmalaridagi reaksiyalar.
5.Tuzlarning gidrolizi.
6. Gidrolizlanish darajasiga konsentratsiya, temperaturaning ta’siri.
7. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
8. Elektrokimyo. Galvanik elementlar.
9.Tuzlarning eritmalarini va suyuqlanmalari elektrolizi.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:



  1. mavzular bo‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o‘quv materialiga diqqatni ko‘proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;

  2. o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. olgan bilimlarini o‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o‘z-o‘zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b;

  3. fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o‘rganish uchun berilgan mavzular bo‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha o‘quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag‘batlantiriladi;

  4. INTERNET tarmog‘idan foydalanish. Fan mavzularini o‘zlashtirish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bo‘yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo‘shimcha reyting ballari bilan rag‘batlantiriladi;

  5. mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o‘quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish;

  6. amaliyot turlariga asosan material yig‘ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish, hisobotlar tayyorlash;

  7. ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;

  8. mavjud laboratoriya ishlarini takomillashtirish, masofaviy (distansion) ta’lim asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tayyorlash va h.k.

Yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirishni ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.

Talabalar kimyo fanini o‘zlashtirishda o‘qituvchi nazoratida, quyidagi mavzular bo‘yicha 2-4 uy topshiriqlarini bajaradilar.
1. Modda tuzilishi (atom tuzilishi, kimyoviy bog‘lanish va qattiq modda kimyosi).
2. Kimyoviy kinetika va muvozanat.
3. Eritmalar.
4. Elektrokimyoviy jarayonlar.
5. Termokimyo.
6. Elektrolit eritmalarda o‘rin – almashinish reaksiyalari.
7. Tuzlarni gidrolizi, gidroliz darajasi va konstantasini aniqlashga masalalar echish.
8. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
9. Maxsus bo‘limlar (talaba yo‘nalishiga qarab kafedra tanloviga ko‘ra). Bu bo‘limda ikki topshiriq bo‘lishi mumkin.

Dasturning axborot-uslubiy ta’minoti


Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Jumladan:


− fanning bo‘limlariga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan;
− jarayonga amal qilish qonuniyatlari mavzularda o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalaridan;
− mashg‘ulotlarda kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 11,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə