Nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha



Yüklə 11,6 Mb.
səhifə6/127
tarix01.03.2023
ölçüsü11,6 Mb.
#101691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
KIMYO FANI O`UM(УМК)

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:


amaliy mashg‘ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish;
talabada natijani mustaqil ravishda qo‘lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
amaliy mashg‘ulotlari nafaqat aniq mavzu bo‘yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy ro‘yxati

  1. Anorganik birikmalar sinflari.

  2. Atom tuzilishi.

  3. Molekula tuzilishi. Kimyoviy bog‘lanish.

  4. Kimyoviy reaksiya tezligi, Kimyoviy muvozanat.

5. Eritma konsentratsiyasini ifodalash. Eritmalarni xossalari.
6. Elektrolit eritmalar xossalari. Tuzlarni gidrolizi.
7. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
8. Galvanik elementlar va ularni elektr yurituvchi kuchi. Metallar
korroziyasi va korroziyadan himoyalanish usullari.
9. Elektroliz.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar

Talabalar laboratoriya mashg‘ulotlarini mexanik ravishda emas, balki tushungan holda bajarishlari lozim. SHuning uchun har bir mashg‘ulot oldidan nazariy tushunchalarni o‘zlashtirishlari va laboratoriya ishlarini bajarish texnikasini o‘zlashtirishlari lozim.


Kimyodan qilinadigan laboratoriya mashg‘ulotlarida har xil portlovchi, alangalanuvchi suyuqliklar, kuchli kislota va ishqorlar bilan ishlaniladi. SHuning uchun quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rish kerak:
• YOnuvchi va tez uchib ketuvchi moddalarni yonib turgan gorelka, spirt lampasi va plita yoniga qo‘ymaslik kerak.
• Zaharli moddalarni totib ko‘rmaslik kerak.
• Reaktivdan keragidan ko‘proq olingan bo‘lsa, ortib qolganini shu reaktiv olingan idishga qaytarib solmang.
• Zaharli, badbo‘y va oson o‘t oluvchi, uchuvchan moddalar bilan qilinadigan tajribalarni imkoni boricha mo‘rili shkafda o‘tkazing.
• Probirkaga biror narsa solib qizdirganingizda uning og‘zini o‘zingizga yoki yoningizda turgan kishiga qaratib ushlamang.
• Ajralib chiqayotgan gazning hidiga qarab aniqlashda gazni qo‘l bilan o‘ziga yelpib, ma’lum masofada hidlash kerak.
• Sulfat kislota bilan ishlash vaqtida suvni kislotaga quyish yaramaydi, aksincha, kislotani suvga tomchilatib quyish kerak.
• Agar kishining biror yeri alangadan kuysa, kuygan yerni kaliy permanganatning 5-10% li eritmasida ho‘llangan paxta bilan artish va 5% li taninda ho‘llangan doka bilan bog‘lash kerak.
• Agar ko‘zga ishqor tomchilari sachrasa, ko‘z darhol ko‘p miqdorda suv bilan, keyin borat kislotaning to‘yingan eritmasi bilan yuviladi.
• Kuchli kislota va ishqorni bir idishdan ikkinchisiga quyishda qo‘lingizga, betingizga sachramasligi uchun nihoyatda ehtiyot bo‘ling.
• Agar kiyimga yoki teriga kislota yoki ishqor eritmalari to‘kilsa, shu joyni avvalo, ko‘p miqdorda suv bilan yuvish, so‘ngra agar kislota to‘kilgan bo‘lsa, 3% li natriy bikarbonat bilan, ishqor to‘kilgan bo‘lsa, 1-2% li sirka kislotasi bilan yuvib tozalash kerak. Agar kuchli kislota yoki ishqorning konsentrlangan eritmalari to‘kilsa, u holda yuqoridagi choradan so‘ng kuygan joyga kaliy permanganat yoki tanin eritmasida ho‘llangan paxta qo‘yib, doka bilan bog‘lash kerak.
• Agar tajriba vaqtida shisha idish sinib, ishlayotgan kishining biror yerini kesib ketsa, kesilgan joydan shisha maydalarini olib tashlash, so‘ngra yod surkab, shu joyga sterillangan doka yoki gigroskopik paxta qo‘yib, bint bilan bog‘lash kerak.


Yüklə 11,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə